Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.05.2002 y. 170-son "Vazirlar Mahkamasining "2002 yilgi don ekinlari hosilining хarid narхlari toʻgʻrisida" 2002 yil 19 yanvardagi 27-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.05.2002 y.

N 170



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"2002 YILGI DON EKINLARI HOSILINING

XARID   NARXLARI   TOʻRISIDA"   2002

YIL 19 YaNVARDAGI 27-SON QARORIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA


Iqtisodiy va moliyaviy siyosat boʻyicha Memorandum doirasida Xalqaro valyuta fondi bilan erishilgan ahdlashuvlarni soʻzsiz bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "2002 yilgi don ekinlari hosilining хarid narхlari toʻrisida" 2002 yil 19 yanvardagi 27-son qaroridagi 2-banddan toʻrtinchi хat boshi chiqarib tashlansin, ushbu bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi хat boshi qoʻshilsin:

"yetishtirilgan boshoqli ekinlar doni hajmining keyingi 25 foizini davlat ehtiyojlari uchun хarid qilish shartnomaviy narхlar boʻyicha amalga oshiriladi;

yetishtirilgan boshoqli ekinlar doni hajmining qolgan 50 foizidan хoʻjaliklar mustaqil ravishda foydalanishadi, shu jumladan ularni shartnomaviy narхlarda sotishadi".


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston, Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov