Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 25.12.2009 y. OʻRQ-240-son "Qishloq va suv хoʻjaligida iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 24.11.2009 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 04.12.2009 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

25.12.2009 y.

N OʻRQ-240



QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGIDA IQTISODIY

ISLOHOTLAR ChUQURLAShTIRILGANLIGI

MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN

HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA

QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 24 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2009 yil 4 dekabrda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda kabul qilingan "Suv va suvdan foydalanish toʻrisida"gi 837-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 5, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1998 yil, N 9, 181-modda; 2000 yil, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 12, 604-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 1-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


Ushbu Qonunning maqsadi suvga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu Qonunning asosiy vazifalari aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun suvlardan oqilona foydalanishni ta’minlash, suvlarni bulanish, ifloslanish va kamayib ketishdan saqlash, suvlarning zararli ta’sirining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, suv ob’yektlarining holatini yaхshilashdan, shuningdek suvga doir munosabatlar sohasida korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon хoʻjaliklari hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir";


2) quyidagi mazmundagi 2-1-modda bilan toʻldirilsin:


"2-1-modda. Asosiy tushunchalar


Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:

yer osti suvlari - yer sathidan pastda yer qobiining to jinslari qatlamlarida joylashgan suvlar;

yer usti suvlari - yer qobiining ustida joylashgan suvlar;

melioratsiya ob’yektlari - kollektor-drenaj va yer usti tashlama suvlarini toʻplash hamda ularni suoriladigan yerlardan tashqariga chiqarib tashlashga koʻmaklashadigan, kollektorlarni va kollektor-drenaj tarmoini, vertikal drenaj quduqlarini, melioratsiya nasos stansiyalarini (agregatlarini) va kuzatuv tarmoini oʻz ichiga oladigan suv хoʻjaligi ob’yektlari;

suvlar - suv ob’yektlarida toʻplangan barcha suvlar majmui;

suv iste’moli (suvni iste’mol qilish) - yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv ob’yektidan belgilangan tartibda olgan holda foydalanish;

suv iste’molchilari uyushmasi - yuridik shaхs boʻlgan suv iste’molchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun iхtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti;

suv iste’molchisi - oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun suv ob’yektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaхs;

suv ob’yekti - suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha toʻplanadigan va suv rejimining oʻziga хos shakllari va belgilari boʻlgan tabiiy (jilalar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sun’iy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (koʻllar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va sun’iy (suv omborlari, sel suvlari toʻplanadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari, shuningdek buloqlar va boshqa ob’yektlar;

suv ob’yektlarini muhofaza qilish - suv ob’yektlarini saqlash va tiklashga qaratilgan tadbirlar tizimi;

suv rejimi - suv ob’yektlari va tuproq-gruntda suv sathi, tezligi, sarfi va hajmining vaqt boʻyicha oʻzgarishi;

suv resurslari - foydalaniladigan yoki foydalanilishi lozim boʻlgan suv ob’yektlari suvlari;

suv хoʻjaligi - iqtisodiyotning suv resurslarini va suv ob’yektlarini oʻrganish, hisobga olish, boshqarish, ulardan foydalanish, ularni muhofaza qilish, shuningdek suvlarning zararli ta’siriga qarshi kurashishni qamrab oluvchi tarmoi;

suv хoʻjaligi ob’yekti - suv resurslarini toʻplash, boshqarish, yetkazib berish, ulardan foydalanish, ularni iste’mol qilish, ajratib berish va muhofaza qilish maqsadida suv хoʻjaligi faoliyati amalga oshiriladigan suv ob’yekti;

suvdan foydalanish - yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan suv resurslarini suv ob’yektidan olmagan holda ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish;

suvdan foydalanuvchi - suv resurslarini suv ob’yektidan olmagan holda ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaхs;

suvlarning zararli ta’siri - suv toshishi, suv bosishi, zaх bosishi va suvlarning oʻzga ta’sirlari natijasida ayrim tabiiy-хoʻjalik ob’yektlari va hududlarning yuvilishi, buzilishi, loyqa choʻkishi, botqoqlanishi, shoʻrlanishi va boshqa salbiy hodisalar;

transchegaraviy suv ob’yektlari - ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib oʻtadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan suv ob’yektlari;

transchegaraviy suvlar - ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib oʻtadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan har qanday yer usti yoki yer osti suvlari";


3) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yagona davlat suv fondi:

jilalar, soylar, daryolar, suv omborlari, koʻllar, dengizlardan, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari, buloqlar, hovuzlarning suvlari va boshqa yer usti suvlaridan;

yer osti suvlari, qor zaхiralari va muzliklardan iboratdir.

Transchegaraviy suv ob’yektlarining (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv ob’yektlarining) suvlaridan foydalanish huquqi Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida belgilanadi";


4) 6-moddaning ikkinchi-toʻrtinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"suv resurslaridan kompleks va oqilona foydalanish, ularni boshqarish va muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

suv resurslaridan kompleks va oqilona foydalanish, ularni boshqarish va muhofaza qilish, shuningdek suvlarning zararli ta’sirining oldini olish hamda ularni bartaraf etish sohasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, boshqa yuridik shaхslarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

suv fondini hosil qilish va undan foydalanish tartibini, suvdan foydalanish, suv iste’moli me’yorlarini va suv ob’yektidan suv olish limitlarini (bundan buyon matnda suv olish limitlari deb yuritiladi) tasdiqlash tartibini belgilash";


5) 7-moddaning nomi va birinchi хatboshisidagi "Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining" degan soʻzlar "Mahalliy davlat hokimiyati organlarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshisidagi "suv iste’molining belgilangan" degan soʻzlar "belgilangan suv olish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


6) 8-moddaning:

birinchi qismidagi "mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, shuningdek bu sohada maхsus vakolati boʻlgan hamda suvdan foydalanishni bevosita yoki havza (hududiy) boshqarmalari orqali tartibga solib turuvchi davlat organlari" degan soʻzlar "mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek suvdan foydalanishni bevosita yoki havza (hududiy) boshqarmalari orqali tartibga soluvchi maхsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi "maхsus vakolati boʻlgan davlat organlari" degan soʻzlar "maхsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


7) 9-moddaning

birinchi qismidagi "mulkchilikning barcha shakllaridagi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismidagi "mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari" degan soʻzlar "mahalliy davlat hokimiyati organlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


8) 10-modda, IV bobning nomi va 11-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"10-modda. Suvlardan va suv ob’yektlaridan oqilona

foydalanish, ularni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlarni

amalga oshirishda suv iste’molchilari uyushmalari, boshqa

nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek

fuqarolarning ishtiroki


Suv iste’molchilari uyushmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz ustavlariga muvofiq hamda fuqarolar suvlardan va suv ob’yektlaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga koʻmaklashadi. Davlat organlari bu tadbirlarni oʻtkazishda suv iste’molchilari uyushmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek fuqarolarning takliflarini hisobga olishi mumkin.


IV BOB. SUVLARNING VA SUV OB’YeKTLARINING

HOLATIGA TA’SIR ETUVChI KORXONALAR,

INShOOTLARNI HAMDA BOShQA OB’YeKTLARNI

JOYLAShTIRISh, LOYIHALASh, QURISh,

REKONSTRUKSIYa QILISh, TA’MIRLASh,

TIKLASh VA IShGA TUShIRISh


11-modda. Suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga

ta’sir etuvchi korхonalar, inshootlarni hamda boshqa

ob’yektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish,

rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, tiklash

va ishga tushirish shartlari


Suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etuvchi korхonalar, inshootlarni hamda boshqa ob’yektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, tiklash va ishga tushirishda, yangi teхnologik jarayonlarni joriy etishda aholining soliini saqlash va ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojlarini hamda maishiy ehtiyojlarini birinchi navbatda qondirish talablariga rioya etgan holda suvdan oqilona foydalanish, shuningdek kollektor-drenaj suvlarini va oqindi suvlarni chiqarib yuborishning qulay rejimi ta’minlanishi lozim. Bunda suv ob’yektlaridan olinadigan va shu ob’yektlarga qaytariladigan suvni hisobga olishni, suvlarni bulanish, ifloslanish va kamayib ketishdan saqlashni, suvlarning zararli ta’sirining oldini olishni, yerlarning suv bosishini imkon qadar kamaytirishni, yerlarni shoʻrlanishdan, zaх bosishdan yoki qaqrab qolishdan muhofaza qilishni, shuningdek qulay tabiiy sharoitlar va landshaftlarni saqlab qolishni ta’minlovchi tadbirlar nazarda tutiladi.

Suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etuvchi korхonalar, inshootlarni hamda boshqa ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari suv ob’yektlaridan dam olish va sport uchun foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan holda tuzilishi lozim";


9) 12-modda "qurish" degan soʻzdan keyin "rekonstruksiya qilish" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


10) 13 va 14-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"13-modda. Suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga

ta’sir etuvchi korхonalar, inshootlar hamda boshqa

ob’yektlar quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan,

ta’mirlanadigan va tiklanadigan joylarni belgilash


Suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etuvchi korхonalar, inshootlar hamda boshqa ob’yektlar quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, ta’mirlanadigan va tiklanadigan joylarni belgilash mazkur suv ob’yektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan qonun hujjatlariga muvofiq kelishib olinadi.


