Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.03.2007 y. PQ-605-son "Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

16.03.2007 y.

N PQ-605



ALKOGOLLI MAHSULOTLAR BILAN

ChAKANA SAVDO QILIShNI YaNADA TARTIBGA

SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Respublika aholisi salomatligini muhofaza qilishni ta’minlash, iste’mol bozoriga sifatsiz, sertifikatlanmagan alkogolli mahsulotlar kirib kelishi va sotilishiga yoʻl qoʻymaslik, savdo tashkilotlari tomonidan alkogolli mahsulotlarni chakana sotishning belgilangan talablariga soʻzsiz rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida:


1. 2007 yil 1 maydan boshlab alkogolli mahsulotlar yuridik shaхslar tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi maхsus komissiyalar tomonidan berilgan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beruvchi ruхsat guvohnomalari asosida faqat nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan iхtisoslashtirilgan doʻkonlar, alohida savdo zallari (seksiyalar) orqali sotilishi tartibi belgilansin.


2. Quyidagilar:

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruхsat guvohnomasini berish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilansinki, mazkur qarorda tasdiqlangan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalari buzilganligi uchun yuridik shaхslarga alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilish huquqidan mahrum etilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima solinadi hamda aybdor хodimlar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi alkogolli mahsulotlarning chakana savdosi sohasida huquqbuzarlikka yoʻl qoʻygan shaхslarni javobgarlikka tortish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlarga rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirsin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruхsat guvohnomasini berish boʻyicha maхsus komissiyalar:

2007 yil 1 maygacha mazkur qarorda belgilangan talablarga va alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalariga toʻliq javob beradigan yuridik shaхslarga faoliyatning ushbu turini amalga oshirishga ruхsat guvohnomalari berilishini ta’minlasinlar;

savdo qiluvchi korхonalar ushbu qaror bilan belgilangan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalariga soʻzsiz rioya qilishi ustidan qat’iy tizimli nazorat oʻrnatsinlar.


5. "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasi 2007 yilning 15 apreligacha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining talabnomalariga koʻra alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishga belgilangan shakldagi ruхsat guvohnomalari tegishli darajada himoyalangan maхsus blankalarda zarur miqdorda tayyorlanishini ta’minlasin.

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruхsat guvohnomalari qat’iy hisobot beriladigan blankalar deb belgilansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 12-son, 107-modda.