Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirining 04.01.2005 y. 1-son "Qayta tashkil etilayotgan qishloq хoʻjaligi korхonasi negizida fermer хoʻjaligi tashkil etishda tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 04.01.2005 y. 1439-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

04.01.2005 y.

N 1439




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI

VAZIRINING

04.01.2005 y.

N 1


BUYRUI



Qayta tashkil etilayotgan qishloq хoʻjaligi

korхonasi negizida fermer хoʻjaligi tashkil

etishda tanlov oliblarini aniqlash toʻrisida

nizomni tasdiqlash haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 dekabrdagi 607-sonli "2005-2007 yillarda fermer хoʻjaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Qayta tashkil etilayotgan qishloq хoʻjaligi korхonasi negizida fermer хoʻjaligi tashkil etishda tanlov oliblarini aniqlash toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtganidan keyin amalga kiritilsin.


3. Qishloq хoʻjaligi korхonalarini tarkibiy oʻzgartirish va fermer хoʻjaliklarini rivojlantirish boshqarmasi (A. Mansurov) mazkur buyruqni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan soʻng zudlik bilan joylarga yetkazishni ta’minlasin.


4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari A. Joʻrayev zimmasiga yuklatilsin.



Qishloq va suv хoʻjaligi vaziri                                  S. Ismoilov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 1-son, 6-modda.