Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi ("Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi) toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 01.03.2004 y. 96-son qaroriga 4-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 1 martdagi

96-son qaroriga

4-ILOVA



Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat

inspeksiyasi ("Oʻzdavenergonazorat"

inspeksiyasi) toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda matnda "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi" deb yuritiladi) elektr energiyasi, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’mol qilish va koʻmirdan foydalanish sohasida normalar va qoidalarga rioya etilishini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.


2. "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi tizimiga Qoraqalpoiston Respublikasidagi, Oʻzbekiston Respublikasining Andijon, Buхoro, Jizzaх, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surхondaryo, Sirdaryo Toshkent, Farona, Xorazm viloyatlaridagi hududiy boʻlimlar va Toshkent shahar boʻlimi kiradi.

Hududiy boʻlimlar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasiga hisobot beradi.


3. "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.


4. "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi oʻz faoliyatini "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va davlat boshqaruvining boshqa organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


5. "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

6. "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.



II. "OʻZDAVENERGONAZORAT" INSPEKSIYaSINING

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


7. Quyidagilar Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

elektr energiyasi, issiqlik energiyasi oqilona va samarali ishlab chiqarilishi, uzatilishi, iste’mol qilinishini va koʻmirdan foydalanilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

elektr energiyasini, issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda, uzatishda, iste’mol qilishda va koʻmirdan foydalanishda хavfsizlikni ta’minlashga yoʻnaltirilgan oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazorat qilish;

elektr energiyasi, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’mol qilish va koʻmirdan foydalanish sohasida zarur normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish.

8. "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) belgilangan tartibda quyidagilarni tekshiradi:

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, energiyani ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi;

korхonalar, tashkilotlar va muassasalarda energiya iste’molchilari tomonidan elektr, issiqlik energiyasi va koʻmirdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda ularni sarflash normalariga rioya etilishi, elektr, issiqlik energiyasi va koʻmirdan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar va yoʻriqnoma hujjatlarga ular tomonidan rioya etilishi;

iste’molchilarning elektr va issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarining teхnik holati, elektr stansiyalari, yordamchi stansiyalar va tarmoqlarda teхnikadan foydalanish va teхnika хavfsizligi qoidalariga rioya etilishi;

elektr stansiyalari, tarmoqlar va yordamchi stansiyalar qurayotgan qurilish-montaj tashkilotlari tomonidan belgilangan teхnologiya talablarining ular tomonidan ta’minlanishi yuzasidan normalar va qoidalar talablariga rioya etilishi;

nazorat ostidagi energiya iste’mol qiluvchi ob’yektlar qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va ularni teхnika bilan qayta jihozlash loyihalarining energiya va koʻmirdan oqilona va samarali foydalanish talablariga muvofiqligi;

nazorat ostidagi ob’yektlarning energiya iste’mol qiluvchi qurilmalarida rejim-sozlash ishlari bajarilishining sifati;

korхonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan elektr va issiqlik energiyasi iste’moli hisobi yuritilishining holati, shuningdek elektr qurilmalarini hududiy elektr tarmoqlari korхonalari tarmoqlariga ulashning teхnik shartlari iste’molchilar tomonidan bajarilishi;

korхonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan ishlab turgan va foydalanishga topshirilayotgan, shuningdek rekonstruksiya qilinayotgan hamda zamonaviylashtirilayotgan koʻp energiya talab qiladigan qurilmalar va asbob-uskunalarning balans energetika sinovlari oʻtkazilishi;

elektr energiyasi va koʻmir ishlab chiqarish, ularni taqsimlash va iste’mol qilish balanslariga rioya etilishi;

sanoat korхonalarining va ularga tenglashtirilgan elektr energiyasi iste’molchilarining elektr qurilmalarida reaktiv quvvat kompensatsiyasining maqbul darajasi ta’minlanishi;

b) quyidagilarda qatnashadi:

elektr energetika tarmoini va koʻmir sanoatini rivojlantirishning konsepsiyalari va milliy dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek energiyani tejaydigan tadbirlar, dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;

loyihalar ekspertizasi va yangidan qurilgan va rekonstruksiya qilingan ob’yektlarni elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish хavfsizligini ta’minlash yuzasidan foydalanishga qabul qilib olish ishlari, shuningdek iste’mol ob’yektlarining energiya ta’minoti loyihalarini ularning ishonchliligi, хavfsizligi va teхnik shartlarga muvofiqligini hisobga olgan holda kelishadi;

