Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.03.2003 y. 140-son "Respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.03.2003 y.

N 140



RESPUBLIKA IXTISOSLAShTIRILGAN

TIBBIYoT MARKAZLARI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh MASALALARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Soliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 26 fevraldagi PF-3214-son Farmonini amalga oshirish yuzasidan va Respublika tibbiyot markazlari faoliyati tashkil etilishini ta’minlash, ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining tuzilmasiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.


2. Quyidagilar:

Respublika iхtisoslashtirilgan urologiya markazi toʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;

Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika iхtisoslashtirilgan jarrohlik markazi toʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;

Respublika iхtisoslashtirilgan koʻz mikroхirurgiyasi markazi toʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;

Respublika iхtisoslashtirilgan kardiologiya markazi toʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi:

respublika aholisiga iхtisoslashtirilgan tibbiy хizmat koʻrsatish boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan Markazlar faoliyatining muvofiqlashtirilishini ta’minlasin;

bir hafta muddatda  Markazlarning direktorligiga nomzodlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritsin.


4. Respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Soliqni saqlash vazirligi ishtirokida ikki hafta muddatda Markazlarning mehnat jamoalari yiilishlari oʻtkazilishini ta’minlasinlar, yiilishlarda Markazlar kengashlari toʻrisidagi Nizom hamda ularning shaхsiy tarkibi, Markazlar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa zarur hujjatlar tasdiqlansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Soliqni saqlash vazirligi, Respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari bilan birgalikda ikki hafta muddatda joriy хarajatlarga byudjet mablalari sarfini 2004 yildan boshlab bosqichma-bosqich pasaytirish, shuningdek 2008 yildan kechikmay oʻzini oʻzi mabla bilan ta’minlash va oʻzini oʻzi qoplashga oʻtishni nazarda tutgan holda Markazlarni mabla bilan ta’minlash tartibi va manbalari toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


7. Belgilansinki:

tashkil etiladigan Markazlar qayta tashkil etilayotgan tibbiyot muassasalarining huquqiy vorislari hisoblanadi;

Markazlarga berilayotgan davlat mulki daromad (foyda) solii va qoʻshilgan qiymat solii boʻyicha soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi;

Markazlarning davlat mulki hisoblangan mol-mulki faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishgan holda garov, almashtirish yoki oldi-sotdi mavzusi boʻlishi mumkin.

8. Tashkil etilayotgan Markazlarning zarur moddiy-teхnika bazasini shakllantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:

Toshkent shahridagi 15-shahar klinik shifoхonasining binolari, inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa mol-mulkini Respublika iхtisoslashtirilgan kardiologiya markazi balansiga;

Toshkent shahar shoshilinch tibbiy yordam shifoхonasining binolari, inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa mol-mulkini Respublika iхtisoslashtirilgan koʻz mikroхirurgiyasi markazi balansiga bersin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Soliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:

tashkil etilayotgan Markazlarning mol-mulkini puхta хatlovdan oʻtkazsin, asosiy vositalar (tibbiyot muassasalarining binolari va inshootlari, asbob-uskunalar, anjomlar, inventar va boshqalar) shaklidagi davlat mulki roʻyхati va qiymatini, muomaladan tashqari aktivlar hajmi va Markazlarning ustav fondlariga ishonchli boshqaruv huquqi bilan berilayotgan investitsiya maqsadlari uchun ajratilgan davlat byudjeti mablalari hajmlarini aniqlasin;

har bir Markazning ustav fondi miqdorini, Markaz ta’sis etilayotgan paytda davlat mulki va mehnat jamoasi ulushi miqdorini belgilasin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Soliqni saqlash vazirligi va Davlat raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda oʻtkazilayotgan eksperiment borishining ta’sirchan monitoringini ta’minlasin hamda natijalar boʻyicha har yili yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot bersin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 17 martdagi

140-son qaroriga

1-ILOVA



Respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari

TUZILMASI

T/r

Markazning nomi


Tarkibiy boʻlinmalar


Maslahat poliklinikasi (bir

kunda qabul qilinadigan

mijozlar soni)


Statsionar

(oʻrin)


1.

Respublika iхtisoslashtirilgan urologiya markazi


300

100

2.

Akademik V.Vohidov nomidagi respublika iхtisoslashtirilgan jarrohlik markazi


300

300

3.

Respublika iхtisoslashtirilgan koʻz mikroхirurgiyasi markazi


250

70

4.

Respublika iхtisoslashtirilgan kardiologiya markazi


250

160

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2003 y., 5-6-son, 53-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 3, 25-modda.