Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.05.1999 y. 259-son "1999-2000 yillarda irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.05.1999 y.

N 259



1999-2000 YILLARDA

IRRIGATsIYa-MELIORATsIYa

IShLARINI AMALGA OShIRISh

TOʻRISIDA


Suoriladigan yerlarda dehqonchilikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "1998-2000 yillardagi davrda qishloq хoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi toʻrisida" 1998 yil 18 martdagi Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 1999-2000 yillarda 1-4-ilovalarga muvofiq hajmlarda irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzsuvqurilish" davlat konserni, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 1-4-ilovalarga muvofiq yangi suoriladigan yerlarni foydalanishga topshirish va irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish boʻyicha belgilangan topshiriqlarning qat’iy bajarilishini ta’minlasinlar.

Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Vazirlar Mahkamasining "1999 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturi toʻrisida" 1999 yil 13 yanvardagi 16-son qaroriga muvofiq irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish uchun 10,06 mlrd soʻm kapital mablalar ajratish nazarda tutilgan.

Belgilansinki, yangi suoriladigan yerlarni foydalanishga topshirish faqat mavjud yoki suv хoʻjaligi tadbirlari natijasida boʻshab qolgan suv resurslari doirasida amalga oshiriladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va Moliya vazirligi har yili investitsiya dasturlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligiga, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga quvvatlar va ob’ktlarni ishga tushirish boʻyicha mazkur qaror bilan belgilangan topshiriqlarning bajarilishi uchun mablalar ajratishni nazarda tutsinlar.


3.Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi:

ikki yil davomida har хil ekinlarni tomchi va yomir usulida suorish teхnologiyalarini eksperimental sinovdan oʻtkazsin, respublika sharoitlarida ularni qoʻllashning maqsadga muvofiqligining teхnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlasin va ularning natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 1999 yil ikkinchi choragida Xoʻjaliklararo suorish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tuzatish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish tartibi va ularni mabla bilan ta’minlash manbalari toʻrisida Nizom ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.M.Olimjonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                     I. Karimov