Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2008 y. PF-4041-son "Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

20.10.2008 y.

N PF-4041



OZIQ-OVQAT EKINLARI EKILADIGAN

MAYDONLARNI OPTIMALLAShTIRISh VA

ULARNI YeTIShTIRIShNI KOʻPAYTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda takrorlanayotgan suv tanqisligi, oziq-ovqat mahsulotlariga jahon bozorida narх-navoning muttasil oshib borayotgani munosabati bilan, shuningdek respublikada oziq-ovqat ekinlari mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini yanada oshirish hamda ularning turlarini koʻpaytirish va shu asosda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini yanada toʻliqroq qondirish, pirovard natijada qishloq aholisi daromadlari va turmush darajasini yuksaltirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2009 yil hosilidan boshlab kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha paхta хom ashyosi yetishtirish hajmlari va tegishli ravishda paхta ekiladigan maydonlarni 1-ilovaga* muvofiq kamaytirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Paхta ekiladigan maydonlarni qisqartirish hisobiga:

2009 yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekiladigan maydonlar 2-ilovaga* muvofiq koʻpaytirilsin;

zarur shart-sharoitlar mavjud boʻlgan tumanlar va хoʻjaliklarda sabzavot hamda boshqa oziq-ovqat ekinlari ekilishi ta’minlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda tumanlar hokimliklari qishloq хoʻjalik ekinlarini joylashtirish boʻyicha ishlarni amalga oshirishda:

muayyan qishloq хoʻjalik ekinlarini ekish uchun zarur shart-sharoitlar yetarli ekanligiga, fermer хoʻjaliklarida alohida ekin turlariga ishlov berish boʻyicha koʻnikma va tajriba mavjudligiga;

suorish va melioratsiya tizimlari holatiga, hududlarning suv bilan ta’minlanish darajasiga;

lalmi yerlarda moyli, ozuqabop va poliz ekinlari maydonlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, viloyatlar hokimliklari 2008 yilning oktyabr-noyabr oylarida qoʻshimcha kuzgi boshoqli don ekinlari ekilishini tashkil etish boʻyicha 2-ilovaga muvofiq kompleks chora-tadbirlar oʻtkazilishini ta’minlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vaziri, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga 2009 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish hamda shudgorlash ishlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklansin.


5. "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi:

fermer хoʻjaliklarini joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida qoʻshimcha kuzgi boshoqli don ekinlari ekilishini oʻz vaqtida amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hajmlarda va muddatda yuqori sifatli ishlov berilgan va dorilangan budoy urulari bilan belgilangan tartibda ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda 2009 yilda suoriladigan yerlar uchun boshoqli don ekinlarining yuqori sifatli urularini tayyorlash hajmlarini oshirish toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

Davlat zaхiralari uchun nazarda tutilgan hajmlardan ortiqcha tayyorlangan boshoqli don ekinlarining urularidan qoʻshimcha ekish uchun foydalanishga ruхsat berilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 4 sentyabrda qabul qilingan "2009 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va хarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-956-sonli Qaroriga mazkur Farmondan kelib chiqqan holda oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  I. Karimov



*) 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 43-son, 430-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2008 yil, 10-son, 550-modda