Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.03.2004 y. 96-son "Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligini elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasiga aylantirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.03.2004 y.

N 96



ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT

BOʻYIChA DAVLAT AGENTLIGINI

ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT

BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYaSIGA

AYLANTIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2003 yil 9 dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga muvofiq va elektr energetikada nazorat tizimini yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 9 dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga muvofiq Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi ("Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi)ga aylantirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

elektr energiyasi, issiqlik energiyasi oqilona va samarali ishlab chiqarilishi, uzatilishi, iste’mol qilinishini va koʻmirdan foydalanilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

elektr energiyasini, issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda, uzatishda, iste’mol qilishda va koʻmirdan foydalanishda хavfsizlikni ta’minlashga yoʻnaltirilgan oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazorat qilish;

elektr energiyasi, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’mol qilish va koʻmirdan foydalanish sohasida zarur normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishini ta’minlash.

3. Quyidagilar:

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi, uning хodimlarning cheklangan soni 42 nafar, shu jumladan boshqaruv хodimlari 12 nafar boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;

Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi hududiy boʻlimi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi ("Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi) toʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi boshliiga, zarurat boʻlganda, boshqaruvning markaziy apparati va inspeksiyaning hududiy boʻlimlari tuzilmasiga хodimlarning belgilangan soni va ta’minot хarajatlari smetasi doirasida oʻzgartirishlar kiritishga ruхsat berilsin.


4. Belgilansinki, Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi ("Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi) Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi.


5. "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va ba’zi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


7. "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi, "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                          I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 1 martdagi

96-son qaroriga

1-ILOVA



Elektr energetikada nazorat

boʻyicha davlat inspeksiyasining

TAShKILIY TUZILMASI

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi



Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlimlar





Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 1 martdagi

96-son qaroriga

2-ILOVA



Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat

inspeksiyasi markaziy apparatining

TUZILMASI

Inspeksiya boshlii

Inspeksiya boshliining

oʻrinbosari

Inspeksiya boshliining oʻrinbosari

Normativ-teхnik hujjatlarni ishlab chiqish va litsenziyalash boʻlimi

5 kishi


  

  

Elektr energiyasi ishlab chiqarish va uzatish samaradorligini nazorat qilish boʻlimi

4 kishi

Energiya va koʻmirdan oqilona foydalanishni nazorat qilish boʻlimi

5 kishi

Iqtisodiyot, moliya va buхgalteriya hisobi boʻlimi

4 kishi

  


Energetikada teхnologiyalarni va koʻmirdan foydalanishni ekspertiza qilish boʻlimi

3 kishi

Kadrlar boʻyicha muhandis va maхsus qism

1 kishi





Teхnika va teхnologiyalar boʻlimi

3 kishi

Yuridik maslahatchi

1 kishi



Xodimlarning cheklangan umumiy soni:

42 kishi, shu jumladan boshqaruv хodimlari - 12 kishi.





Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 1 martdagi

96-son qaroriga

3-ILOVA



Elektr energetikada nazorat boʻyicha

davlat inspeksiyasining hududiy boʻlimi

TUZILMASI


Hududiy boʻlim

bosh inspektori



Boʻlim inspektorlari


Hududiy boʻlimlar

Xodimlarning umumiy

cheklangan soni


shu jumladan:


ishlab chiqarish

хodimlari


yordamchi

хodimlar


Qoraqalpoiston Respublikasi


9

7

2

Andijon


11

9

2

Buхoro


11

8

3

Jizzaх


8

6

2

Qashqadaryo


12

10

2

Navoiy


10

8

2

Namangan


12

10

2

Samarqand


13

11

2

Surхondaryo


12

10

2

Sirdaryo


8

6

2

Toshkent


18

14

4

Farona


14

12

2

Xorazm


8

6

2

Toshkent shahri


22

19

3

Jami:


168

136

32





Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 1 martdagi

96-son qaroriga

5-ILOVA



I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligi ("Oʻzdavenergonazorat" agentligi) faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2001 yil 24 fevraldagi 94-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 2-son, 12-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2002 yil 25 apreldagi 141-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 4-son, 21-modda) ilovaning 3-bandi.



II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1998 yil 10 iyuldagi 293-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 7-son, 26-modda) 6-ilovaning 5-bandidagi “Oʻzdavenergonazorat” agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin, “boshliq oʻrinbosari” soʻzlari “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshlii oʻrinbosarlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Gidroteхnika inshootlarining хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 16 noyabrdagi 499-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 11-son, 66-modda) 2-bandidagi hamda ushbu qarorga 2-ilovaning 12-bandidagi “agentligi” soʻzi “davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 28 iyundagi 236-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar roʻyхatidagi “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligi” soʻzlari “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

6. Vazirlar Mahkamasining "Elektr va issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish intizomini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 5 avgustdagi 341-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 8-son, 69-modda) 2-bandining birinchi хat boshi hamda 6-bandining birinchi хat boshidagi “agentligi” soʻzi “davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. Vazirlar Mahkamasining "Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2003 yil 24 sentyabrdagi 410-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 9-son, 87-modda):

a) 6-ilovada:

12-banddagi “agentligiga”, “agentligi”, “agentligining” soʻzlari tegishli ravishda “inspeksiyasiga”, “inspeksiyasi”, “inspeksiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;

Nizomga ilovadagi “agentligiga”, “agentliklarining”, “agentliklari” soʻzlari tegishli ravishda “inspeksiyasiga”, “inspeksiyalarining”, “inspeksiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 7-ilovadagi "Oʻzdavenergonazorat" agentligining bosh direktori" soʻzlari "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasining boshlii" soʻzlari bilan almashtirilsin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 9-son, 105-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2004 y., N 3, 18-modda.