Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.05.2001 y. 218-son "2001 yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida qishloq хoʻjaligi ekinlarini joylashtirishni takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.05.2001 y.

N 218



2001 YILDA QORAQALPOISTON

RESPUBLIKASI      VA      XORAZM

VILOYaTIDA QIShLOQ XOʻJALIGI

EKINLARINI JOYLAShTIRIShNI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Suv tanqisligi sharoitlarida Qoraqalpoiston Respublikasi va Xorazm viloyati yer-suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish, oʻza va boshqa qishloq хoʻjaligi  ekinlarini sifatli parvarish qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi, Qoraqalpoiston Respublikasi  Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining 2001 yil hosili uchun  oʻza va sholi ekinlarini  joylashtirishning belgilangan tartibiga suv tanqisligi munosabati bilan ilovaga muvofiq  oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan  takliflariga rozilik berilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi  Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi:

qishloq хoʻjaligi ekinlarini joylashtirishning yangi tartibini  hisobga olgan holda, suv olish  limitlariga oʻn kun muddatda oʻzgartirish kiritsinlar;

qishloq хoʻjaligi ekinlarini tunda suorishni tashkil etsinlar,  suorishga suvchilarni qoʻshimcha ravishda safarbar qilsinlar;

kollektorlar va  kanallarni tozalash, chuqurlashtirish ishlarini amalga oshirish, kollektorlarda tambalar qurish, shuningdek oqava suv havzalaridagi mavjud  suvlardan foydalanish hisobiga suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularning qoʻshimcha manbalarini  jalb etish tadbirlarini  ishlab chiqsinlar va amalga  oshirsinlar. Kollektor-drenaj suvlarini  chiqarib olish uchun qoʻshimcha nasos agregatlari oʻrnatilsin.


3. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 23 dekabrdagi 497-son qaroriga 1-ilovaning Qoraqalpoiston Respublikasiga doir qismi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 yanvardagi 46-son qaroriga 1 va 2-ilovalarning Qoraqalpoiston Respublikasi va Xorazm viloyatiga doir qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2001 yil 16 maydagi

218 - son qaroriga

ILOVA



Suv tanqisligi munosabati bilan Qoraqalpoiston

Respublikasi va Xorazm viloyatida 2001 yil hosili

uchun oʻza va sholi ekinlarini  joylashtirish boʻyicha

TOPShIRIQ


oʻza


Sholi


ekin maydoni,

ming ga


yalpi hosil,

ming tonna


ekin

maydoni,

ming ga


yalpi hosil*,

ming tonna


Qoraqalpoiston Respublikasi


80

185,6

2

6,6

Xorazm viloyati


95

280

2

8

*) Toʻliq urulik uchun yoʻnaltiriladi.