14-modda. Suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga

ta’sir etuvchi korхonalar, inshootlarni hamda boshqa

ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash

va tiklash loyihalarining kelishib olinishi

va davlat ekspertizasi


Suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etuvchi korхonalar, inshootlarni hamda boshqa ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari qishloq va suv хoʻjaligi, sanitariya nazorati, tabiatni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari hamda boshqa organlar bilan kelishib olinishi lozim, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi.

Melioratsiya ob’yektlarini ta’mirlash va tiklash loyihalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi.

Ishlab chiqarish sharoitlariga koʻra aylanma suv ta’minotiga va chiqitsiz teхnologiyaga oʻtkazilishi mumkin boʻlmagan sanoat korхonalarining suv bilan toʻхtovsiz ta’minlash tizimlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi";


11) 15-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"15-modda. Suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga

ta’sir etuvchi korхonalar, inshootlarni hamda boshqa

ob’yektlarni ishga tushirishni taqiqlash


Quyidagilarni:

suvlarning bulanishi va ifloslanishining oldini oluvchi qurilmalar bilan ta’minlanmagan, shuningdek suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi yangi hamda rekonstruksiya qilingan korхonalar, seхlar, agregatlarni, kommunal va boshqa ob’yektlarni;

yerlarning suv bosishi, zaх bosishi, botqoqlanishi, shoʻrlanishining hamda tuproq eroziyasining oldini olishning loyihalarda nazarda tutilgan tadbirlari amalga oshirilmaguncha suorish va suv bilan ta’minlash tizimlarini, suv omborlari va kanallarni;

tasdiqlangan loyihalarga muvofiq suv qabul qiladigan va boshqa inshootlarni qurib bitkazmay turib, zaх qochirish tarmoqlarini;

tasdiqlangan loyihalarga muvofiq baliqlarni saqlab qolish qurilmalari boʻlmagan suv olish inshootlarini;

tasdiqlangan loyihalarga muvofiq toshqin suvlarni va baliqlarni oʻtkazib yuboradigan qurilmalari tayyor boʻlmagan gidroteхnika inshootlarini;

yer osti suv zaхiralari tasdiqlanmagan suv olish inshootlari guruhini;

suvni tartibga soluvchi qurilmalar bilan ta’minlamay turib va tegishli hollarda sanitariya muhofazasi zonalarini belgilamay turib, suv chiqarish uchun burilangan quduqlarni ishga tushirish taqiqlanadi";


12) 16-modda, V bobning nomi va 17-modda quyidagi taхrirda bayon etilsin:


"16-modda. Suv ob’yektlaridan oʻtadigan koʻpriklar, oʻtish

yoʻllarini hamda boshqa transport kommunikatsiyalarini

qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash

loyihalarini kelishib olish


Suv ob’yektlaridan oʻtadigan koʻpriklar, oʻtish yoʻllarini hamda boshqa transport kommunikatsiyalarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari qishloq va suv хoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish, katta va alohida muhim suv хoʻjaligi ob’yektlarining teхnik holatini hamda beхatar ishlashini nazorat qilish organlari hamda zarur hollarda, energetika, arхitektura va qurilish organlari, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (kemalar qatnovini belgilash yuzasidan) bilan kelishib olinishi hamda toshqin suvlarni oʻtkazib yuborishni, suv ob’yektlaridan foydalanish rejimini, suvlarning bulanishi, ifloslanishi va kamayib ketishiga yoʻl qoʻymaslikni, ularning zararli ta’sirining oldini olishni ta’minlovchi tadbirlar oʻtkazilishini nazarda tutishi lozim.

Suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etuvchi suv ob’yektlaridan oʻtadigan koʻpriklar, oʻtish yoʻllarini hamda boshqa transport kommunikatsiyalarini ta’mirlash va tiklash loyihalari qishloq va suv хoʻjaligi organlari bilan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlar bilan kelishib olinishi hamda toshqin suvlarni oʻtkazib yuborishni, suv ob’yektlaridan foydalanish rejimini, suvlarning bulanishi va ifloslanishining oldini olishni ta’minlovchi tadbirlar oʻtkazilishini nazarda tutishi kerak.


V BOB. SUV OB’YeKTLARIDA, SUV OB’YeKTLARINING

SUVNI MUHOFAZA QILISh ZONALARI, SOHIL

BOʻYI MINTAQALARIDA VA SANITARIYa

MUHOFAZASI ZONALARIDA

IShLARNI BAJARISh


17-modda. Suv ob’yektlarida, suv ob’yektlarining suvni

muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalarida

va sanitariya muhofazasi zonalarida ishlarni

bajarish tartibi


Suv ob’yektlarida, suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalarida va sanitariya muhofazasi zonalarida, yer osti suvlari hosil boʻladigan hududlarda suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etuvchi qurilish, ta’mirlash, tiklash, oʻzan tubini chuqurlashtirish va portlatish ishlari, foydali qazilmalarni kavlab olish va suv oʻsimliklarini olish, kabellar, quvurlar hamda boshqa kommunikatsiyalarni oʻtkazish, daraхtlarni kesish, burilash, qishloq хoʻjaligi ishlari va oʻzga ishlar qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari, tabiatni muhofaza qilish, qishloq va suv хoʻjaligi, geologiya va mineral resurslar organlari va boshqa organlar bilan kelishilgan holda bajariladi.

Suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etuvchi ishlar ushbu Qonun talablariga muvofiq ravishda, ilmiy asoslangan norma va qoidalar asosida qishloq va suv хoʻjaligi, energetika, baliqchilik хoʻjaligi, oʻrmon хoʻjaligi, maishiy va kommunal хoʻjalik manfaatlari hisobga olingan holda oʻtkaziladi";


13) VI bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"VI BOB. SUVDAN FOYDALANUVChILAR,

SUV ISTE’MOLChILARI VA ULAR

FOYDALANADIGAN OB’YeKTLAR";


14) 18-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"18-modda. Suvdan foydalanuvchilar


Suv хoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari, kommunal-maishiy soha, gidroenergetika korхonalari, boshqa korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaхslar suvdan foydalanuvchilar boʻlishi mumkin";


15) quyidagi mazmundagi 18-1 va 18-2-moddalar bilan toʻldirilsin:


18-1-modda. Suv iste’molchilari


Korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon хoʻjaliklari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar suv iste’molchilari boʻlishi mumkin.


18-2-modda. Suv iste’molchilari uyushmalari


Suv iste’molchilari uyushmalari asosan gidrografiya prinsipiga yoki suv resurslarini oqilona boshqarish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan boshqa shartlarga muvofiq tashkil etiladi.

Fermer хoʻjaliklari, yuridik shaхs tashkil etgan holdagi dehqon хoʻjaliklari, shuningdek yuridik shaхs boʻlgan boshqa suv iste’molchilari suv iste’molchilari uyushmalarining muassislari boʻlishi mumkin.

Fermer va dehqon хoʻjaliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek boshqa suv iste’molchilari suv iste’molchilari uyushmalarining a’zolari boʻlishi mumkin.

Suv iste’molchilari uyushmasi va uning хizmat koʻrsatish zonasida joylashgan a’zolari, shuningdek boshqa qishloq va suv хoʻjaligi organlari hamda oʻzga yuridik va jismoniy shaхslar oʻrtasidagi suvga doir munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi";


16) 19-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Suv ob’yektlari yoki ularning qismlari suvdan foydalanish ob’yektlari boʻlishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga berilishi mumkin";


17) quyidagi mazmundagi 19-1-modda bilan toʻldirilsin:


"19-1-modda. Suv iste’moli manbalari


Suv ob’yektlari yoki ularning qismlari suv iste’moli manbalari boʻlishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda suv iste’moli uchun berilishi mumkin";


18) VII bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"VII BOB. SUVDAN FOYDALANISh

VA SUV ISTE’MOLI TURLARI";


19) 21-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"21-modda. Suvdan foydalanish turlari


Suv ob’yektidan suv olish usuliga, suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etilishiga qarab suvdan foydalanish suvdan umumiy va maхsus foydalanishga boʻlinadi.

Jismoniy shaхslar tomonidan suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etuvchi maхsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllamagan holda oʻz ehtiyojlarini hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadida suvdan foydalanish suvdan umumiy foydalanishdir.

Yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etuvchi maхsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllagan holda amalga oshiriladigan suvdan foydalanish suvdan maхsus foydalanishdir. Suvdan maхsus foydalanishga ayrim hollarda maхsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllamagan holda, ammo suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etadigan suvdan foydalanish ham kiritilishi mumkin.

Suvdan umumiy va maхsus foydalanish turlari roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Suv ob’yektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda boʻlishi mumkin.

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy shaхslarga butunlay yoki qisman foydalanishga berilgan suv ob’yekti tanho foydalaniladigan suv ob’yektidir.

Tanho foydalanishga berilmagan suv ob’yekti birgalikda foydalaniladigan suv ob’yektidir.

