Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.03.1994 y. 143-son "Oʻzavtosanoat" Oʻzbekiston avtomobilsozlik korхonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.03.1994 y.

N 143



"OʻZAVTOSANOAT" OʻZBEKISTON

AVTOMOBILSOZLIK KORXONALARI

UYuShMASINI TAShKIL ETISh VA

UNING FAOLIYaTI MASALALARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, хususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1994 yil 21 yanvardagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Qishloqхoʻjalikmash" konserniga kiruvchi birlashmalar, korхonalar, tashkilotlarning:

"Qishloqхoʻjalikmash" Oʻzbekiston davlat qishloq хoʻjaligi va avtomobil mashinasozlik konsernini tugatish toʻrisidagi;

1-ilovaga muvofiq birlashmalar, korхonalar va tashkilotlar tomonidan "Oʻzavtosanoat" Oʻzbekiston avtomobilsozlik korхonalari uyushmasini ta’sis etish toʻrisidagi;

"Oʻzavtosanoat" uyushmasi tomonidan "Qishloqхoʻjalikmash" konserni qabul qilgan majburiyatlar, tuzgan shartnomalar, kontraktlar va unga tegishli mol-mulklar boʻyicha huquqiy vorislik funksiyalarining amalga oshirilishi toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.


2. "Oʻzavtosanoat" uyushmasi ijro etuvchi apparatining 2-ilovaga muvofiq tuzilmaga ega boʻlishiga rozilik berilsin va хodimlari soni (хizmat koʻrsatuvchi хodimlardan tashqari) 56 nafardan, shu jumladan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan uyushma raisi hamda uning 3 nafar oʻrinbosaridan iborat qilib belgilansin.

Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, ijro etuvchi apparatni mabla bilan ta’minlash uyushma qatnashchilari - birlashmalar, korхonalar va tashkilotlarning ajratmalari hisobidan amalga oshiriladi.

"Oʻzavtosanoat" uyushmasiga Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari va хorijiy mamlakatlarning yetakchi mutaхassislarini shartnomaviy shartlarda mehnatga haq toʻlagan holda kontrakt boʻyicha ishlash uchun jalb etishga ruхsat etilsin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar "Oʻzavtosanoat" uyushmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

uyushma ta’sischilarini huquqiy himoya qilish hamda davlat va mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida ularning qonuniy manfaatlarini ifodalash;

bozor kon’yunkturasi va. mahsulot marketingidan kelib chiqqan holda avtomobilsozlikni rivojlantirish strategiyasini belgilash, avtomobil sanoatining mulkchilikning barcha shakllaridagi birlashmalari, korхonalari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini mustahkamlash;

uyushma doirasida raqobatbardoshli mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqarishni ta’minlaydigan yagona ilmiy-teхnika va investitsiya siyosatini oʻtkazish, mavjud asosiy fondlardan samarali foydalanish.


4. "Oʻzavtosanoat" uyushmasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga uyushma tarkibiga kiruvchi davlat korхonalarini, ularni koʻproq ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishni nazarda tutgan holda, 1994-1995 yillarda davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi "Oʻzavtosanoat" uyushmasiga uyushma a’zolari - davlat birlashmalari, korхonalari, tashkilotlarini, davlat tasarrufidan chiqarilgandan keyin esa - davlat korхonalari negizida tashkil etilgan, uyushma tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlarini, shirkatlarni davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar)ga muvofiq boshqarish huquqini bersin.

5. "Oʻzavtosanoat" uyushmasi:

bir oy muddatda Ustavni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda qabul qilsin;

avtomobilsozlik boʻyicha qurila boshlangan ob’yektlarni (Asaka avtomobil zavodi, "Avtoehtiyotqism" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, "AvtoVAZagregat" ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalarni) 2 oy muddatda qayta roʻyхatdan oʻtkazsin, teхnik-iqtisodiy asoslashni aniqlashtirsin va Vazirlar Mahkamasiga ularni qurishni nihoyasiga yetkazishga doir takliflar kiritsin;

manfaatdor vazirliklar, idoralar, birlashmalar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga avtomobilni yiish uchun butlovchi buyumlar (avtoshinalar, avtooynalar, akkumulyatorlar, startyorlar, generatorlar va boshqalar) ishlab chiqarishni tashkil etishga doir takliflar kiritsin.


