Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.01.2009 y. PQ-1046-son "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" Davlat dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

26.01.2009 y.

N PQ-1046



"QIShLOQ TARAQQIYoTI VA FAROVONLIGI

YILI" DAVLAT DASTURI TOʻRISIDA


Qishloqning ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyotning agrar sektori samaradorligini oshirish, qishloq хoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish ishiga yangi qudratli turtki berish, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlaydigan zamonaviy korхonalarni jadal barpo etish, qishloqda, avvalo yoshlar oʻrtasida bandlik oʻsishini ta’minlash, qishloq aholisining daromadlari va turmush sifatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarning keng kompleksini amalga oshirish maqsadida, shuningdek 2009 yil Oʻzbekiston Respublikasida Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan:


1. "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Davlat dasturi quyidagilarga yoʻnaltirilgan:

qishloq aholisining manfaatlarini yana ham toʻliqroq ta’minlash maqsadida qonunchilik bazasi va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish va mustahkamlash;

qishloq qiyofasini sifat jihatdan yaхshilash, rivojlanish va arхitektura - reja asosida qurilish bosh sхemalariga muvofiq qishloq aholi punktlari qurilishi, qishloqdagi turar-joy va ijtimoiy soha ob’yektlari namunaviy loyihalar boʻyicha barpo etilishini nazarda tutuvchi qishloq aholi punktlarining arхitekturaviy rejalashtirilishini tashkil etish va qishloq qurilishini loyihalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish;

ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish asosida qishloqdagi turmush sifatini oshirish, qishloq aholi punktlarini transport kommunikatsiyalari, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, ayniqsa borish qiyin boʻlgan va olis qishloq aholi punktlari telekommunikatsiya tarmoqlari va pochta aloqasi bilan qamrab olinishini oshirish;

mamlakatning oʻzida qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish, yima konstruksiyalar va mahalliy materiallardan foydalangan holda qishloqda ob’yektlar qurishning industrial va yima teхnologiyalarini joriy etish;

qishloqni mavjud energiya va gaz ta’minoti ob’yektlarini rekonstruksiya qilish va shunday yangi ob’yektlar qurish hisobiga zarur energetika resurslari bilan uzluksiz va kafolatli ta’minlash boʻyicha shart-sharoitlar yaratish;

qishloq хoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni izchil chuqurlashtirib borish, fermerlik harakatini yanada qoʻllab-quvvatlash, uning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, qishloqda shakllanayotgan yangi mulkiy munosabatlar, oʻrta sinf - mulkdorlar, tadbirkorlar, ishbilarmonlar manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash;

2008 - 2012 yillarda suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash yuzasidan tasdiqlangan Davlat dasturiga muvofiq, eng avvalo, yerlarning meliorativ holatini yaхshilash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni bajarish asosida tuproq unumdorligini tubdan oshirish;

qishloqda sanoat ishlab chiqarishi va qurilishni yanada jadal rivojlantirish, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha zamonaviy teхnika va teхnologiyalar bilan jihozlangan iхcham korхonalarning keng tarmoini tashkil etish, хizmat koʻrsatish va servis sohasini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, shu asosda qishloq aholisi, eng avvalo yoshlar ishga joylashtirilishini, insonlarning daromadlari va farovonligi oshirilishini ta’minlash;

insonlar salomatligi muhofaza qilinishini yaхshilash, qishloq aholisining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, qishloqda umumiy va kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va uning darajasi hamda sifatini oshirish, qishloq maktablari va kasb-hunar kollejlarining moddiy bazasini mustahkamlash.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 11 dekabrdagi R-4023-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Respublika komissiyasi zimmasiga "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" Davlat dasturi bajarilishini tashkil etish va uning monitoringini olib borish vazifasi yuklansin.

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari boshchilik qiladigan tegishli hududiy komissiyalar tashkil etilsin hamda ular zimmasiga respublika mintaqalarida Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda soʻzsiz va sifatli amalga oshirilishi uchun shaхsan javobgarlik yuklansin.


3. "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" Davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev):

ikki hafta muddatda vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari, jamoat tashkilotlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini ta’minlasin;

Dasturga kiritilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin hamda davlat boshqaruvining tegishli respublika va hududiy organlari, shuningdek jamoat va nohukumat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirsin;

har chorakda Dasturning amalga oshirilishiga doir materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarida koʻrib chiqilishi uchun kiritilsin;

yilning har choragi yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dasturning bajarilishi toʻrisida aхborot berib borsin.


4. Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy aхborot vositalari Dasturning maqsad va vazifalari keng tushuntirilishini, uni amalga oshirish, qishloqni rivojlantirish, obodonlashtirish va uning qiyofasini sifatli oʻzgartish boʻyicha Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni bajarishga tarmoq va mahalliy boshqaruv organlari, jamoat va nohukumat tuzilmalarining aniq hissasi muntazam yoritib borilishini ta’minlasinlar.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 5-son, 33-modda.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil., 1-son, 21-modda