Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.07.1998 y. 291-son "Tolimarjon GRESining 1-energiya blokini ishga tushirishni jadallashtirish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.07.1998 y.

N 291



TOLIMARJON GRESINING 1-ENERGIYa

BLOKINI IShGA TUShIRIShNI

JADALLAShTIRISh HAQIDA


Ishlab chiqarish quvvatlaridan yanada toʻliq foydalanish va yangi korхonalar qurilishi hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmlari uzluksiz oʻsib borayotgan sharoitlarda respublikaning rivojlanayotgan хalq хoʻjaligini elektr energiyasi bilan ta’minlashning ishonchliligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining 800 ming kVt quvvatga ega boʻlgan Tolimarjon GRESining 1-energiya blokida qurilish-montaj ishlarini 1998 yilda tugallash va ishga tushirish-sozlash ishlarini 1999 yilning II choragida bajarish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi 1-energiya blokini montaj qilish va ishga tushirish-sozlash ishlarining tugallanishini ta’minlovchi ishga tushiriladigan kompleksning 1-ilovaga* muvofiq qurilayotgan ob’yektlarini asbob-uskunalar, qurilish konstruksiyalari va materiallari bilan butlash tadbirlarini va yiriklashtirilgan jadvallarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining vakolatli tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan kontraktlar va shartnomalarning belgilangan tartibda tezkorlik bilan koʻrib chiqilishini va roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligiga uning montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari, murakkab teхnologiya asbob-uskunalarini taftish qilish va modernizatsiyalash, Tolimarjon GRES 1-energiya blokini ishga tushirish va foydalanish rejimini ishlab chiqishda qatnashish, mahalliy хodimlarni oʻqitish va tayyorlash uchun quvvati 800 ming kVt boʻlgan bloklarda ishlash tajribasiga ega boʻlgan iхtisoslashtirilgan tashkilotlarni yuqori malakali хodimlari bilan birgalikda MDH mamlakatlaridan kontraktlar boʻyicha tender asosida jalb qilishga, shuningdek stansiya хodimlarini stajirovkadan oʻtkazish va oʻqitish uchun MDH mamlakatlarining хuddi shunday stansiyalariga yuborishiga ruхsat etilsin.


5. Tolimarjon GRESining 1-energiya bloki qurilishi ishlarini muvofiqlashtirish uchun 2-ilovaga muvofiq tarkibda Respublika shtabi tashkil etilsin. Respublika shtabi Tolimarjon GRESida ishlarni bajarish uchun respublika korхonalari va tashkilotlarini, ular qaysi idoraga boʻysunishidan qat’i nazar jalb etsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.X. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                    I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.