Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 30.04.1998 y. 603-I-son "Fermer хoʻjaligi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

30.04.1998 y.

N 603-I



"FERMER XOʻJALIGI TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI

AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining "Fermer хoʻjaligi toʻrisida"gi Qonuni 1998 yil 1 iyuldan amalga kiritilsin. Mazkur Qonunning amalga kiritilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 18 martdagi Farmoni bilan tasdiqlangan "1998-2000 yillardagi davrda qishloq хoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi"da nazarda tutilgan muddatlar va tadbirlarga muvofiq ravishda ta’minlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini "Fermer хoʻjaligi toʻrisida"gi Qonunga muvofiq holga keltirsin;

amaldagi dehqon хoʻjaliklarini fermer хoʻjaliklariga aylantirish tartibini tasdiqlasin;

vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                                      E. Xalilov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Aхborotnomasi", 1998 y., N 5-6, 87-modda