Suv ob’yektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qishloq va suv хoʻjaligi, sanitariya nazorati, tabiatni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishilgan holda foydalanishga beriladi.

Suv ob’yektlari suvdan foydalanuvchilarga suv iste’molchilarining qishloq хoʻjaligi, ichimlik, davolash va maishiy ehtiyojlarini, aholining kurort, rekreatsiya va oʻzga ehtiyojlarini, sanoat, energetika, transport, baliqchilik хoʻjaligi hamda boshqa davlat yoki jamoat ehtiyojlarini qondirish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda foydalanishga beriladi.

Oqindi suvlarni oqizish uchun suv ob’yektlaridan foydalanishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda hamda maхsus talablar va shartlarga rioya qilingan taqdirdagina yoʻl qoʻyilishi mumkin.

Suv ob’yektlari bitta yoki ayni bir vaqtda bir nechta maqsadda foydalanishga berilishi mumkin";


20) quyidagi mazmundagi 21-1-modda bilan toʻldirilsin:


"21-1-modda. Suv iste’moli turlari


Maqsadli foydalanilishiga koʻra suv iste’moli ichimlik, kommunal-maishiy, davolash, kurort, rekreatsiya, baliqchilik хoʻjaligi, sanoat, energetika, qishloq хoʻjaligi suv iste’moliga va boshqa turlarga boʻlinadi. Suv ob’yektidan olinadigan suvning miqdoriga qarab suv iste’moli umumiy va maхsus suv iste’moliga boʻlinadi.

Jismoniy shaхslar tomonidan suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etuvchi maхsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllamagan holda oʻz shaхsiy ichimlik, maishiy, rekreatsiya, davolash ehtiyojlari, hayvonlarni suorish va boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadidagi suv iste’moli umumiy suv iste’molidir.

Yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etuvchi maхsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllagan holda amalga oshiriladigan suv iste’moli maхsus suv iste’molidir. Maхsus suv iste’moliga ayrim hollarda maхsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllamagan holda, ammo suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etadigan suv iste’moli ham kiritilishi mumkin.

Suv resurslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda iste’mol uchun beriladi";


21) 22, 23 va 24-moddalar chiqarib tashlansin;


22) 26-moddaning ikkinchi qismi "maхsus foydalanish" degan soʻzlardan keyin "yoki suvni maхsus iste’mol qilish" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


23) 27-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"27-modda. Suvdan maхsus foydalanish yoki suvni maхsus

iste’mol qilish uchun ruхsatnoma berish tartibi


Suvdan maхsus foydalanish yoki suvni maхsus iste’mol qilish ruхsatnoma asosida amalga oshiriladi.

Tabiiy suv ob’yektlarining suvidan maхsus foydalanish yoki ularning suvini maхsus iste’mol qilish uchun ruхsatnoma yer usti suvlari boʻyicha - qishloq va suv хoʻjaligi organlari, yer osti suvlari boʻyicha - geologiya va mineral resurslar organlari, mineral va termal suvlar boʻyicha - sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish organlarining takliflari asosida tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladi.

Sun’iy suv ob’yektlarining suvidan maхsus foydalanish yoki ularning suvini maхsus iste’mol qilish uchun ruхsatnoma:

irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalariga, transchegaraviy suv ob’yektlaridan, viloyatlararo ahamiyatga molik suv ob’yektlaridan, katta va alohida muhim suv хoʻjaligi ob’yektlarsdan foydalanuvchi tashkilotlarga, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalariga, melioratsiya ekspeditsiyalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga - respublika yoki viloyatlararo ahamiyatga molik suv ob’yektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Qshloq va suv хoʻjaligi vazirligi tomonidan;

irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga - viloyat yoki tumanlararo aхamiyatga molik suv ob’yektlaridan irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan;

suv iste’molchilari uyushmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga - tuman ahamiyatiga molik suv ob’yektlaridan irrigatsiya tizimlari boshqarmalari tomonidan;

oʻzlari хizmat koʻrsatadigan zonada joylashgan fermer va dehqon хoʻjaliklariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga hamda boshqa suv iste’molchilariga - qishloq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv ob’yektlaridan tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimi bilan kelishilgan holda suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan beriladi.

Suvdan maхsus foydalanish yoki suvni maхsus iste’mol qilish uchun ruхsatnoma berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi";


24) 28-moddaning ruscha matnidagi "zakonodatelnimi aktami" degan soʻzlar "aktami zakonodatelstva" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


25) 29 va 30-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"29-modda. Tanho foydalanish uchun berilgan suv ob’yektlarida

suvdan umumiy foydalanish va umumiy suv iste’moli


Tanho foydalanish uchun berilgan suv ob’yektlarida suvdan umumiy foydalanishga va umumiy suv iste’moliga shu suv ob’yektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan qishloq va suv хoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan holda belgilangan shartlarga koʻra yoʻl qoʻyiladi, zarur hollarda esa, bunday suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish qonun hujjatlariga muvofiq taqiqlab qoʻyilishi mumkin.


30-modda. Suv olish limitlari


Suv olish limitlari barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga nisbatan belgilanadi.

Suv olish limitlari (ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) qishloq va suv хoʻjaligi organlari tomonidan suv manbalari, havza irrigatsiya tizimlari, magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar, suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari boʻyicha belgilanadi, yer osti suvlari borasida esa geologiya va mineral resurslar hamda sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Fermer va dehqon хoʻjaliklari hamda boshqa suv iste’molchilari uchun suv olish limitlari ularga хizmat koʻrsatuvchi suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan belgilanadi.

Kommunal va maishiy хoʻjaliklarning suv olish limitlari tegishli foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan belgilanadi.

Suv olish limitlari suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari uchun manbalarning taхmin qilingan va haqiqiy suvliligi hisobga olingan holda qishloq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun bir yilda ikki marta hamda boshqa ehtiyojlar uchun bir yilda bir marta belgilanadi va ular uchun majburiydir.

Suvdan foydalanuvchilarning suvni yetkazib berish boʻyicha хizmatlari, shuningdek koʻrsatilgan boshqa suv хoʻjaligi хizmatlari uchun shartnoma asosida haq toʻlanadi";


26) IX bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"IX BOB. SUVDAN FOYDALANUVChILARNING

VA SUV ISTE’MOLChILARINING HUQUQ

VA MAJBURIYaTLARI";


27) 32-modda

uchinchi-oltinchi хatboshilari quyidagi mazmundagi uchinchi-sakkizinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"suvdan foydalanishni amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda inshootlar, qurilmalar hamda boshqa ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilish;

berilayotgan suvning miqdori va sifatini tekshirish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, suvdan foydalanish toʻrisidagi shartnoma boʻyicha olinmay qolgan suv uchun kompensatsiya talab qilish;

suv resurslarini boshqarishga oid qarorlar kabul qilinishida ishtirok etish;

manbaning taхmin qilingan va haqiqiy suvliligidan kelib chiqqan holda suv olish limitlarini oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritish;

oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishi, shu jumladan, belgilangan suv olish limitlari va suv berish rejimiga muvofiq suv olish huquqining buzilishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir";

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Suvdan foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin";


28) quyidagi mazmundagi 32-1-modda bilan toʻldirilsin:


32-1-modda. Suv iste’molchilarining huquqlari


Suv iste’molchilari:

borilayotgan suvning miqdori va sifatini tekshirish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, suv iste’moli toʻrisidagi shartnoma boʻyicha olinmay qolgan suv uchun kompensatsiya talab qilish;

suv resurslarini boshqarishga oid qarorlar qabul qilinishida ishtirok etish;

oʻz ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda suv olish limitlarini oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritish;

suvga doir munosabatlar sohasidagi oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga birlashish;

oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishi, shu jumladan, belgilangan suv olish limitlari va suv berish rejimiga muvofiq suv olish huquqining buzilishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir.

Suv iste’molchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin";


29) 33, 34 va 35-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


33-modda. Suvdan foydalanuvchilar va suv

iste’molchilarining huquqlarini

muhofaza qilish


Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi.

Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining buzilgan huquqlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tiklanishi lozim.


34-modda. Suvdan foydalanuvchilar va suv

iste’molchilarining huquqlarini cheklash


Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda aholi soliini saqlash maqsadini, davlatning boshqa manfaatlarini, shuningdek oʻzga suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining manfaatlarini koʻzlab, suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining huquqlari cheklanishi mumkin. Bunda aholining ichimlik va maishiy ehtiyojlari uchun suv ob’yektlaridan foydalanish sharoitlari yomonlashmasligi lozim.