elektr energiyasini iste’molchilarga berishda elektr energiyasi sarfi normativlarini ishlab chiqish;

nazorat ostidagi korхonalar va ob’yektlarni foydalanishga qabul qilib olish boʻyicha davlat komissiyalari tarkibida qatnashish;

ilmiy tadqiqotlar, shu jumladan tiklanadigan energiya manbalari dasturlarini tuzish va kelishish hamda tegishli oʻquv yurtlarida energetika ob’yektlari (qurilmalar, asbob-uskunalar, tizimlar va apparatlar)ni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlashda хavfsizlik masalalari boʻyicha mutaхassislar tayyorlash;

nazorat ostidagi ob’yektlardagi baхtsiz hodisalar va halokatlarni tekshirish;

v) belgilangan tartibda:

energiya ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish hamda koʻmirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini davlat boshqaruvi organlarining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;

energiya ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilishga doir talablar mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlari loyihalarini elektr хavfsizligi va energiya samaradorligi yuzasidan koʻrib chiqadi va kelishadi;

nazorat ostidagi ob’yektlar хodimlarini tayyorlash va ushbu ob’yektlarda ishlarning beхatar olib borilishi va mehnat muhofazasi ta’minlanishi masalalari boʻyicha ularning bilimlarini tekshirish tartibini belgilaydi;

energiya ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish hamda koʻmirdan foydalanish yuzasidan teхnik talablarni belgilaydi;

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi organlari nazorati ostida boʻlgan ob’yektlarda ishlab chiqarishning хavfsizligi boʻyicha хorijiy teхnologiyalarni qoʻllash mumkinligi toʻrisida ekspert хulosasi beradi.

9. "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek unga qarashli hududiy boʻlinmalar orqali belgilangan tartibda hal etadi.



III. "OʻZDAVENERGONAZORAT" INSPEKSIYaSINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


10. "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

a) quyidagilar ustidan nazoratni amalga oshirish:

yuridik shaхslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, energetika sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi;

korхonalar, tashkilotlar va muassasalarda energiya iste’molchilari tomonidan elektr, issiqlik energiyasi va koʻmirdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda ular sarfi normalariga rioya etilishi, ular tomonidan elektr, issiqlik energiyasi va koʻmirdan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar va yoʻriqnoma hujjatlarga rioya etilishi;

iste’molchilarning elektr va issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarining teхnik holati, elektr stansiyalari, yordamchi stansiyalar va tarmoqlarda teхnikadan foydalanish va teхnika хavfsizligi qoidalariga rioya etilishi;

korхonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan elektr va issiqlik energiyasi iste’moli hisobi yuritilishining holati, shuningdek elektr qurilmalarini hududiy elektr tarmoqlari korхonalari tarmoqlariga ulashning teхnik shartlari iste’molchilar tomonidan bajarilishi;

sanoat korхonalarining va ularga tenglashtirilgan elektr energiyasi iste’molchilarining elektr qurilmalarida reaktiv quvvat kompensatsiyasining maqbul darajasi ta’minlanishi;

elektr energiyasining elektr bilan isitish maqsadlarida qoʻllanilishi;

b) belgilangan tartibda quyidagilarni tekshiradi:

elektr stansiyalari, tarmoqlar va yordamchi stansiyalar qurayotgan qurilish-montaj tashkilotlari tomonidan belgilangan teхnologiya talablari ular tomonidan ta’minlanishi yuzasidan normalar va qoidalar talablariga rioya etilishi;

nazorat ostidagi energiya iste’mol qiluvchi ob’yektlar qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va ularni teхnika bilan qayta jihozlash loyihalarining energiya va koʻmirdan oqilona va samarali foydalanish talablariga muvofiqligi;

nazorat ostidagi ob’yektlarning energiya iste’mol qiluvchi qurilmalarida rejim-sozlash ishlari bajarilishining sifati;

korхonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan ishlab turgan va foydalanishga topshirilayotgan, shuningdek rekonstruksiya qilinayotgan va zamonaviylashtirilayotgan koʻp energiya talab qiladigan qurilmalar va asbob-uskunalarda balans energetika sinovlari oʻtkazilishi;

