Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.03.2014 y. 52-son "Energiya ta’minoti sohasida ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.03.2014 y.

N 52



ENERGIYa TA’MINOTI SOHASIDA

RUXSAT BERISh TARTIB-TAOMILLARIDAN

OʻTISh TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


"Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2013 yil 15 avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Quvvati 10 kVtdan ortiq iste’molchi ob’yektlarining energiya ta’minoti loyihalarini kelishish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Iste’molchilarning yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruхsat berish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishga ruхsat berish tartibi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 17 mart, 11-son, 122-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 3-son, 21-modda