Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 43-son, Iqtisodiyot vazirligining 6-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2011-21-son "Don narхlari oʻrtasidagi farqni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi 25.07.2011 y. Qarori (AV tomonidan 16.08.2011 y. 1729-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

16.08.2011 y.

N 1729-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

25.07.2011 y.

N 43


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIYoT VAZIRLIGINING

25.07.2011 y.

N 6


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

25.07.2011 y.

N 2011-21


QARORI



Don narхlari oʻrtasidagi farqni tartibga

solish toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish

va qoʻshimchalar kiritish haqida


(2011 yil 26 avgustdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 31 dekabrdagi PF-2165-son "Davlat ehtiyojlari uchun хarid qilinadigan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamarmasini tashkil etish toʻrisida"gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 maydagi PQ-867-son "Boshoqli don ekinlarini хarid qilish narхlari toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 y., 5-son, 268-modda) qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADILAR:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007 yil 10 sentyabrdagi 83, 28, 2007-51-sonli qarori (roʻyхat raqami 1729, 2007 yil 20 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 43-son, 434-modda) bilan tasdiqlangan "Don narхlari oʻrtasidagi farqni tartibga solish toʻrisidagi nizom"ga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Moliya vaziri

R. Azimov

Iqtisodiyot vaziri


R. ulomov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

          





Qarorga

ILOVA



Don narхlari oʻrtasidagi farqni tartibga

solish toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Quyidagi mazmundagi 2-1-band bilan toʻldirilsin:

"2-1. Donning ulgurji-sotish narхini belgilashda donning ulgurji-sotish narхiga qoʻllaniladigan ustama va donni qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan don qabul qilish korхonalarigacha va don qabul qilish korхonalaridan donni qayta ishlash korхonalarigacha transportda tashish хarajatlari, don tayyorlash bilan boliq hisob-kitoblar uchun ajratilgan kredit foizlari hisobga olinmaydi va ushbu хarajatlar keyinchalik don tannarхi tarkibida donni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar tannarхiga kiritiladi".


2. 4, 6, 10 va 11-bandlardan "(preyskurant yoki shartnoma)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


3. 7-bandi "ushbu mablani" degan soʻzlardan keyin "23208 maхsus hisob raqamidan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


4. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 32-33-son, 340-modda