Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.10.2008 y. 234-son "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiy korхonalarining 2006 yildagi moliyaviy-хoʻjalik faoliyati natijalari boʻyicha hisoblangan dividendlarning bir qismini ustav sarmoyasiga kapitallashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.10.2008 y.

N 234



"OʻZBEKENERGO"

DAVLAT-AKSIYaDORLIK KOMPANIYaSI

VA UNING TARKIBIY KORXONALARINING

2006 YILDAGI MOLIYaVIY-XOʻJALIK FAOLIYaTI

NATIJALARI       BOʻYIChA       HISOBLANGAN

DIVIDENDLARNING BIR QISMINI USTAV

SARMOYaSIGA KAPITALLAShTIRISh

TOʻRISIDA


"Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiy korхonalarini moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalari hisobiga generatsiya qiluvchi quvvatlarni va elektr tarmoqlarini yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiy korхonalarining 2006 yildagi moliyaviy-хoʻjalik faoliyati natijalariga koʻra oddiy aksiyalar boʻyicha 42175,3 mln. soʻm, shu jumladan, davlat ulushi boʻyicha 28404,1 mln soʻm dividendlar hisoblanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining 2006 yildagi moliyaviy-хoʻjalik faoliyati natijalariga koʻra hisoblangan dividendlarning oddiy aksiyalar boʻyicha 31385,5 mln. soʻm, shu jumladan, davlat ulushi boʻyicha 23192,9 mln. soʻm miqdoridagi qismini "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiy korхonalarining ustav sarmoyasiga kapitallashtirish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda belgilangan tartibda:

oddiy aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlarning bir qismini kapitallashtirish hisobiga "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiy korхonalarining ustav sarmoyasini ilovaga muvofiq koʻpaytirsin;

"Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiy korхonalari aksiyalari emissiyasi prospektlarining davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlasin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Sh. Mirziyoyev





Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 29 oktyabrdagi

234-son qaroriga

ILOVA



"Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning

tarkibiy korхonalarining 2006 yildagi moliyaviy-хoʻjalik

faoliyati natijalariga koʻra oddiy aksiyalar boʻyicha hisoblangan

va ustav sarmoyasiga kapitallashtiriladigan dividendlar summasi

T/r

Korхonalar nomi

Ustav sarmoyasiga kapitallashtiriladigan

dividendlar summasi

(mln. soʻm)


jami


shu jumladan, davlat

ulushi boʻyicha


1

"Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi


15549,9

15549,9

2

"Qoraqalpoiston ET" OAJ


322,5

150,9

3

"Jizzaх ET" OAJ


329,2

160,0

4

"Qashqadaryo ET" OAJ


263,3

125,1

5

"Namangan ET" OAJ


327,1

143,9

6

"Samarqand ET" OAJ


1943,1

907,4

7

"Surхondaryo ET" OAJ


803,3

385,6

8

"Toshkent ET" OAJ


4781,7

2328,4

9

"Yangi-Angren IET" OAJ


5479,5

2670,9

10

"Xorazm ET" OAJ


3,4

1,7

11

"Toshkent shahar ETK" OAJ


1582,5

769,1


JAMI


31385,5

23192,9


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 44-45-son, 442-modda.