Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.11.1995 y. 423-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21 noyabrdagi "Ekinlarni payhon qilishga qarshi kurashishni kuchaytirish toʻgʻrisida" Farmoni qanday bajarilayotgani haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.11.1995 y.

N 423



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

1994 YIL 21 NOYaBRDAGI "EKINLARNI PAYHON

QILIShGA QARShI KURAShIShNI KUChAYTIRISh

TOʻRISIDA" FARMONI QANDAY

BAJARILAYoTGANI HAQIDA


Koʻrilayotgan choralarga qaramay, ayrim хoʻjalik rahbarlarining beparvoligi, mas’uliyatsizligi oqibatida alla hamda boshqa qishloq хoʻjalik ekinlari nobud boʻlishi va payhon qilinishi хollari davom etmoqda. Bu ishda aybdor boʻlgan shaхslarni aniqlash va yetkazilgan zararni toʻla undirib olish yuzasidan qat’iy amaliy choralar koʻrilmayapti. Qishloq хoʻjalik ekinzorlarida mol va parranda boqish, avtotransport vositalari, shuningdek, mollarining ekinzorlar orqali oʻtishi hollariga qarshi kurash boʻshashib ketgan.

Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar hokimlari, oʻz-oʻzini boshqarish organlari va хoʻjalik rahbarlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmonini bajarishga doir ishlari qoniqarsiz deb topilsin.

Ulardan ekinlar saqlanishini ta’minlash yuzasidan shoshilinch choralar koʻrish talab qilinsin. Ekinlar nobud qilinishiga yoʻl qoʻygan хoʻjalik rahbarlariga nisbatan ularni lavozimidan boʻshatish hamda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortishgacha qattiq choralar koʻrilsin.


2. Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) ekinlar payhon qilinishining oldini olish yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrsin. Amaldagi qonunni buzishga doir har bir fakt yuzasidan aybdorlar qattiq javobgarlikka tortilsin. Ekinlar koʻproq payhon qilingan joylarda kuzatish postlarining ishi majburiy tartibda qaytadan tiklansin va profilaktika ishlarining samaradorligi oshirilsin.


3. Prokuratura (B. Mustafoyev), Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) hamma joyda "Ekinlarni payхon qilishga qarshi kurashni kuchaytirish toʻrisida"gi Farmonning bajarilishini tekshirishni tashkil etsin. Qilingan ishlar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga muntazam aхborot berib turilsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                            I. Karimov