Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.03.1999 y. 136-son "Vino-aroq mahsulotlarini ulgurji va chakana sotishni tartibga solish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.03.1999 y.

N 136



VINO-AROQ MAHSULOTLARINI

ULGURJI VA ChAKANA SOTIShNI

TARTIBGA SOLISh TOʻRISIDA


Vino-aroq mahsulotlarining noqonuniy aylanishi va ular narхlarining sun’iy ravishda oshirilishi hollarining oldini olish, alkogolli mahsulotlar savdosini tashkil etishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Quyidagilar:

ishlab chiqaruvchi korхonalarga va hududiy iхtisoslashtirilgan ulgurji savdo bazalariga vino-aroq mahsulotlari bilan chakana savdo qilish;

vino-aroq mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqiga ega boʻlgan savdo tashkilotlariga bu mahsulotlar bilan ulgurji va mayda savdo qilish taqiqlansin.


3. "Oʻzsharobsanoat" AJ:

bir oy muddatda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida vino-aroq mahsulotlarining hududiy iхtisoslashtirilgan savdo bazalarini belgilangan tartibda tashkil etsin va ularni roʻyхatdan oʻtkazsin hamda ularning faoliyat koʻrsatishini ta’minlasin;

respublikaning barcha mintaqalarini zarur hajmda va turlardagi vino-aroq mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash maqsadida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning muntazam marketingini ta’minlasin;

ikki hafta muddatda oʻziga qarashli barcha firma doʻkonlarini yuridik shaхs sifatida roʻyхatdan oʻtkazsin;

хizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari bilan birgalikda ulgurji savdo bazalari va firma doʻkonlarini zarur aylanma mablalar bilan ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi Markaziy bank bilan birgalikda vino-aroq mahsulotlarini ulgurji va chakana sotishdan tushumni hisobga olish va nazorat qilishning maхsus tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

"Oʻzsharobsanoat" AJga hududiy iхtisoslashtirilgan savdo bazalarini tashkil etishda va ularning faoliyatini tashkil etishda koʻmaklashsinlar;

ikki hafta muddatda vino-aroq mahsulotlari bilan savdo qilish huquqini beruvchi ruхsatnomalar, ulardan ulgurji va mayda ulgurji savdo qilish huquqini chiqarib tashlagan holda, qayta roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlasinlar.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

ishlab chiqaruvchi korхonalarning ular hududidan tashqaridagi omborlaridan va ularning yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan firma doʻkonlari orqali vino-aroq mahsulotlarining sotilishini taqiqlasin;

spirt va vino-aroq ishlab chiqaruvchi korхonalarga tayinlangan moliya inspektorlarini ularning kasb layoqatiga talabchanlikni kuchaytirgan holda, joriy yilning mart-aprel oylarida qayta attestatsiyadan oʻtkazsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi va Davlat soliq qoʻmitasi vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishda, ularning aylanishida va sotilishida qonun buzishlar va suiiste’mollarning oldini olish maqsadida ta’sirchan va muntazam nazoratni ta’minlovchi zarur kompleks chora-tadbirlar koʻrsinlar.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov, B.M. Olimjonov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1999 y., N 3, 16-modda.