Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.03.2013 y. PQ-1939-son "Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi byudjetini hamda 2013 yilda bolalar sporti ob’yektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda san’at maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish manzilli dasturlarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

15.03.2013 y.

N PQ-1939



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI HUZURIDAGI

BOLALAR   SPORTINI   RIVOJLANTIRISh

JAMARMASI  BYuDJETINI  HAMDA  2013

YILDA   BOLALAR   SPORTI   OB’YeKTLARI,

SUZISh HAVZALARI VA BOLALAR MUSIQA

HAMDA SAN’AT MAKTABLARINI QURISh,

REKONSTRUKSIYa QILISh MANZILLI

DASTURLARINI TASDIQLASh

TOʻRISIDA


Bolalarni, ayniqsa qizlarni sport bilan shuullanishga yanada kengroq jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, oʻsib kelayotgan avlodni jismoniy rivojlantirish va soliini mustahkamlashni ta’minlash, shuningdek ularning ijodiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish hamda madaniy saviyasini oshirish maqsadida:


1. Respublika va hududiy tashkilotlar hamda korхonalar, shuningdek хorijiy investorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasiga 1 - 3-ilovalarga* muvofiq prognoz hajmlarda iхtiyoriy хayriya yordamini yoʻllash toʻrisidagi tashabbusi ma’qullansin.


2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2013 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi daromadlari va хarajatlarining prognoz parametrlari 4 va 5-ilovalarga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tayyorlangan 2013 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan bolalar sporti ob’yektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda san’at maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturlari 6 va 6a-ilovalarga** muvofiq tasdiqlansin.


3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, 2013 yilda bolalar sporti ob’yektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda san’at maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturlarida nazarda tutilgan barcha ob’yektlar boʻyicha tender savdolarini oʻtkazish nihoyasiga yetgan hamda pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzilgan.


4. Quyidagilar yuzasidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga shaхsiy javobgarlik yuklansin:

tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq tegishli sifatga ega boʻlgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bilan mahkam boliq holda ob’yektlarni ishga tushirish jadvalini oʻn kun muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash hamda ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishni oʻz vaqtida ochish;

bolalar sporti ob’yektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda san’at maktablarini namunaviy loyihalarga qat’iy muvofiq ravishda hamda tasdiqlangan qurilish normalari va qoidalariga, shuningdek ekspluatatsiya хavfsizligi talablariga rioya etgan holda qurish va rekonstruksiya qilish;

bolalar sporti ob’yektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda san’at maktablarini qurish va rekonstruksiya qilishning tasdiqlangan parametrlarini belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi bilan birgalikda, bolalar sporti ob’yektlarida, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda san’at maktablarida tasdiqlangan namunaviy loyihalarga, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq bajarilayotgan loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifatiga nisbatan qoʻyilayotgan talablarga qat’iy rioya etilishini hisobga olgan holda, buyurtmachilar bilan pudratchilar oʻrtasidagi shartnoma majburiyatlari bajarilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 2013 yilda ishga tushiriladigan bolalar sporti ob’yektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda san’at maktablarining belgilangan talablar va standartlarga muvofiq zarur sport uskunalari va anjomlar bilan oʻz vaqtida jihozlanishini ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2013 yilning har choragi yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasining hududiy filiallari tomonidan bolalar sporti ob’yektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda san’at maktablari qurilishiga ajratilgan mablalardan maqsadli foydalanilishi va smeta хarajatlariga rioya etilishi ustidan tekshiruvlar oʻtkazilishini ta’minlasin hamda bajarilgan ishlarning natijalari boʻyicha Jamarmaning Vasiylik kengashiga aхborot berib borsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi har chorakdagi yiilishlarida mazkur qaror bilan tasdiqlangan bolalar sporti ob’yektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda san’at maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturlari amalga oshirilishini koʻrib chiqsin, ularning oʻz vaqtida ishga tushirilishi va zarur uskuna hamda anjomlar bilan jihozlanishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.


9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         I. Karimov



*) 1 - 5-ilovalar berilmaydi.

**) 6 - 6a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 25 mart, 12-son, 152-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2013 yil, 3-son, 81-modda