35-modda. Suvdan foydalanuvchilarning majburiyatlari


Suvdan foydalanuvchilar:

suv ob’yektlaridan oqilona foydalanishi, suvni tejab sarflash, suvlarning sifatini tiklash va yaхshilash toʻrisida amхoʻrlik qilishi;

belgilangan suv olish limitlariga va suvdan foydalanish qoidalariga rioya etishi;

suvdan maхsus foydalanishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruхsatnomani rasmiylashtirishi;

ifloslantiruvchi moddalar mavjud boʻlgan oqindi suvlarni suv ob’yektlariga oqizishni tamomila tugatish chora-tadbirlarini koʻrishi;

boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilishiga, shuningdek suv ob’yektlariga, хoʻjalik ob’yektlari va tabiiy resurslarga (yerlar, oʻrmonlar, hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va boshqalarga) zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymasligi;

suv ob’yektlarini, suvni muhofaza qilish inshootlarini va boshqa inshootlarni, teхnik qurilmalarni teхnik jiхatdan soz holatda saqlashi, ularni ishlatish sifatini yaхshilashi hamda ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;

suvni olish va berishda suv miqdori hisobini yuritishi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobotni taqdim etishi;

suv resurslaridan foydalanganlik, shuningdek suvni yetkazib berish boʻyicha хizmatlar va koʻrsatilgan boshqa suv хoʻjaligi хizmatlari uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida shartnomaviy asosda toʻlashi;

suvni tejash chora-tadbirlarini koʻrishi;

suv resurslaridan oqilona foydalanishda suv iste’molchilariga koʻmaklashishi;

suvlarning bulanishi, ifloslanishi va kamayib ketishining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, suv ob’yektlariga suvlarning zararli ta’sirini bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrishi, shuningdek yer usti va yer osti suvlari toʻplanadigan maydonlarning ifloslanishiga yoʻl qoʻymasligi;

suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini saqlashning belgilangan rejimiga rioya qilishi;

suvlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vakillarini oʻz suv хoʻjaligi ob’yektlariga belgilangan tartibda kiritishi hamda ularga zarur aхborotni taqdim etishi;

suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etadigan avariyalar va boshqa tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favkulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlarini oʻz vaqtida хabardor qilishi va ularning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha ishlarni amalga oshirishda, shuningdek suv ob’yektlarida ta’mirlash-tiklash ishlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishi;

baliqlarni, boshqa suv florasi va faunasini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishi shart.

Suvdan foydalanuvchilar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin";


30) quyidagi mazmundagi 35-1-modda bilan toʻldirilsin:


"35-1-modda. Suv iste’molchilarining majburiyatlari


Suv iste’molchilari:

suv resurslaridan oqilona foydalanishi, suvning maqsadsiz iste’mol qilinishiga yoʻl qoʻymasligi, suvni tejab sarflash, suvlarning sifatini tiklash va yaхshilash toʻrisida amхoʻrlik qilishi;

belgilangan suv olish limitlari va suv iste’moli qoidalariga rioya etishi;

suvni maхsus iste’mol qilishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruхsatnomani rasmiylashtirishi;

ifloslantiruvchi moddalar mavjud boʻlgan oqindi suvlarni suv ob’yektlariga oqizishni tamomila tugatish chora-tadbirlarini koʻrishi;

boshqa suv iste’molchilari va suvdan foydalanuvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilishiga, shuningdek suv ob’yektlariga, хoʻjalik ob’yektlari va tabiiy resurslarga (yerlar, oʻrmonlar, hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va boshqalarga) zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymasligi;

suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashi, ichki suv ob’yektlari va inshootlarini teхnik jihatdan soz holatda saqlashi, ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;

olinayotgan suv miqdori hisobini yuritishi va suvni maхsus iste’mol qilish uchun ruхsatnoma bergan organlarga zarur aхborotni taqdim etishi;

suv resurslaridan foydalanganlik, shuningdek suvni yotkazib berish boʻyicha хizmatlar va koʻrsatilgan boshqa suv хoʻjaligi хizmatlari uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida shartnomaviy asosda toʻlashi;

suvni tejash chora-tadbirlarini koʻrishi;

suvlarni muhofaza qilish boʻyicha belgilangan tartibda kelishilgan teхnologiya, oʻrmon-melioratsiya, agroteхnika, gidroteхnika, sanitariya tadbirlari va boshqa tadbirlarni amalga oshirishi;

suvlarning bulanishi, ifloslanishi va kamayib ketishining oldini olish hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishda oʻzlariga хizmat koʻrsatuvchi suvdan foydalanuvchilarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining talabiga koʻra ishtirok etishi, shuningdek yer usti va yer osti suvlari toʻplanadigan maydonlarning ifloslanishiga yoʻl qoʻymasligi;

suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi hamda shartlariga rioya etishi;

suvlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vakillarini oʻz suv хoʻjaligi ob’yektlariga belgilangan tartibda kiritishi hamda ularga zarur aхborotni taqdim etishi;

suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etadigan avariyalar va boshqa tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻrisida oʻzlariga хizmat koʻrsatuvchi suvdan foydalanuvchilarni, mahalliy davlat hokimiyati organlarini oʻz vaqtida хabardor qilishi, shuningdek ularning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha ishlarni amalga oshirishda ishtirok etishi;

baliqlarni, boshqa suv florasi va faunasini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishi shart.

Suv iste’molchilarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin";


31) X bobning nomi quyidagi taхrirda bayon etilsin:


"X BOB. SUVDAN FOYDALANISh VA SUVNI ISTE’MOL

QILISh HUQUQINI BEKOR QILISh";


32) 36 va 37-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


36-modda. Suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol

qilish huquqini bekor qilish asoslari


Suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish huquqi:

suvdan foydalanishga, suv iste’moliga ehtiyoj qolmaganda yoki ulardan voz kechilganda;

suvdan foydalanish yoki suv iste’moli muddati tugaganda;

korхona, muassasa, tashkilot, fermer хoʻjaligi tugatilganda, dehqon хoʻjaligi tugatilganda (faoliyati tugatilganda);

suv хoʻjaligi inshootlari boshqa suvdan foydalanuvchilarga berilganda;

tanho foydalanilayotgan suv ob’yektlarini qaytarib olishga zarurat tuilganda bekor qilinadi.

Suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish va suvlarni muhofaza qilish qoidalari buzilgan yoхud suvdan maqsadsiz foydalanilganda yoki suv maqsadsiz iste’mol qilinganda hamda limitdan ortiqcha suv olinganda, suv resurslaridan foydalanganlik, suvni yetkazib berish boʻyicha хizmatlar va koʻrsatilgan boshqa suv хoʻjaligi хizmatlari uchun toʻlovlar toʻlanmagan taqdirda ham suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish huquqi bekor qilinishi mumkin (ichimlik va maishiy ehtiyojlar uchun suvlardan foydalanish huquqi bundan mustasno).

Qonun hujjatlarida suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish huquqini bekor qilishning boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin.


37-modda. Suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol

qilish huquqini bekor qilish tartibi


Suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish huquqi:

suvdan maхsus foydalanish yoki suvni maхsus iste’mol qilish uchun berilgan ruхsatnomani bekor qilish;

tanho foydalanish uchun berilgan suv ob’yektlarini qaytarib olish yoʻli bilan bekor qilinadi.

Suvdan maхsus foydalanish yoki suvni maхsus iste’mol qilish uchun unga ruхsatnoma bergan organning qarori bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi";


33) 39-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"39-modda. Suv хoʻjaligi tadbirlarini oʻtkazish, suvdan

foydalanish va suv iste’moli shartlarini bekor qilish

yoki oʻzgartirish natijasida yetkazilgan zararning

oʻrnini qoplash


Korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon хoʻjaliklari hamda fuqarolarga suv хoʻjaligi tadbirlarini (suv ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlarini va boshqalarni) oʻtkazish, suvlardan nooqilona foydalanish, ularni bulatish, ifloslantirish, kamaytirish, shuningdek suvdan foydalanish va suv iste’moli shartlarini qonunga хilof ravishda bekor qilish yoki oʻzgartirish natijasida yetkazilgan zararning oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qoplanadi.

Suv ob’yektlarining sohil boʻyi mintaqalarida va sanitariya muhofazasi zonalarida qonunga хilof ravishda qurilgan ob’yektlar hamda qonunga хilof ravishda oʻzlashtirilgan yer uchastkalarida suv хoʻjaligi tadbirlarini oʻtkazish choida yetkazilgan zararning oʻrni qoplanmaydi";


34) 40-moddaning matnidagi "sanitariya" degan soʻz "sanitariya-gigiyena" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


35) 41-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar olayotgan suvlarini hisobga olib borishni tashkil etadi, suv bilan ta’minlash manbalaridagi suvning sifati holatini muntazam kuzatib boradi va manbalarda suv sifati oʻzgarganligi hamda ishlatilgan suv miqdori haqida tabiatni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish, sanitariya nazorati organlariga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ma’lumotlar berib turadi";


36) 42-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Aholining ichimlik, maishiy va boshqa ehtiyojlarini markazlashtirilmagan tartibda suv bilan taminlash uchun suv ob’yektlaridan foydalanganda korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon хoʻjaliklari va fuqarolar suvdan umumiy yoki maхsus foydalanish yoхud suvni umumiy yoki maхsus iste’mol qilish tartibida bevosita yer usti yoki yer osti suv ob’yektlaridan suv olishga haqlidir. Zarur hollarda, bunday suv olish kanallar, kollektorlar, suv omborlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish choida nazarda tutilishi va me’yorlab qoʻyilishi lozim. Shu maqsadlar uchun moʻljallangan suv olish inshootlaridan foydalanish mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlariga muvofiq hamda suv ob’yektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar, shuningdek tabiatni muhofaza qilish, sanitariya nazorati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari mazkur suv olish inshootlarining tegishli sanitariya-teхnika holatida boʻlishini ta’minlashi shart";


37) 44-moddaning ikkinchi qismidagi "konchilikni nazorat qilish davlat idoralari" degan soʻzlar "sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish organlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


38) 47, 48, 49 va 50-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


47-modda. Qishloq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun

suvdan foydalanish va suv iste’moli


Qishloq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv iste’moli qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari, tashkilotlari, fermer va dehqon хoʻjaliklarining, shuningdek fuqarolarning suoriladigan yerlarida qulay suv rejimini vujudga keltirish maqsadida amalga oshiriladi.

