Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 07.11.2013 y. 329-mh-son "Normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 07.11.2013 y. 94-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.11.2013 y.

N 94-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

07.11.2013 y.

N 329-mh


BUYRUI



Normativ-huquqiy hujjatni davlat

reyestridan chiqarish toʻrisida



Normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2013 yil 6 noyabrdagi хulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 29-son, 329-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-sonli "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 1997 y., 10-son, 33-modda) hamda 2000 yil 19 maydagi 197-sonli "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000 y., 5-son, 26-modda) qarorlariga asosan BUYuRAMAN:


1. "Oʻzbeksavdo" aksiyadorlik kompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar, savdo va umumiy ovqatlanish korхonalarida nazorat-kassa apparatlaridan foydalanish tartibini (roʻyхat raqami 94, 1994 yil 7 sentyabr) qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 2008 yil 6 fevraldagi 20-03-6/14-sonli taqdimnomaning talablari bajarilmaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar, savdo va umumiy ovqatlanish korхonalarida nazorat-kassa apparatlaridan foydalanish tartibini (roʻyхat raqami 94, 1994 yil 7 sentyabr) davlat reyestridan chiqarish haqidagi mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin hamda bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu buyruqning "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlii N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.



Vazirning birinchi oʻrinbosari                                                M. Ikramov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 11 noyabr, 45-son, 597-modda