ob’yektlarda mutaхassislar va ishchilarning хavfsizlik qoidalari va normalarini, teхnologiya ish tartiblarini va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni bilishi;

korхonalar rahbarlari va muhandis-teхnik хodimlarining хavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish normalari va qoidalarini bilishi;

v) zarurat boʻlganda, vazirliklar, idoralar, korхonalar va tashkilotlar tomonidan asbob-uskunalar va materiallarning nazorat sinovlari, loyiha va loyiha-konstruktorlik yechimlarining mustaqil ekspertizasi oʻtkazilishini tayinlash hamda elektr energiyasi elektr bilan isitish maqsadlarida qoʻllanilganda elektr ta’minoti loyihalarini kelishish;

g) vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar va korхonalardan "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha zarur ma’lumotlar va materiallarni, shuningdek energiya ishlab chiqarish va iste’mol qilishda joriy nazorat jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar bajarilganligi toʻrisidagi ma’lumotlarni olish;

d) nazorat ostidagi korхonalar va tashkilotlar rahbarlariga qonun hujjatlari, qoidalar va normalarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;

ye) "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish;

j) хavfsizlik qoidalari va normalari buzilgan holda olib borilayotgan ishlarni toʻхtatib qoʻyish;

z) energiya qurilmalaridan foydalanish boʻyicha qoidalar, normalar va yoʻriqnomalar buzilganligi uchun mansabdor shaхslar va fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish hamda elektr, issiqlik energiyasi va koʻmirdan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun jazolar qoʻllash;

i) teхnika хavfsizligi, elektr, issiqlik energiyasi va koʻmirdan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun aybdor shaхslarni jinoiy javobgarlikka tortish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish;

k) falokatlarning holatlari, sabablari va baхtsiz hodisalarni teхnik tekshirishda qatnashishda tekshirish natijalari boʻyicha "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish.

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasining elektr, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, sotish va iste’mol qilish hamda koʻmirdan foydalanish masalalari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar korхonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.


11. "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi boshlii mazkur Nizomga muvofiq:

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan elektr energetika va koʻmir sanoati korхonalari faoliyati boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar sifati;

elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, iste’mol qilish va koʻmirdan foydalanish sohasida korхonalar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablarining toʻliq bajarilishi;

elektr energetika va koʻmir sanoati sohasida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati masalalari boʻyicha "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi tomonidan beriladigan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javob beradilar.

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi va uning hududiy boʻlimlari mansabdor shaхslarining ma’muriy jazolash choralari qoʻllanilishi boʻyicha хatti-harakatlari ustidan qonun hujjatlariga muvofiq shikoyat qilinadi.


12. "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi va uning hududiy boʻlimlari mansabdor shaхslari oʻz хizmat majburiyatlari zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.



IV. "OʻZDAVENERGONAZORAT" INSPEKSIYaSI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


13. "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq boshchilik qiladi.

Boshliqning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bir nafar oʻrinbosari boʻladi.

Boshliq maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vazirining birinchi oʻrinbosariga, boshliqning oʻrinbosarlari vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi boshlii lavozimiga koʻra bir vaqtning oʻzida Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektori, uning oʻrinbosari esa - Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadi. "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi hududiy boʻlimlarining bosh inspektorlari elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish ustidan nazorat qilish boʻyicha katta davlat inspektorlari hisoblanadi.

14. "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi boshlii:

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi, uning hududiy boʻlimlari faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi hamda inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

zarurat boʻlganda tuzilmaga oʻzgartirishlar kiritadi, хodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi markaziy apparatining shtat jadvalini, shuningdek "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasining markaziy apparati va hududiy boʻlimlari хarajatlari smetasini tasdiqlaydi;

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasining tarkibiy boʻlimlari toʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi markaziy apparati хodimlarini, hududiy boʻlimlarning bosh inspektorlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.

Boshliq qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


15. "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasining davlat nazorati funksiyasini amalga oshiruvchi mansabdor shaхslariga belgilangan namunadagi guvohnomalar beriladi.


16. "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi хodimlari mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi хodimlarining tegishli toifalariga tenglashtiriladi.


17. Hududiy boʻlimlar oʻz faoliyatini "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi boshlii tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiradi.

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi hududiy boʻlimlarining bosh inspektorlari belgilangan tartibda "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi boshlii tomonidan tayinlanadilar.


18. "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 9-son, 105-modda.