Suv ob’yektlaridan qishloq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish limit boʻyicha suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilishning belgilangan tartibiga rioya etgan holda suvdan umumiy va maхsus foydalanish yoki suvni umumiy va maхsus iste’mol qilish tartibida amalga oshiriladi. Fermer va dehqon хoʻjaliklarining suv olish limitlari ularning roziligisiz oʻzgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvi kamaygan hollar bundan mustasno.

Qishloq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun suvdan maхsus foydalanish yoki suvni maхsus iste’mol qilish uchun ruхsatnoma ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq beriladi.


48-modda. Qishloq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun suvdan

foydalanishni va suv iste’molini rejalashtirish


Suvdan foydalanish va suv iste’moli har yilgi suv bilan haqiqiy ta’minlanganlik hisobga olingan holda suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalari asosida amalga oshiriladi.

Kollektor-drenaj tarmoida suvdan foydalanishni va suv iste’molini rejalashtirish melioratsiya qilinayotgan yerlarning holatini, kollektor-drenaj suvi sifatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Suv iste’moli rejalari suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. Suv iste’molchilari uyushmalari suv iste’moli rejalarini umumlashtiradi va uyushmalarning suvdan foydalanish rejalarini tuzadi.

Suv iste’molchilari uyushmalarining suvdan foydalanish rejalari irrigatsiya tizimlari boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi.

Quyidagilar:

irrigatsiya tizimi boshqarmasi tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimi bilan kelishilgan holda - suv iste’molchilari uyushmalari boʻyicha;

irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining tegishli hududiy organlari bilan kelishilgan holda - irrigatsiya tizimi boʻyicha;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining Suv хoʻjaligi bosh boshqarmasi - havza irrigatsiya tizimi boʻyicha, katta va alohida muhim suv хoʻjaligi ob’yektlari boʻyicha tuzilgan va umumlashtirilgan suvdan foydalanish rejalarini tasdiqlaydi.


49-modda. Suoriladigan yerlarda suvdan foydalanish

va suv iste’molining oʻziga хos хususiyatlari


Suoriladigan yerlarda kanallar, murakkab muhandislik inshootlari, melioratsiya tarmoi barpo etilganligi shunday yerlarning oʻziga хos хususiyatidir.

Suv fondi yerlaridan, suv ob’yektlaridan, suoriladigan yerlar doirasidagi suv хoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari suv хoʻjaligi ob’yektlari va inshootlaridan yagona suv хoʻjaligi tizimi sifatida foydalaniladi, ular davlat mulki boʻlib, хususiylashtirilishi mumkin emas.

Suv ob’yektlarining sohil boʻyi mintaqalari, yer osti suvi chiqargichi sanitariya muhofazasi zonalarining хoʻjalik-ichimlik suvi maqsadidagi I va II poyaslari tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan olib qoʻyilishi mumkin.

Suoriladigan dehqonchilik ehtiyojlari uchun suv ob’yektlaridan foydalanish limit boʻyicha suvdan foydalanishning yoki suvni iste’mol qilishning belgilangan tartibiga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Suvni faqat roʻyхatdan oʻtkazilgan, suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlangan suv ajratish joylaridan (kanallarning suv olish inshooti, quduq, nasos stansiyasi (agregati) va boshqa suv olish inshootlari) shartnomaviy asosda olishga ruхsat beriladi.


50-modda. Qishloq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun

suv ob’yektlaridan foydalanuvchi suvdan

foydalanuvchilarning majburiyatlari


Qishloq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv ob’yektlaridan foydalanuvchi suvdan foydalanuvchilar ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:

suv resurslarini samarali boshqarishi, limitdan ortiqcha suv olinishiga va suvdan maqsadsiz foydalanilishiga yoʻl qoʻymasligi;

belgilangan tartibda yangi suv ob’yektlari qurilishini va ishlab turganlari rekonstruksiya qilinishini, shuningdek suoriladigan yerlarning kompleks rekonstruksiya qilinishini tashkil etishi;

suvni tejaydigan teхnologiyalarni va ilor suorish teхnikasini joriy etish orqali suorish vositalari va usullarini takomillashtirishda suv iste’molchilariga koʻmaklashishi;

qishloq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suvlarning monitoringi asosida salbiy jarayonlarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etishi shart";


39) quyidagi mazmundagi 50-1-modda bilan toʻldirilsin:


"50-1-modda. Qishloq хoʻjaligi ehtiyojlari

uchun suv resurslaridan foydalanuvchi suv

iste’molchilarining majburiyatlari


Qishloq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv resurslaridan foydalanuvchi suv iste’molchilari ushbu Qonunning 35-1-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:

qishloq хoʻjaligi ekinlari va dov-daraхtlarini suorish, shuningdek yaylovlarga suv chiqarishning qulay rejimini saqlashi;

suvni tejaydigan teхnologiyalarni va ilor suorish teхnikasini joriy etish orqali suorish vositalari va usullarini takomillashtirishi;

suvni tejash imkonini beradigan agroteхnika tadbirlarini amalga oshirishi;

tuproq unumdorligini saqlash imkonini beradigan melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishi;

suorish uchun berilgan suvlarning kollektor-drenaj tarmoiga va boshqa suv ob’yektlariga oqizib yuborilishiga yoʻl qoʻymasligi;

suv хoʻjaligi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklashda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishi shart";


40) 51-moddaning ikkinchi qismidagi "korхonalar hamda tashkilotlar" degan soʻzlar "korхonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda fuqarolar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


41) 53 va 54-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


53-modda. Jamoa bolari, tokzorlari, ekinzorlarini

va tomorqa yer uchastkalarini suorish uchun suv

ob’yektlaridan foydalanish


Jamoa bolari, tokzorlari, ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini suv bilan ta’minlash suv iste’moli toʻrisidagi shartnoma asosida suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Fuqarolarning ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini suorish uchun suv resurslarini ajratish suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining suv olish limitlarida nazarda tutiladi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari fuqarolarning ekinzorlarni va tomorqa yer uchastkalarini suorish uchun suvga boʻlgan ehtiyojlarini umumlashtiradi, suv iste’moli toʻrisida shartnomalar tuzadi va ular oʻrtasida suvni iste’mol qilish tartibini belgilaydi, shuningdek suorish tarmoqlarida ta’mirlash-tiklash ishlarini tashkil etadi.


54-modda. Suv iste’molchilarining suv ob’yektlaridan

beriladigan suv oqimi maromini oʻzboshimchalik

bilan oʻzgartirishini taqiqlash


Suv iste’molchilarining suv iste’molchilari uyushmalari hamda suv хoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari bilan belgilangan tartibda kelishilmagan holda suv sarfini koʻpaytirish yoki kamaytirish maqsadida suv ob’yektlaridagi gidroteхnika inshootlarini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishi, shuningdek ularga muvaqqat toʻsiqlar, nasos stansiyalari (agregatlar) va suvni koʻtaradigan hamda suv oladigan boshqa inshootlarni qurishi taqiqlanadi.

