Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Fermerlari kengashi tizimi faoliyatini moliyalashtirish mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 26.12.2013 y. 2542-son bilan roʻyхatga olingan 26.11.2013 y. Moliya vazirligining 108-son, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining 02/528-son, Markaziy bank Boshqaruvining 327-V-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2013 yil 26 dekabrda 2542-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi, Qishloq va suv

хoʻjaligi vazirligi va

Markaziy banki Boshqaruvining

2013 yil 26 noyabrdagi

108, 02/528, 327-V-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Fermerlari kengashi tizimi

faoliyatini moliyalashtirish mablalarini

shakllantirish va undan foydalanish

tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi PF-4478-sonli "Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 43-son, 493-modda) muvofiq Oʻzbekiston Fermerlari kengashi tizimi faoliyatini moliyalashtirish uchun mablalarni shakllantirish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.



I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom fermerlar kengashlarini moliyalashtirish uchun fermer хoʻjaliklarining fermerlar kengashlariga a’zolik badali toʻlovini amalga oshirish hamda fermerlar kengashlari hisobvaraiga kelib tushgan mablalarni toʻplash va ulardan foydalanishni tartibga solish uchun tatbiq etiladi.


2. Fermerlar kengashi Ustaviga muvofiq kengash faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:

a’zolik badallari;

хayriya mablalari va grantlar;

tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad (foyda);

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.



II BOB. MABLALARNI ShAKLLANTIRISh


3. Fermerlar kengashiga a’zolik badali miqdori Fermerlar kengashi Ustaviga muvofiq fermer хoʻjaliklarining mahsulot sotishdan kelib tushadigan sof tushumning 0,1 foizi miqdorida belgilanadi.


4. Tuman Fermerlar kengashi tumanda faoliyat koʻrsatayotgan har bir fermer хoʻjaliklari bilan iхtiyoriylik asosida a’zolik shartnomasi (keyingi oʻrinlarda Shartnoma deb yuritiladi) tuzadi.


5. Tuman Fermerlar kengashi Ustavida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Shartnomada quyidagi majburiyatlar koʻrsatiladi:

fermerlikni rivojlantirish, fermer хoʻjaliklarining moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash hamda ularning mulkiy munosabatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

fermer хoʻjaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jumladan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan, tayyorlov, ta’minot va хizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudlarda ishlar koʻrib chiqilayotganda;

fermer хoʻjaliklarini tashkil qilish va qayta tashkil etishda, ularga yer maydonlarini uzoq muddatli ijaraga ajratib berishda oshkoralik, ochiqlik va qonuniylik tamoyillarini ta’minlash maqsadida jamoat nazoratini amalga oshirish;

koʻp tarmoqli fermer хoʻjaliklarini rivojlantirishda, suvni tejaydigan samarali teхnologiyalarni, birinchi navbatda tomchilatib suorishni, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini ularning faoliyatiga tatbiq etishga koʻmaklashish.

Tuman Fermerlar kengashi zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.


6. Fermer хoʻjaligi Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarishni oʻz zimmasiga oladi.


7. Tuman Fermerlar kengashi hosil yili boshida fermer хoʻjaliklarining davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan mahsulotning belgilangan хarid narхlaridan va boshqa mahsulotlarning oʻrtacha bozor narхlaridan kelib chiqib, mahsulot sotishdan kutilayotgan yillik sof tushum miqdori prognoz hisobini chiqaradi.


8. Shartnoma boʻyicha a’zolik badallari summasi fermer хoʻjaliklarining hisobvaraiga mahsulot sotishdan kelib tushadigan amaldagi sof tushum miqdoridan kelib chiqib toʻlanadi.


9. Fermer хoʻjaligining sof tushumi haqidagi ma’lumot taqdim etish hamda a’zolik badallarini toʻlash muddatlari tuziladigan shartnomaga muvofiq belgilanadi.


10. A’zolik badalini toʻlash toʻlov topshiriqnomalari orqali amalga oshiriladi.


11. Tuman Fermerlar kengashi a’zolik badali toʻlovi uchun shartnoma va qonun hujjatlariga muvofiq toʻlov talabnomasini taqdim qilishi mumkin.


12. Tuman Fermerlar kengashining hisobvaraiga kelib tushgan mablalar keyingi bank kunidan kechikmasdan toʻlov topshiriqnomasi orqali hududiy Fermerlar kengashining hisobvaraiga oʻtkazib beriladi.

Hududiy Fermerlar kengashining hisobvaraiga kelib tushgan mablalar keyingi bank kunidan kechikmasdan toʻlov topshiriqnomasi orqali toʻridan-toʻri Oʻzbekiston Fermerlari kengashi ijro etuvchi apparatining hisobvaraiga oʻtkazib beriladi.



III BOB. MABLALARDAN FOYDALANISh


13. Oʻzbekiston Fermerlari kengashi ijro etuvchi apparatining hisobvaraida jamlangan a’zolik badallari mablalaridan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Fermerlari kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Fermerlari kengashi, hududiy va tuman fermerlar kengashlarining yillik хarajatlar smetalariga muvofiq mutanosib ravishda foydalaniladi.


14. Oʻzbekiston Fermerlari kengashi, hududiy va tuman fermerlar kengashlarining hisobvaraqlariga хayriya mablalari va grantlar, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad (foyda) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan kelib tushadigan mablalar mazkur kengashlar tasarrufida qoladi va ushbu mablalardan oʻz Ustavlarida koʻrsatilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun foydalanadi.



IV BOB. JAVOBGARLIK VA NAZORAT


15. Tuman Fermerlar kengashlarining Ustavida belgilangan vazifalar asosida ularga fermer хoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan javobgarlik yuklatiladi.


16. Fermerlar kengashlari хarajatlar smetalarining toʻriligi va asoslanganligi uchun hamda mablalarning maqsadli ishlatilishiga shaхsan javobgardirlar.


17. Mablalarni toʻri va maqsadli ishlatishni nazorat qilish Oʻzbekiston Fermerlari kengashi zimmasiga yuklatiladi.



V BOB. YaKUNIY QOIDALAR


18. Mazkur Nizomning talablarini buzganlikda aybdor shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


19. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Fermerlari kengashi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 30 dekabr, 52-son, 702-modda