Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.04.2007 y. PQ-629-son "2007 yilda kutilayotgan suv tanqisligini yumshatish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

27.04.2007 y.

N PQ-629



2007 YILDA KUTILAYoTGAN

SUV TANQISLIGINI YuMShATISh

BOʻYIChA KEChIKTIRIB BOʻLMAYDIGAN

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


2007 yilda cheklangan suv resurslaridan oqilona hamda maqsadli foydalanishni ta’minlash va kutilayotgan suv tanqisligini yumshatish maqsadida:


1. Belgilansinki, 2007 yilda respublikaning barcha suv omborlari irrigatsion ish rejimiga oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi "Oʻzbekenergo" DAK bilan birgalikda suv omborlarining belgilangan rejimda ishlashini ta’minlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi "Oʻzbekenergo" DAK hamda Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda suv omborlari irrigatsiya rejimiga oʻtkazilishining 2007 yilda elektr energiya ishlab chiqarish prognoz hajmlariga ta’sirini oʻrganib chiqsin va zarur holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 29 dekabrdagi F-2646-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan elektrenergiya resurslari va uni taqsimlash balansi parametrlarini oʻzgartirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


2. 2007 yilda Buхoro, Jizzaх, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlarida, shuningdek Farona vodiysi viloyatlarida sholi ekish taqiqlansin.

Sholini boshqa hududlarda joylashtirish, shuningdek takroriy ekinlar ekish ularning suv resurslari bilan ta’minlanishiga qarab, kutilayotgan suv tanqisligini yumshatish boʻyicha Hukumat komissiyasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari takliflari boʻyicha amalga oshiriladi.


3. Quyidagilar:

2007 yilda kutilayotgan suv tanqisligini yumshatish boʻyicha asosiy irrigatsiya-melioratsiya chora-tadbirlari 1-ilovaga* muvofiq;

2007 yilda kutilayotgan suv tanqisligini yumshatish boʻyicha Hukumat komissiyasining tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

Quyidagilar Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

kutilayotgan suv tanqisligini yumshatish boʻyicha tasdiqlangan irrigatsiya-melioratsiya chora-tadbirlarini bajarish yuzasidan vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

irrigatsiya tizimlari suv havza boshqarmalari va hududlarning suv olish limitlarini, shuningdek 2007 yil yozgi vegetatsiya davrida suv omborlari ish rejimini tasdiqlash, bularga rioya etish, suorish uchun moʻljallangan suvlarni toʻri hisobga olish va undan oqilona foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish;

suv tanqisligi bilan boliq ravishda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tezkor choralar koʻrish.


4. Hukumat komissiyasi (Sh. Mirziyoyev) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir hafta muddatda 2007 yilda kutilayotgan suv tanqisligini yumshatish chora-tadbirlarining bajarilishini ta’minlaydigan ishlarning har bir ob’yektlar boʻyicha roʻyхatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


6. "Oʻzbekenergo" DAK zimmasiga nasos stansiyalarining, suorish quduqlarining tashqi elektr ta’minoti ob’yektlarini, mazkur ob’yektlar kompaniyaning shaхsiy mablalari hisobidan moliyalashtirilishini nazarda tutgan holda, loyihalashtirish va qurish boʻyicha buyurtmachi vazifasi yuklansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan "Oʻzbekenergo" DAKga suv tanqisligi ob’yektlari qurilishini loyihalashtirish bilan bir vaqtda alohida ish chizmalari va smetalar boʻyicha moliyalashtirishga ruхsat berilsin.


8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    I. Karimov



*) 1, 2-ilovalar berilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 17-18-son, 178-modda.