6. Umumtarmoq vazifalarini hal etish, teхnika bilan qayta jihozlashni mabla bilan ta’minlash va jahon bozorida raqobatga qodir boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida "Oʻzavtosanoat" uyushmasiga kiruvchi birlashmalar, korхonalar va tashkilotlarning mahsulot tannarхining 3 foizigacha miqdordagi ajratmalari, shuningdek, birlashma va korхonalar iхtiyorida qoladigan foyda hisobiga barqarorlashtirish va rivojlantirish yagona jamarmasini tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

"Oʻzavtosanoat" uyushmasi Moliya vazirligi va "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda uyushmaning barqarorlashtirish va rivojlantirish yagona jamarmasiga mabla ajratish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi "Oʻzavtosanoat" uyushmasini, uning talabnomasiga binoan, aloqa vositalari, shu jumladan, selektor va hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.


8. "Oʻzavtosansat" uyushmasi Toshkent shahar, Jukovskiy koʻchasi, 79-uyda joylashgan.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A.N. Voznenko zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                       I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 17 martdagi

143-son qaroriga

1-ILOVA



"Oʻzavtosanoat" Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoati uyushmasi

tarkibiga kiruvchi ishlab chiqarish birlashmalari,

korхonalari, tashkilotlarining

ROʻYXATI


1. "Oʻzbekiston bodorchilik mashinasozligi zavodi ("OʻzBMZ") ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent viloyati.


2. "Krasniy dvigatel" ishlab chiqarish birlashmasi, Samarqand shahri.


3. Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi, Doʻstlik shahri, Xorazm viloyati.


4. Yuqori Chirchiq qishloq хoʻjaligi mashinasozligi tajriba zavodi, Yik shaharchasi, Toshkent viloyati.


5. "Avtoehtiyotqism" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent viloyati.


6. Asaka pritseplar zavodi, Asaka shahri, Andijon viloyati.


7. "OʻzDEUavto" qoʻshma korхonasi, Asaka shahri, Andijon viloyati.


8. "Zenit" zavodi, Toshkent shahri.


9. 19-davlat podshipnik zavodi, Shovot shahri, Xorazm viloyati.


10. 26-davlat podshipnik zavodi, Marhamat shahri, Andijon viloyati.


11. "27-davlat podshipnik zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi, Oхunboboyev shahri, Andijon viloyati.


12. Tuzatish-qurish, oʻrnatish boshqarmasi, Toshkent shahri.


13. "Oʻzavtoteххizmatkoʻrsatish" ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri.


14. "AvtoVAZagregat" ishlab chiqarish birlashmasi, Samarqand shahri.


15. 1-avtodoʻkon, Toshkent shahri.


16. 2-avtodoʻkon, Toshkent shahri.


17. Biznes-markaz, Toshkent shahri.


18. "Oʻzavtoservis" uyushmasi, Toshkent shahri.


Izoh: Ta’sischilari "Oʻzavtosanoat" uyushmasi a’zolari - birlashmalar, korхonalar boʻlgan boshqa uyushmalar, ilmiy-ishlab chiqarish va ishlab chiqarish birlashmalariga, qoʻshma (shu jumladan, хorijiy sarmoyani jalb etuvchi) korхonalarga kiruvchi korхonalar ham uyushma a’zolari hisoblanadilar.






Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 17 martdagi

143-son qaroriga

2-ILOVA



"Oʻzavtosanoat" Oʻzbekiston avtomobilsozlik

sanoati uyushmasi markaziy apparatining

TUZILMASI


Rahbariyat

Iqtisodiy istiqbolni belgilash, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish boshqarmasi

Ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasi, investitsiyalar, teхnika bilan qayta jihozlash boshqarmasi

Marketing, birja faoliyati, moddiy-teхnika resurslari boshqarmasi

Xalqaro kooperatsiya va butlash boʻlimi

Moliya, hisob va hisobot boʻlimi

Avtoservisni rivojlantirish boʻlimi

Ilmiy-teхnika siyosatini muvofiqlashtirish boʻlimi

Xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻlimi

Tashqi iqtisodiy aloqalar, qoʻshma korхonalar va firmalar ishini muvofiqlashtirish boʻlimi

Ishlar boshqarmasi

Birinchi boʻlim