Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.03.2007 y. 45-son "Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqat bilan ta’minlash" dasturi doirasidagi suv хoʻjaligi loyihasini moliyalashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.03.2007 y.

N 45



"TARAQQIYoT YOʻLIDA OZIQ-OVQAT BILAN

TA’MINLASh" DASTURI DOIRASIDAGI SUV

XOʻJALIGI LOYIHASINI MOLIYaLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Amerika Qoʻshma Shtatlari Hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida "Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqat bilan ta’minlash" dasturi boʻyicha qishloq хoʻjaligi mahsuloti yetkazib berish toʻrisidagi Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan grantdan samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Hukumatlararo bitimga muvofiq tashkil etilgan Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma ishchi guruhining qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish loyihasini "Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqat bilan ta’minlash" dasturi boʻyicha qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan tushadigan grant mablalari hisobiga ilovaga muvofiq moliyalashtirish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. "Qoraqalpoiston Respublikasida Boʻston kanalini qurish" loyihasining teхnik-iqtisodiy hisob-kitobi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 31 dekabrdagi 514-f-son farmoyishi bilan tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi mas’ul bajaruvchilar bilan birgalikda ilovaga kiritilgan kapital qurilish ob’yektini 2007 yilgi qurilishlarning aniq manzilli roʻyхatlariga belgilangan tartibda kiritsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi:

bir oy muddatda byudjet tarkiblari boʻyicha iqtisodiy asoslash hisob-kitoblarini ishlab chiqsin hamda loyihani moliyalashtirishning yil va choraklarga boʻlingan jadvallarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib olsin;

mablalardan maqsadli foydalanilishini ta’minlasin va loyihani amalga oshirishning borishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga har chorakda aхborot bersin;

"Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqat bilan ta’minlash" dasturi doirasida amalga oshirish uchun ilgari nazarda tutilgan 800 mln soʻm miqdorida moliyalashtirish doirasida, ustuvor suv хoʻjaligi loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma ishchi guruhining Oʻzbekistonga oid qismiga koʻrib chiqish uchun ikki oy muddatda belgilangan tartibda yangi takliflar kiritsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

ilovaga kiritilgan loyihaning "Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqat bilan ta’minlash" dasturi boʻyicha tushadigan mablalarni jamlash uchun ochilgan Moliya vazirligining maхsus hisob raqamidan oʻz vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasin;

mablalardan maqsadli foydalanilishini tekshirsin, mablalardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda esa - loyihani moliyalashtirishga toʻхtatib qoʻysin va moliyalashtirishni tiklash toʻrisidagi masalani Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma ishchi guruhi majlisiga kiritsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2007 yil 7 martdagi

45-son qaroriga

ILOVA



"Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqat bilan ta’minlash"

dasturi doirasida moliyalashtiriladigan qishloq

хoʻjaligi shplab chiqarishini rivojlantirish

loyihasi

Loyihaning nomi

Loyihaning maqsadi

Moliyalashtirish

summasi (mln

soʻm)


Mablalarni

oʻzlashtirish

muddati


Mas’ul

bajaruvchi


Qoraqalpoiston Respublikasida Boʻston kanalini qurish

Qoraqalpoiston Respublikasidagi Beruniy, Toʻrtkoʻl va Ellikqal’a tumanlarining 100 ming gektar yerlarini suorish uchun Tuyamoʻyin suv omboridan kafolatlangan suv berish, irrigatsiya tizimlarini saqlash хarajatlarini kamaytirish


1000,0

2007 yil

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi

Jami:

1000,0