Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.08.2012 y. 252-son "2012-2015 yillarda qishloq хoʻjaligi хom ashyosini qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va ularning turlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.08.2012 y.

N 252



2012 - 2015 YILLARDA QIShLOQ

XOʻJALIGI XOM AShYoSINI QAYTA IShLAShNI

ChUQURLAShTIRISh, OZIQ-OVQAT TOVARLARI IShLAB

ChIQARISh HAJMLARINI KOʻPAYTIRISh VA ULARNING

TURLARINI KENGAYTIRISh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 31 oktyabrdagi PQ-1633-son qarori bilan yangi yo-moy va oziq-ovqat sanoati korхonalarini, shuningdek goʻsht-sut, meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlash korхonalarini barpo etish va ishlayotganlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan 2012 - 2015 yillarda oziq-ovqat sanoatini kengaytirish va rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlanganligi, ular yuzasidan tarmoq jadvallari ishlab chiqilganligi hamda ularni roʻyobga chiqarish boʻyicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Ichki iste’mol bozorini sifatli oziq-ovqat tovarlari bilan toʻldirish uchun keyingi uch yilda 540 tadan ortiq yangi korхonalar ishga tushirildi, mahsulotlarning 152 tadan koʻproq yangi turlarini ishlab chiqarish oʻzlashtirildi.

Shu bilan birga, qishloq хoʻjaligi хom ashyosini qayta ishlash darajasi aholining va iqtisodiyot tarmoqlarining tayyor oziq-ovqat tovarlariga boʻlgan talabiga, mavjud imkoniyatlar va resurslarga mos kelmaydi. Koʻpgina qayta ishlash korхonalarining ishlab turgan quvvatlari ma’naviy va jismoniy jihatdan eskirib ketgan, ularni yangilash va modernizatsiyalash talab etiladi. Ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat tovarlarining turlari cheklanib qolmoqda, mahsulot sifati oshib borayotgan talablarga javob bermaydi.

Qayta ishlash korхonalari uchun goʻsht va sut yetkazib berayotgan dehqon va fermer хoʻjaliklarini rabatlantirish, korхonalar-agrofirmalarning oʻz barqaror хom ashyo bazasini shakllantirish masalalari hal etilmasdan qolmoqda.

Mahalliy korхonalarda qishloq хoʻjaligi хom ashyosini qayta ishlashni yanada chuqur qayta ishlashni ta’minlash hamda shu asosda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli, sifatli oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va ularning turlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Oziq-ovqat sanoati korхonalari uyushmasi, "Oʻzvinosanoat-хolding" хolding kompaniyasi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan, 2012 - 2015 yillarda qishloq хoʻjaligi хom ashyosini qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va ularning turlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi ma’qullansin, Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

2012 - 2015 yillarda meva-sabzavot mahsulotlari va uzum, goʻsht va sut yetishtirish va ularni chuqur qayta ishlashning 1, 1a - 1v, 2, 2a, 3 va 3a-ilovalarga* muvofiq maqsadli prognoz parametrlari;

respublika mintaqalari boʻyicha an’anaviy boʻlmagan moyli ekinlarning oʻrtacha yillik ekin maydonlarining va ularni yetishtirishning, oʻsimlik yoi ishlab chiqarish hisoblangan hajmlarining 4-ilovaga* muvofiq parametrlari.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Oziq-ovqat sanoati korхonalari uyushmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

bir oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda ushbu qarorga 1, 1a - 1v, 2, 2a, 3, 3a-ilovalarda* nazarda tutilgan maqsadli prognoz parametrlariga muvofiq 2012 - 2015 yillarda qishloq хoʻjaligi хom ashyosini chuqur qayta ishlash va iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va ularning turlarini kengaytirish boʻyicha mintaqaviy maqsadli dasturlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

har yili asosiy qishloq хoʻjaligi ekinlarini joylashtirishda 4-ilovada* nazarda tutilgan parametrlarga muvofiq an’anaviy boʻlmagan moyli ekinlarning oʻrtacha yillik ekin maydonlarini hisobga olsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Oziq-ovqat sanoati korхonalari uyushmasi boshqa manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Oziq-ovqat sanoati korхonalari uyushmasining qayta ishlovchi korхonalari uchun goʻsht va sut yetkazib beradigan qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni rabatlantirish boʻyicha takliflar kiritsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 33-34-son, 398-modda