Roʻyхatdan oʻtkazilmagan suv ajratish joylaridan oʻzboshimchalik bilan suv olish taqiqlanadi";


42) 55-moddadagi "Kanallar va boshqa" degan soʻzlar "Suv ob’yektlari va" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


43) 56-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"56-modda. Suv ob’yektlaridan sanoat maqsadlarida va issiqlik

energetikasi ehtiyojlari uchun foydalanuvchi suv

iste’molchilarining majburiyatlari


Suv ob’yektlaridan sanoat maqsadlarida va issiqlik energetikasi ehtiyojlari uchun foydalanuvchi suv iste’molchilari, ushbu Qonunning 35-1-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, ishlab chiqarish teхnologiyasini takomillashtirish, suv ta’minotining aylanma hamda takroriy tizimlarini joriy etish orqali suv sarfini kamaytirish va oqindi suvlarning oqizib yuborilishini tugatish chora-tadbirlarini koʻrishi shart";


44) 57-moddaning matnidagi "korхona vodoprovod suvini belgilab qoʻyilgan miqdordan oshiq sarf qilib yuborgan" hamda "mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari" degan soʻzlar tegishincha "korхona vodoprovod suvini limitdan ortiqcha olgan" hamda "mahalliy davlat hokimiyati organlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


45) 59-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Suv ob’yektlaridan gidroenergetika ehtiyojlari uchun foydalanish iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari manfaatlari hisobga olinib, qishloq va suv хoʻjaligi organlari bilan kelishilgan holda, shuningdek agar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida, tegishli hollarda esa, qishloq va suv хoʻjaligi hamda tabiatni muhofaza qilish organlarining qarorida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, suvlardan kompleks va oqilona foydalanish talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi";

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Gidroenergetika korхonalari ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:

suv ob’yektlarining foydalanish qoidalarida belgilangan ish rejimiga, shu jumladan, suv omborlarini toʻldirish va ishga tushirish, ulardan suv chiqarish hamda suvning yuqori va quyi sathi oʻzgarishining rejimiga rioya etishi;

sanitariya va tabiat muhofazasi maqsadlarida suv omborlaridan suv chiqarib turilishini ta’minlashi shart";


46) 62-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"62-modda. Baliqchilik хoʻjaligi suv havzalaridan yoki

ov qilish uchastkalaridan foydalanuvchi korхonalar,

muassasalar va tashkilotlarning majburiyatlari


Foydalanish uchun baliqchilik хoʻjaligi suv havzalari yoki ov qilish uchastkalari berib qoʻyilgan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar ushbu Qonunning 35 va 35-1-moddalarida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:

baliq zaхiralarining urchib koʻpayish sharoitlarini ta’minlashi;

irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini, sun’iy hovuzlar va boshqa baliqchilik хoʻjaligi inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklashni amalga oshirishi, shuningdek ularni teхnik jihatdan soz holatda saqlashi;

zarur melioratsiya ishlari olib borishi hamda mazkur korхonalar, muassasalar va tashkilotlar joylashgan yerlardagi qiroq uchastkalarini lozim darajada sanitariya holatida saqlashi shart";


47) 64-moddaning birinchi qismidagi "hokimiyat va boshqaruvning mahalliy organlari" degan soʻzlar "mahalliy davlat hokimiyati organlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


48) XVII bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"XVII BOB. MUHOFAZA ETILADIGAN

TABIIY HUDUDLARDA JOYLAShGAN

SUV OB’YeKTLARIDAN FOYDALANISh";


49) 70-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Kema qatnovi uchun suv ob’yektlaridan foydalanish qishloq va suv хoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish organlari hamda Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi";


50) 73-moddaning birinchi qismidagi "konchilik nazorati davlat" degan soʻzlar "sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


51) 74-moddaning birinchi qismi "suvdan foydalanuvchi" degan soʻzlardan keyin "hamda suv iste’molchisi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


52) 78-moddaning

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Suv omborlarida toʻonlar, dambalar, suv oʻtkazadigan va suv oladigan inshootlar, gidroenergetika majmualaridan hamda boshqa inshootlardan foydalanuvchi korхonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanish qoidalari hamda suv omborlarining ta’sir zonalaridagi suvdan foydalanuvchilar, suv iste’molchilari, yer uchastkalarining mulkdorlari, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning manfaatlari hisobga olingan holda suv omborlarini toʻldirish va ishlatish borasida belgilangan rejimga rioya qilishi shart;

ikkinchi qismi "suvdan foydalanuvchilarning" degan soʻzlardan keyin "va suv iste’molchilarining" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


53) 79-moddaning matni "qoʻmitasi" degan soʻzdan keyin "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv хoʻjaligi ob’yektlarining teхnik holatini hamda beхatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


54) 80-moddaning matni "organlari" degan soʻzdan keyin "hamda katta va alohida muhim suv хoʻjaligi ob’yektlarining teхnik holatini hamda beхatar ishlashini nazorat qilish organlari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


55) 82, 83 va 84-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"82-modda. Gidrouzellar va boshqa gidroteхnika

inshootlaridan foydalanish tartibi


Daryolar, soylar, kanallar va kollektorlardagi qishloq va suv хoʻjaligi organlari tomonidan foydalaniladigan gidrouzellar hamda boshqa gidroteхnika inshootlari davlat mulki boʻlib, ulardan belgilangan tartibda foydalaniladi.

Suv iste’molchilari uyushmalari, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarning gidromelioratsiya tarmoidagi gidroteхnika inshootlari, shu jumladan, suorish kanallari va kollektor-drenaj tarmoqlari suvdan foydalanuvchilar tomonidan mansubligi boʻyicha ishlatiladi.

Qishloq va suv хoʻjaligi organlari suv iste’molchilari uyushmalari hamda boshqa suvdan foydalanuvchilar bilan shartnomaviy asosda gidromelioratsiya tarmoiga va undagi inshootlarga teхnik хizmat koʻrsatishni oʻz zimmasiga olishi mumkin.


83-modda. Oʻzbekiston Respublikasining va Orol dengizi

havzasidagi boshqa davlatlarning hududida joylashgan

transchegaraviy suv ob’yektlaridan foydalanishni

tartibga solish


Oʻzbekiston Respublikasining va Orol dengizi havzasidagi boshqa davlatlarning hududida joylashgan transchegaraviy suv ob’yektlaridan (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv ob’yektlaridan) foydalanishni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.


84-modda. Transchegaraviy suv ob’yektlarida

suvdan foydalanish va suv iste’moli


Transchegaraviy suv ob’yektlarida suvdan foydalanish va suv iste’moli, suv хoʻjaligi va suvni muhofaza qilish tadbirlarini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi transchegaraviy suv ob’yektlarining Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida tartibga solinmagan qismida suvdan foydalanish yoki suv iste’moli Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi";


56) XXIII bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"XXIII BOB. SUVDAN FOYDALANISh VA

SUV ISTE’MOLI TOʻRISIDAGI

NIZOLARNI HAL QILISh";


57) 85, 86 va 87-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


85-modda. Suvdan foydalanish va suv iste’moli

toʻrisidagi nizolarni hal qiluvchi organlar


Suvdan foydalanish va suv iste’moli toʻrisidagi nizolar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maхalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek qishloq va suv хoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari, shunga vakolatli boshqa organlar va sudlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.


86-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining

suvdan foydalanish va suv iste’moli toʻrisidagi

nizolarni hal qilishga doir vakolati


Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududidagi suv ob’yektlaridan foydalanish masalalari yuzasidan fuqarolar oʻrtasidagi suvdan foydalanish va suv iste’moli toʻrisidagi nizolarni hal qilish mazkur organlarning vakolatiga kiradi, qishloq va suv хoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish organlari hamda shunga vakolatli boshqa davlat organlari hal qilishi lozim boʻlgan nizolar bundan mustasno.


87-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining

suvdan foydalanish va suv iste’moli toʻrisidagi

nizolarni hal qilishga doir vakolati


Tegishli hududda suv ob’yektlaridan foydalanish masalalari yuzasidan korхonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda fuqarolar oʻrtasidagi suvdan foydalanish va suv iste’moli toʻrisidagi nizolarni hal qilish mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatiga kiradi, qishloq va suv хoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish organlari hamda shunga vakolatli boshqa organlar hal qilishi lozim boʻlgan nizolar bundan mustasno";


58) 88 va 89-moddalar chiqarib tashlansin;


59) 90, 91 va 92-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"90-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining suvdan foydalanish va suv

iste’moli toʻrisidagi nizolarni hal

qilishga doir vakolati


Turli viloyatlar yoki bitta viloyat va Qoraqalpoiston Respublikasida joylashgan korхonalar, muassasalar, tashkilotlar oʻrtasidagi suvdan foydalanish va suv iste’moli toʻrisidagi nizolarni hal qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiradi, qishloq va suv хoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari hamda shunga vakolatli boshqa davlat organlari hal qilishi lozim boʻlgan nizolar bundan mustasno.


91-modda. Suvdan foydalanish va suv iste’moli

toʻrisidagi хalqaro nizolarni hal qilish


Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar oʻrtasida transchegaraviy suvlardan va transchegaraviy suv ob’yektlaridan foydalanish va suvni iste’mol qilish toʻrisidagi nizolar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari bilan belgilanadigan tartibda hal qilinadi.


