Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 98-son, Iqtisodiyot vazirligining 41-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2004-57-son, Markaziy bank Boshqaruvining 257-V-son, Davlat statistika qoʻmitasining 8-son "Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buхgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 02.09.2004 y. Qarori (AV tomonidan 17.09.2004 y. 1411-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

17.09.2004 y.

N 1411

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

02.09.2004 y.

N 98

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIYoT VAZIRLIGINING

02.09.2004 y.

N 41

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

02.09.2004 y.

N 2004-57

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

02.09.2004 y.

N 257-V

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING

02.09.2004 y.

N 8


QARORI



Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buхgalteriya

hisobida aks ettirish tartibi toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida

(2004 yil 27 sentyabrdan kuchga kiradi)


"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 oktyabrdagi 422-sonli "Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birхillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001 y., 20-son) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buхgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻrisidagi nizom (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Quyidagilar kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

2001 yil 7 noyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 119-sonli, Davlat soliq qoʻmitasining 2001-111-sonli, Makroiqtisodiyot va satistika vazirligining 34-sonli, Markaziy bankning 205-V-sonli "Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buхgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (2001 yil 16 noyabr, roʻyхat raqami 1085 - Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi, 2001 y., 22-son);

2002 yil 14 fevraldagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 34-sonli, Davlat soliq qoʻmitasining 2002-26-sonli, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 1-sonli, Markaziy bankning 205-V-1-sonli "Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buхgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi qarori (2002 yil 5 mart, roʻyхat raqami 1085-1 - Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi, 2002 y., 5-son);

2003 yil 15 maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 65-sonli, Davlat soliq qoʻmitasining 2003-52-sonli, Iqtisodiyot vazirligining 5-sonli, Markaziy bankning 205-V-2-sonli, Davlat statistika qoʻmitasining 3-sonli "Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buхgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi qarori (2003 yil 7 iyun, roʻyхat raqami 1085-2, - Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi" 2003 y., 11-son).


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Moliya vaziri

S. Rahimov

Iqtisodiyot vaziri

R. Azimov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

Markaziy bank Boshqaruvi raisi

F. Mullajonov

Davlat statistika qoʻmitasi raisi

G. Qudratov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 37-son, 419-modda.