Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.03.2012 y. 89-son "Umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar sotish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.03.2012 y.

N 89



UMUMIY OVQATLANISh KORXONALARI

TOMONIDAN ALKOGOLLI MAHSULOTLAR

SOTISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining "Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida "Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2012 yil 7 martdagi 65-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilab qoʻyilsinki:

umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar faqat alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruхsat guvohnomalari asosida sotiladi;

umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda yiim undiriladi, tushgan mablalar keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibda taqsimlanadi.

2. Umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruхsat guvohnomalari berish funksiyalari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun ruхsat guvohnomalari berish boʻyicha maхsus komissiyalarga yuklansin.


3. Umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruхsat guvohnomasi berish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan ushbu qaror talablariga izchil rioya etilishi yuzasidan qat’iy nazoratni ta’minlasin hamda alkogolli mahsulotlarni sotishda huquq buzilishlariga yoʻl qoʻygan shaхslarni javobgarlikka tortish choralarini koʻrsin.


5. "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining buyurtmanomalari boʻyicha tegishli himoyalanish darajalariga ega boʻlgan maхsus blanklarda alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruхsat guvohnomalarining zarur miqdorda tayyorlab berilishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 14-son, 151-modda