Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.09.1999 y. 416-son "Osiyo rivojlanish banki ishtirokida "Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oq oltin tumanidagi tarkibi oʻzgartirilgan хoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash" loyihasini amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.09.1999 y.

N 416



OSIYo RIVOJLANISh BANKI IShTIROKIDA

"INFRATUZILMALARNI RIVOJLANTIRIShNI,

ShUNINGDEK SIRDARYo VILOYaTI OQ OLTIN

TUMANIDAGI TARKIBI OʻZGARTIRILGAN

XOʻJALIKLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh"

LOYIHASINI AMALGA OShIRIShGA

DOIR BIRINChI NAVBATDAGI

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Osiyo rivojlanish banki bilan hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash maqsadida va Vazirlar Mahkamasining "Osiyo rivojlanish banki bilan hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgrisida" 1998 yil 30 apreldagi 186-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Osiyo rivojlanish banki va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida "Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oq oltin tumanidagi tarkibi oʻzgartirilgan хoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash" loyihasini (keyingi oʻrinlarda "Loyiha" deb ataladi) amalga oshirish uchun 40 mln AQSh dollariga yaqin miqdorda kredit berilishi toʻgrisida kelishuvga erishilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Osiyo rivojlanish banki (ORB) ishtirokida koʻrsatib oʻtilgan loyhaning samarali amalga oshirilishini ta’minlash uchun ilovaga muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etilsin.

4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 19 avgustdagi 356-son qarori bilan tashkil etilgan Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligi korхonalarini tarkibiy qayta tuzish loyihasini amalga oshirish boʻyicha agentlik koʻrsatib oʻtilgan Loyihani amalga oshirish ishchi organi hisoblanadi.

Agentlikka Loyiha komponentlarini boshqarish va joriy etish rejalarini ishlab chiqish, Loyiha qatnashchilariga maslahat yordamini ta’minlash, zarur boʻlgan moliyaviy va boshqa hujjatlarni yuritish mas’uliyati yuklansin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov