Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 10-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2012-6-son, Markaziy bank Boshqaruvining 2/4-son, Adliya vazirligining 1-son "Aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻgʻrisida"gi nizom va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi 02.02.2012 y. Qarori (AV tomonidan 13.02.2012 y. 124-5-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

13.02.2012 y.

N 124-5

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

02.02.2012 y.

N 10


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

02.02.2012 y.

N 2012-6


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

02.02.2012 y.

N 2/4


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGINING

02.02.2012 y.

N 1


QARORI



"Aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga

oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy

qoʻllash tartibi toʻrisida"gi nizom va unga oʻzgartirish

va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida


(2012 yil 23 fevraldan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 noyabrdagi 306-son "Fiskal хotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 yil, 47-son, 488-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Adliya vazirligi QAROR QILADILAR:


1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Aholi bilan pul hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻrisida"gi nizom (roʻyхat raqami 124, 1995 yil 15 fevral);

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki va Adliya vazirligi tomonidan 1997 yil 25 noyabrda 15-02-06/250, 97-99 va 10009/767-D-son bilan tasdiqlangan "Aholi bilan pul hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻrisida"gi nizomga oʻzgartirishlar (roʻyхat raqami 124-1, 1997 yil 28 noyabr);

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999 yil 12 yanvarda EG/15-02-06-55-son, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki va Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 13 yanvarda 18/5-289, 97-v va 124-2-son bilan tasdiqlangan "Aholi bilan pul hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻrisida"gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar (roʻyхat raqami 124-2, 1999 yil 22 yanvar);

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Adliya vazirligining 2009 yil 13 noyabrdagi 107, 2009-34, 29/20 va 11-son "Aholi bilan pul hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 124-3, 2009 yil 30 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 49-son, 525-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Adliya vazirligining 2010 yil 22 oktyabrdagi 87, 2010-39, 32/2 va 17-son "Aholi bilan pul hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 124-4, 2010 yil 2 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 44-45-son, 391-modda).


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Moliya vaziri

R. Azimov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

Markaziy bank raisi

F. Mullajonov

Adliya vaziri

N. Yoʻldoshev

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 7-son, 70-modda