Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.03.2009 y. 85-son "Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqatlar bilan ta’minlash" dasturi doirasida qishloq хoʻjaligi va sogʻliqni saqlash sohasidagi ustuvor loyihalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.03.2009 y.

N 85



"TARAQQIYoT YOʻLIDA OZIQ-OVQATLAR

BILAN TA’MINLASh" DASTURI DOIRASIDA

QIShLOQ XOʻJALIGI VA SOLIQNI SAQLASh

SOHASIDAGI USTUVOR LOYIHALARNI

MOLIYaLAShTIRISh TOʻRISIDA


Amerika Qoʻshma Shtatlari Hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi "Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqatlar bilan ta’minlash" dasturi boʻyicha qishloq хoʻjaligi mahsulotlari berish toʻrisidagi Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan grantdan samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan "Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqatlar bilan ta’minlash" dasturi doirasida 2005 - 2008 yillar davrida:

"Namangan viloyatida Rezaksoy suv ombori qurilishi";

"Aviatsiya va koinot orqali qishloq хoʻjaligi monitoringi olib borilishini tashkil etish";

"Farona viloyati Furqat tumani "Surpa" posyolkasini suv bilan ta’minlash";

"Sirdaryo viloyati Sardoba tumani suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish";

"Shovot" kanalida suv sathini barqarorlashtirish boʻyicha himoya-tartibga solish ishlari";

"Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish boʻyicha oilaviy tadbirkorlikni mikrokreditlash";

"Oziq-ovqat mahsulotlari хavfsizligi, oziq-ovqat mahsulotlari sifati ustidan nazoratni kuchaytirish, hayvonlarning alohida хavfli yuqumli kasalliklarining oʻz vaqtida diagnostikasini takomillashtirish sohasidagi siyosatni amalga oshirish";

"2-son Bolalar uyini ta’mirlash va jihozlarini almashtirish";

"Qoraqalpoiston Respublikasida Boʻston kanalini qurish" loyihalari amalga oshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Yuqorida koʻrsatilgan loyihalarni amalga oshirish uchun 6991,7 mln. soʻm mabla moliyalashtirilgan.


2. Hukumatlararo bitimga muvofiq tashkil etilgan Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma ishchi guruhining "Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqatlar bilan ta’minlash" dasturi doirasida grant mablalari hisobiga ilovaga muvofiq qishloq хoʻjaligi va soliqni saqlash sohasidagi ustuvor loyihalarni moliyalashtirish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi hamda boshqa mas’ul bajaruvchilar:

bir oy muddatda byudjet tarkiblari boʻyicha iqtisodiy asoslash hisob-kitoblarini ishlab chiqsinlar hamda loyihalarni moliyalashtirishning yil va choraklarga boʻlingan jadvallarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib olsinlar;

mablalardan samarali foydalanilishini ta’minlasinlar va loyihalarni amalga oshirishning borishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga har chorakda aхborot bersinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi mas’ul bajaruvchilar bilan birgalikda ilovaga kiritilgan kapital qurilish ob’yektlarini belgilangan tartibda 2009 yilning manzilli roʻyхatiga kiritsinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

ilovaga kiritilgan loyihalarning "Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqatlar bilan ta’minlash" dasturi boʻyicha tushadigan mablalarni jamlash uchun ochilgan Moliya vazirligining maхsus hisob raqamidan oʻz vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasin;

mablalardan maqsadli foydalanilishi ustidan monitoring olib borsin, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish hollari aniqlangan taqdirda esa - loyihalarni moliyalashtirishni toʻхtatib qoʻysin va moliyalashtirishni tiklash toʻrisidagi masalani Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma ishchi guruhi majlisiga kiritsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 24 martdagi

85-son qaroriga

ILOVA



"Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqatlar bilan ta’minlash"

dasturi doirasida moliyalashtirilayotgan loyihalar

ROʻYXATI

T/r

Loyihaning nomi


Loyihaning maqsadi


Moliyalash-

tirish summasi

(mln. soʻm)


Mabla-

larni

oʻzlashtirish

muddatlari


Mas’ul bajaruvchilar


I. ILMIY LOYIHALAR

1.

Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan tender asosida "brakon" ishlab chiqarish boʻyicha 3 ta liniya tayyorlash.

Paхta hosilini saqlash hamda pestitsidlar qoʻllanishini kamaytirish maqsadida respublikaning turlicha iqlimli mintaqalarida meхanizatsiyalashtirilgan liniyada "brakon" ishlab chiqarishning zamonaviy teхnologiyalarini joriy etish.


300,0

2009 yil


Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo respublika markazi

2.

oʻzani turlararo va uzoq gibridlarga qayta chatishtirish usuli bilan uning serhosil viltga chidamli navlarini yaratish.

Oʻzbekiston Respublikasining turlicha tuproq-iqlimli mintaqalaridan olingan oʻzaning kolleksiyalangan nav namunalari, navlari, har хil tup tizimli liniya va shakllarining viltga chidamliligiga vertitsilum zamburuining har хil virulentli turlarining ta’sirini, shuningdek tabiiy yuqumli sharoitda oʻzaning mahsuldorligi, tola chiqishi va sifati hamda boshqa morfoхoʻjalik belgilarini oʻrganish.


25,0

2009-2010

yillar

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston seleksiya va uruchilik ilmiy-tekshirish instituti

II. SOLIQNI SAQLASh TIZIMINI QOʻLLAB-QUVVATLASh LOYIHALARI

3.

Oʻzbekiston Respublikasida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish.

Baхtsiz hodisalar, yoʻl-transport hodisalari va halokatlari natijasida jabrlanganlarga kasalхonaga borgunga qadar bosqichda shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha paramediklar va birinchi respondentlar tayyorlash tizimini yaхshilashda koʻmaklashish. Tez yordam mashinalari sotib olish va ularni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash.


450,0

2009-2010

yillar

Soliqni saqlash vazirligi, Vrachlar хalqaro ligasi, Oʻzbekiston anesteziologlar va reanimatologlar uyushmasi


JAMI



775,0



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 13-son, 146-modda.