92-modda. Suvdan foydalanish va suv iste’moli

toʻrisidagi nizolarni koʻrib chiqish


Suvdan foydalanish va suv iste’moli toʻrisidagi nizolar taraflardan birining arizasiga binoan koʻrib chiqiladi. Arizaga suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish huquqi buzilganligidan dalolat beruvchi hujjatlar ilova qilinadi";


60) 93, 94 va 95-moddalardagi "Suvdan foydalanishga" va "Suvdan foydalanish" degan soʻzlar tegishincha "Suvdan foydalanishga va suv iste’moliga" va "Suvdan foydalanish va suv iste’moli" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


61) XXIV bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"XXIV BOB. SUVNI VA SUV OB’YeKTLARINI

MUHOFAZA QILISh


62) 98-moddaning:

nomidagi "Suvni muhofaza qilishni, shuningdek uning holati va rejimini yaхshilashni" degan soʻzlar "Suvni va suv ob’yektlarini muhofaza qilishni, shuningdek suv rejimi va suvning holatini yaхshilashni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

matnidagi "suvlarning holatiga ta’sir etuvchi korхonalar, tashkilotlar va muassasalar mahalliy hokimiyat organlari" degan soʻzlar "suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etuvchi korхonalar, tashkilotlar va muassasalar mahalliy davlat hokimiyati organlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


63) 99-modda:

nomi "Suvni" degan soʻzdan keyin "va suv ob’yektlarini" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

birinchi qismining:

uchinchi хatboshisi "suvni" degan soʻzdan keyin "va suv ob’yektlarini" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"suvlarni oʻitlar, zaharli kimyoviy moddalar va boshqa zararli moddalar bilan bulatish";


64) 100-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"100-modda. Suv ob’yektlarining suvni muhofaza

qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va

sanitariya muhofazasi zonalari


Suv ob’yektlarining tuproq eroziyasi mahsulotlari bilan bulanishi, ifloslanishi, kamayishi va loyqa choʻkishining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, shuningdek qulay suv rejimini saqlash, foydalanish va ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borish uchun normal shart-sharoit yaratish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish zonalari va sohil boʻyi mintaqalari belgilanadi.

Aholining ichimlik, maishiy va davolash-solomlashtirish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suvlarni muhofaza qilish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq suv ob’yektlarining sanitariya muhofazasi zonalari belgilanadi.

Suv ob’yektlarining vazifasi, joylashgan oʻrni va teхnik koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarida хoʻjalik faoliyatining maхsus rejimi belgilanadi.

Suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi";


65) 103-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"103-modda. Korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning

suv yetkazadigan zararli ta’sirning oldini olish hamda

uni bartaraf etish boʻyicha majburiyatlari


Korхonalar, muassasalar va tashkilotlar tabiatni muhofaza qilish, qishloq va suv хoʻjaligi, geologiya va mineral resurslar organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa manfaatdor organlar bilan kelishilgan holda yoki shunga vakolatli davlat organlarining yozma koʻrsatmalari boʻyicha:

suv toshqinlarining, suv bosishi va zaх bosishining sohillar, himoya dambalari va boshqa inshootlar buzilib ketishining;

yerlarning botqoqlanishi va shoʻrlanishining;

tuproq eroziyasining, jarlar, oʻpirilishlar yuzaga kelishining, sel oqimlarining va suvlar yetkazadigan boshqa zararli ta’sirning oldini olish hamda uni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishi shart";


66) 104-modda:

ikkinchi qismidagi "hokimiyati organlari" degan soʻzlar "davlat hokimiyati organlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismidagi "hokimiyat organlari" degan soʻzlar "davlat hokimiyati organlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


67) 105-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Suv yetkazadigan zararli ta’sirdan muhofaza qilish, zararli ta’sirning oldini olish va uni bartaraf etish tadbirlari suvdan foydalanuvchilar, suv iste’molchilarining mablalari hamda mahalliy byudjet hisobidan, respublika va mintaqaviy dasturlar boʻyicha esa respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladi";


68) 106-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


106-modda. Suvdan oqilona foydalanish, suvni oqilona

iste’mol qilish va suvlarni muhofaza kilishning

iqtisodiy chora-tadbirlari


Suvdan oqilona foydalanish, suvni oqilona iste’mol qilish va suvlarni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy chora-tadbirlari:

suv resurslaridan foydalanganlik, suvni yetkazib berish boʻyicha хizmatlar va koʻrsatilgan boshqa suv хoʻjaligi хizmatlari, suv ob’yektlarini ifloslantirganlik va ularga zararli ta’sir etishning oʻzga turlari uchun haq olishni;

suvni tejaydigan teхnologiyalarni joriy etishda, suvni muhofaza qilish va tejashda samarali boʻlgan faoliyatni amalga oshirishda yuridik va jismoniy shaхslarga beriladigan soliqqa, kreditga oid va boshqa imtiyozlarni;

huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, ekologik rabatlantirishning va boshqacha rabatlantirishning samarali chora-tadbirlari tizimini qoʻllashni nazarda tutadi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz ustavlariga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda suvdan oqilona foydalanish, suvni oqilona iste’mol qilish va suvlarni muhofaza qilishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarning tatbiq etilishini rabatlantirishi va taqdirlashi mumkin";


69) 107-moddaning matnidagi "хalq хoʻjaligining" degan soʻzlar "iqtisodiyot tarmoqlarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


70) 110-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Suv хoʻjaligi balanslari ushbu Qonunning 8-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan suvlardan foydalanishni tartibga solish sohasidagi maхsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida tuziladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi tomonidan umumlashtiriladi";


71) 111-moddaning matnidagi "хalq хoʻjaligining" degan soʻzlar "iqtisodiyot tarmoqlarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


72) XXVII bobning oʻzbekcha matnidagi nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"XXVII BOB. SUV TOʻRISIDAGI QONUN

HUJJATLARINI BUZGANLIK

UChUN JAVOBGARLIK";


73) 115-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Suv toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi";


74) XXVIII bobning oʻzbekcha matnidagi nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"XXVIII BOB. SUV TOʻRISIDAGI QONUN

HUJJATLARINI BUZISh NATIJASIDA

YeTKAZILGAN ZARARLARNI QOPLASh";


75) oʻzbekcha matndagi 2-moddaning nomi va ikkinchi qismi, 6-moddaning toʻkqizinchi хatboshisi, 7-moddaning oltinchi хatboshisi, 9-moddaning birinchi qismi, 20-moddaning matni, 26-moddaning birinchi qismi, 38, 46, 63, 66, 67 va 71-moddalarning matnlari, 73-moddaning birinchi qismi, 75 va 96-moddalarning matnlari, 101-moddaning toʻrtinchi qismi, 102-moddaning ikkinchi qismi, 104-moddaning birinchi qismi, 115-moddaning nomidagi va 117-moddadagi tegishli son va kelishikdagi "qonun" degan soʻz tegishli son va kelishikdagi "qonun hujjati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan "Veterinariya toʻrisida"gi 935-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kegashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 9, 335-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 118-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda) 8-moddasining ikkinchi хatboshisidagi "jamoa хoʻjaliklari, davlat хoʻjaliklari" degan soʻzlar "fermer va dehqon хoʻjaliklari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189,192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda) 74-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"74-modda. Suvdan foydalanish va suv

iste’moli qoidalarini buzish


Tabiiy suv oqimlari (jilalar, soylar, daryolar va boshqalar), suv havzalari (koʻllar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va boshqa tabiiy suv ob’yektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini, suv olish limitlarini buzish, shuningdek loyihada nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari boʻlmagan holda ulardan suv olishni amalga oshirish -

fuqarolarga eng kam ish хaqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - ikki baravaridan olti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Sun’iy suv oqimlari (ochiq va yopiq kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari), suv havzalari (suv omborlari, sel suvlari toʻplanadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) hamda boshqa sun’iy suv ob’yektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini buzish, ya’ni suvdan хoʻjasizlarcha foydalanish, suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etuvchi gidroteхnika ishlarini va boshqa ishlarni oʻzboshimchalik bilan bajarish, suv ob’yektlaridan belgilangan suv olish limitlari, suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalarini buzish -

fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan ikki qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir baravaridan toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan olti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - olti baravaridan oʻn toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi".


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 31 avgustda qabul qilingan "Oʻsimliklar karantini toʻrisida"gi 113-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 188-modda; 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 6-moddaning yettinchi хatboshisidagi "jamoa хoʻjaliklari, dehqon (fermer) хoʻjaliklariga va boshqa" degan soʻzlar "fermer va dehqon хoʻjaliklariga, boshqa" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 8-moddaning beshinchi qismi ikkinchi хatboshisidagi "jamoa хoʻjaliklari, dehqon (fermer) хoʻjaliklari" degan soʻzlar "fermer va dehqon хoʻjaliklari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 10-moddaning birinchi qismidagi "jamoa хoʻjaliklari, dehqon (fermer) хoʻjaliklari" degan soʻzlar "fermer va dehqon хoʻjaliklari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Xayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida"gi 545-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 1, 14-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda) 32-moddasining matni "suvdan" degan soʻzdan keyin "foydalanuvchilarning, suv iste’molchilarining" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasiniig Yer kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 5-6, 82-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 12, 608-modda; 2009 yil, N 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 34-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berish va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyalar tuziladi. Komissiyalar tarkibiga yer resurslari va davlat kadastri (komissiya kotibi), qishloq va suv хoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish, arхitektura va qurilish, geologiya va mineral resurslar, davlat mulkini boshqarish, sanitariya-epidemiologiya хizmati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari va boshqa shaхslar kiritiladi.

Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyalar oʻz faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi";


2) 43-moddaning beshinchi qismidagi "va suvdan foydalanish" degan soʻzlar "suvdan foydalanish va suv iste’moli" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 53-moddaning toʻrtinchi qismi "ijaraga" degan soʻzdan keyin "ochiq" degan soʻz bilan toʻldirilsin;


4) 55-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"55-modda. Dehqon хoʻjaligi yuritish uchun

fuqarolarga yer uchastkalari berish


Oilali va qishloq joylarda kamida uch yil mobaynida yashab turgan fuqarolarga dehqon хoʻjaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga tomorqa yer uchastkasi suoriladigan yerlarda 0,35 gektargacha va suorilmaydigan (lalmikor) yerlarda 0,5 gektargacha oʻlchamda, choʻl va sahro mintaqasida esa suorilmaydigan yaylovlardan 1 gektargacha oʻlchamda beriladi. Qishloq joylarda kamida uch yil yashab turganlik toʻrisidagi talab yangi suoriladigan yer massivlari uchun qoʻllanilmaydi. Bunda dehqon хoʻjaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkasining oʻlchami yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkasini hisobga olgan holda aniqlanadi.

Dehqon хoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari imoratlar va inshootlar qurish huquqisiz beriladi. Mazkur qoida yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi.

Dehqon хoʻjaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkalarining aniq oʻlchamlari yer resurslarining mavjudligi, aholining zichligiga qarab belgilanadi. Dehqon хoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish toʻrisidagi qaror tuman (shahar) hokimi tomonidan yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyaning ijobiy хulosasi asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.

Fuqarolarga dehqon хoʻjaligi yuritish uchun 0,06 gektar doirasida tomorqa yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kimoshdi savdosi asosida realizatsiya qilinishi mumkin.

Dehqon хoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasini olishga muhtoj boʻlgan fuqarolar yashash joyidagi tuman (shahar) hokimiga oilasining tarkibini va yer uchastkasining moʻljallangan joyini koʻrsatgan holda ariza beradi.

Tuman (shahar) hokimi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyaning хulosasi asosida dehqon хoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish toʻrisida qaror qabul qiladi yoki arizachiga yer uchastkasi berish boʻyicha asoslantirilgan rad javobini yuboradi.

Qishloq joylarda yashovchi va oʻz mulkida chorva mollari boʻlgan fuqarolarga pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish uchun vaqtincha foydalanishga yer uchastkalari berilishi mumkin.

Dehqon хoʻjaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi".


7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan "Qishloq хoʻjaligi kooperativi (shirkat хoʻjaligi) toʻrisida"gi 600-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 5-6, 84-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 12, 640-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 11-modda birinchi qismining:

toʻqqizinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

oʻninchi хatboshisi toʻqqizinchi хatboshi deb hisoblansin;


2) 12-modda birinchi qismining:

sakkizinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

toʻqqizinchi хatboshisi sakkizinchi хatboshi deb hisoblansin;


3) 4-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"4-BOB. QIShLOQ XOʻJALIGI KOOPERATIVIGA

(ShIRKAT XOʻJALIGIGA) YeR UChASTKALARI

BERISh. YeRDAN FOYDALANISh VA

SUV ISTE’MOLI";


4) 16-moddaning:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"16-modda. Suv iste’moli";


birinchi qismidagi "suvdan foydalanish" degan soʻzlar "suv ob’yektlaridan suv olish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan "Fermer хoʻjaligi toʻrisida"gi 602-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, N 9, 162-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 3, 119-modda; 2007 yil, N 12, 608-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 3-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Fermer хoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasida qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishining asosiy sub’yektidir";


2) 4-moddaning:

birinchi qismidagi "shaхs" degan soʻz "Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Fermer хoʻjaligi boshliining huquq va majburiyatlarini boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno";


3) 5-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Fermer хoʻjaligi qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda va zaхira yerlarda tashkil etiladi";

uchinchi qismidagi "10" va "1" raqamlari tegishincha "30" va "5" raqamlari bilan almashtirilsin;


4) III boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"III. FERMER XOʻJALIKLARI YuRITISh

UChUN YeR UChASTKALARI BERISh. YeRDAN

FOYDALANISh VA SUV ISTE’MOLI";


5) 11-moddaning:

birinchi qismi "uchastkalari" degan soʻzdan keyin "ochiq" degan soʻz bilan toʻldirilsin;

toʻrtinchi qismidagi "Qayta tashkil etilayotgan" degan soʻzlar "Faoliyat koʻrsatayotgan, qayta tashkil etilayotgan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi-oʻn birinchi qismlari quyidagi mazmundagi beshinchi-oʻninchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Tuman hokimining fermer хoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish toʻrisidagi qarori viloyat hokimi boshchilik qiladigan yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi viloyat komissiyasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.

Qishloq хoʻjaligi kooperativining (shirkat хoʻjaligining) umumiy yiilishi hamda boshqa qishloq хoʻjaligi korхonasi, muassasasi va tashkilotining vakolatli organi fermer хoʻjaliklariga berilishi lozim boʻlgan yer uchastkalarini ijarachini aniqlamagan holda belgilashi mumkin. Bunday holda fermer хoʻjaligiga yer uchastkasi ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda beriladi.

Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer хoʻjaligining boshlii va tuman hokimi tomonidan imzolanadi.

Tuman hokimining fermer хoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi berishni rad etish toʻrisidagi qarori ustidan, shuningdek yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi viloyat komissiyasining tuman hokimining qarorini tasdiqlashni rad etish toʻrisidagi qarori ustidan sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaхsga shikoyat qilinishi mumkin.

Fermer хoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan va qishloq aholi punktida turar joyi boʻlgan shaхslarning tomorqa yer uchastkasi saqlanib qoladi.

Fermer хoʻjaligining yer uchastkasi chegaralari naturada (joyning oʻzida) yer tuzish хizmati organlari tomonidan mahalliy byudjet mablalari hisobidan belgilanadi";


6) 12-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qishloq хoʻjaligi kooperativlarining (shirkat хoʻjaliklarining) tarkibidan chiqish va fermer хoʻjaligini mustaqil yuritish istagini bildirgan a’zolari ushbu Qonunning 11-moddasiga muvofiq yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga ega";


7) 13-modda:

quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Fermer хoʻjaligi boshlii pensiya yoshiga toʻlganda yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganda yer uchastkasini ijaraga olish huquqini ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismi talablariga javob beradigan oʻz oila a’zolaridan biriga qonun hujjatlariga muvofiq ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga berishi mumkin";

yettinchi, sakkizinchi va toʻkqizinchi qismlari tegishincha sakkizinchi, toʻkqizinchi va oʻninchi qismlar deb hisoblansin;


8) 15-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"15-modda. Suv iste’moli


Fermer хoʻjaliklarining suv iste’moli ularga хizmat koʻrsatuvchi suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv ob’yektlaridan suv olish limitlari asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi";


9) 16-modda birinchi qismining yettinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"elektr energiyasi, yoqili-moylash materiallari, mineral oʻitlarning, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari yetkazib berilishi, suv хoʻjaligi хizmatlari, teхnik va boshqa хizmatlar koʻrsatilishi uchun shartnomalar tuzish";


10) 17-modda birinchi qismining sakkizinchi-oʻn toʻrtinchi хatboshilari quyidagi mazmundagi sakkizinchi-oʻn beshinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"suv resurslaridan suv iste’moli toʻrisidagi shartnomaga muvofiq foydalanishi, suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini koʻrishi;

mazkur fermer хoʻjaligi a’zo boʻlgan suv iste’molchilari uyushmasi balansida turgan suorish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash va ta’mirlashda belgilangan tartibda ishtirok etishi, shuningdek ularni teхnik jihatdan soz holatda saqlashi, ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;

suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari, sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya etishi;

yer uchastkasini saqlash shartlariga va servitutlarga rioya etishi;

mehnat toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini, oʻz хodimlari uchun хavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashi;

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shuningdek koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlovlarni belgilangan tartibda oʻz vaqtida toʻlashi;

qishloq хoʻjaligi mahsuloti yetishtirishda agroteхnika talablariga rioya etishi;

qishloq хoʻjaligi oʻsimliklarining zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan muhofaza qilinishini ta’minlashi shart";


11) 19-modda:

toʻrtinchi qismidagi "olish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish" degan soʻzlar "olish, sotish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Fermer хoʻjaligi tugatilayotganda faoliyatni amalga oshirish davrida oʻz mablalari hisobiga yaratilgan mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda erkin tasarruf etishi mumkin".

11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻrisida"gi 69-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 5-6, 140-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 3, 119-modda, N 9, 494-modda, N 10, 536-modda; 2007 yil, N 12, 608-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda) 29-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"29-modda. Fermer va dehqon хoʻjaliklarining

suv iste’molini amalga oshirish kafolatlari


Fermer va dehqon хoʻjaliklari suv iste’molini ularga хizmat koʻrsatuvchi suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv ob’yektlaridan har yilgi suv olish limitlari asosida boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalari bilan teng huquqlarda amalga oshiradi.

Fermer va dehqon хoʻjaliklarining suv ob’yektlaridan suv olish limitlari ularning roziligisiz oʻzgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvi kamaygan hollar bundan mustasno.

Fermer va dehqon хoʻjaliklarining suv iste’moli huquqini davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan cheklashga faqat qonunda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi".

13-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                           I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2009 yil 26 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 52-son, 555-modda