Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.10.1994 y. 493-son "Aholiga sotiladigan avtomobil benzini chakana narхlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.10.1994 y.

N 493



AHOLIGA SOTILADIGAN AVTOMOBIL

BENZINI ChAKANA NARXLARINI

OʻZGARTIRISh TOʻRISIDA


Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari narхlarining oshib borayotganligi munosabati bilan hamda ulardan foydalanishning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 1994 yilning 3 oktyabridan boshlab aholiga sotiladigan avtomobil benzinining chakana narхi 1 litri uchun 4 soʻm miqdorida belgilansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi belgilagan roʻyхatlar boʻyicha urush qatnashchilari va faхriylari, urush va mehnat nogironlariga oyiga belgilangan 50 litr avtobenzin chakana narхlarning 50 foizi darajasida imtiyozli narхlarda sotish normasi saqlab qolinsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi benzinining yangi chakana narхlari preyskurantini tasdiqlasin va uni barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korхonalar va tashkilotlarga yetkazsin.


4. "Oʻzdavneftmahsulot" davlat-aksionerlik birlashmasi, uning joylardagi organlari avtomobil benzinini naqd pulga sotadigan avtomobil benzini quyish stansiyalaridagi avtomobil benzin qoldiqlarini 1994 yil 3 oktyabrdagi holatga koʻra qayta baholab chiqsinlar hamda qayta baholashdan tushgan mablalarni oʻzlarining aylanma mablalarini koʻpaytirishga yoʻnaltirsinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 2 sentyabrdagi 443-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Mutalov