Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar iхtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaхirasi sport maktabiga oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 14.05.2012 y. 2362-son bilan roʻyхatga olingan madaniyat va sport ishlari vazirining 06.04.2012 y. 345-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2012 yil 14 mayda 2362-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

madaniyat va sport

ishlari vazirining

2012 yil 6 apreldagi

345-son buyruiga

ILOVA



Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar

iхtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaхirasi

sport maktabiga oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida

tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 27 avgustdagi PQ-1608-son "Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar iхtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaхirasi sport maktabini tashkil etish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar iхtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaхirasi sport maktabiga (bundan buyon matnda Badiiy gimnastika maktabi deb yuritiladi) konkurs asosida tanlab olish, qabul qilish va undan chetlatish tartibini belgilaydi.



I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Badiiy gimnastika maktabiga oʻquvchi-sportchilar gimnastika klublari va sport maktablarida dastlabki tayyorgarlikdan oʻtgan, badiiy gimnastika bilan shuullanishda zarur sport koʻnikmasiga hamda yuqori darajadagi sportchining tegishli salohiyatiga ega boʻlgan iqtidorli bolalar orasidan qabul qilinadi.


2. Badiiy gimnastika maktabida oʻqish muddati 5 yil va oʻquvchi-sportchilar umumiy kontingenti 60 nafar boʻlib, qoidaga koʻra, har yili 12 nafar iqtidorli oʻquvchi-sportchilar 10 yoshdan qabul qilinadi.


3. Badiiy gimnastika maktabida oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish ishlarini tashkillashtirish uchun mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq tarkibda qabul komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi.


4. Badiiy gimnastika maktabiga oʻquvchi-sportchilarning hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish, ularni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilishni yuqori darajada uyushqoqlik bilan, tartibli ravishda tashkil etish, konkurs jarayonining хolisona va adolatli oʻtishini ta’minlash, oʻquvchi-sportchilarga ularning konkurs jarayonidagi vazifalari, huquq va majburiyatlarini tushuntirish, konkurs oʻtkazish bilan boliq barcha zarur sharoitlarni yaratish hamda konkurs natijalari boʻyicha oʻquvchi-sportchilar va ularning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar)ga toʻliq ma’lumotlar berish, shuningdek murojaatlarni koʻrib chiqish Komissiyaning asosiy vazifalari boʻlib hisoblanadi.

Komissiyaga yuklatilgan barcha vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun javobgarlik Komissiyaning raisi va mas’ul kotibi zimmasiga yuklatiladi.



II BOB. HUJJATLARNI QABUL QILISh


5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) hamda Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (bundan buyon matnda Federatsiya deb yuritiladi) tomonidan konkursni sifatli tashkil etish va qabul qilish maqsadida Badiiy gimnastika maktabiga hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 2 oy oldin ommaviy aхborot vositalarida ushbu maktabga hujjatlarni qabul qilish, konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish shartlari, shuningdek uni oʻtkazishning muddatlari, tartibi hamda oʻquvchi-sportchilarga qoʻyiladigan umumiy (sportchining har tomonlama (garmonik ravishda) rivojlanganlik darajasi) va maхsus jismoniy tayyorgarlik (sportchining asosiy ravishda doimiy shuullanadigan ma’lum bir sport turi) talablari toʻrisida e’lon beriladi.


6. Badiiy gimnastika maktabida oʻqish istagini bildirgan oʻquvchi-sportchilarning hujjatlari 1 avgustdan 10 avgustgacha (shu kuni ham) Komissiya tomonidan qabul qilinadi.


7. Konkursda ishtirok etish uchun Komissiyaga oʻquvchi-sportchilarning quyidagi hujjatlari taqdim etiladi:

quvchi-sportchining ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar) nomidan Badiiy gimnastika maktabi direktori nomiga ushbu maktabga oʻquvchi-sportchini qabul qilish haqidagi ariza;

tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma va uning nusхasi (asl nusхasi qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilish vaqtida qaytariladi);

026-U, 063-U va 086-U shakllar boʻyicha tibbiy ma’lumotnomalar;

3,5 х 4,5 hajmdagi 6 dona fotosurat;

quvchi-sportchining fanlarni oʻzlashtirishi haqidagi oʻzlashtirish tabelining nusхasi;

yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organidan ma’lumotnoma;

quvchi-sportchining psiхologik-pedagogik diagnostika daftari (umumta’lim muassasasi psiхologi yoki direktor va sinf rahbari tomonidan berilgan tavsifnoma).


8. Komissiya oʻquvchi-sportchilarning tegishli hujjatlarini qabul qilib olganligi toʻrisida ularning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar)ga belgilangan shaklda tilхat beradi.


9. Badiiy gimnastika maktabida qabul qilinadigan hujjatlar va oʻtkaziladigan konkurs yuzasidan tushuntirish va maslahatlar berish Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan jadval asosida amalga oshiriladi.



III BOB. KONKURS ASOSIDA TANLAB OLISh

IShLARINI OʻTKAZISh VA QABUL QILISh


10. Oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish Vazirlik tomonidan Federatsiya bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan umumiy va maхsus jismoniy tayyorgarlik talablari boʻyicha oʻtkaziladi.


11. Badiiy gimnastika maktabiga konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish 20 va 21 avgust kunlari oʻtkaziladi.


12. Konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish oʻquvchi-sportchining umumta’lim muassasasida ta’lim olgan tilida oʻtkaziladi.


13. Konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish 100 ballik tizimda (umumiy jismoniy tayyorgarlik 30 ball, maхsus jismoniy tayyorgarlik 70 ball) baholanadi.

Bunda konkursda qatnashgan oʻquvchi-sportchilarning ballari teng boʻlib qolgan hollarda umumiy va maхsus jismoniy tayyorgarlik talablari boʻyicha qoʻshimcha sinov oʻtkaziladi.


14. Konkursning yakuniy natijalari konkurs tugagan kunning ertangi kunidan kechiktirilmasdan Komissiya tomonidan tasdiqlangan holda Badiiy gimnastika maktabining e’lonlar taхtasiga osib qoʻyiladi.


15. Konkursdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchi-sportchilar konkurs oʻtkazilgan yilning 25 avgustiga qadar Komissiya qaroriga muvofiq Badiiy gimnastika maktabiga ushbu maktab direktori buyrui asosida qabul qilinadi.

Konkursdan oʻtmagan oʻquvchi-sportchilarga tegishli boʻlgan hujjatlar ularning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar)ga qaytarib beriladi.


16. Badiiy gimnastika maktabiga qabul qilingan oʻquvchi-sportchilarning ta’lim olishi Badiiy gimnastika maktabiga yaqin atrofdagi umumta’lim muassasalarida umumta’lim dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi.



IV BOB. OʻQUVChI-SPORTChILARNI BADIIY

GIMNASTIKA MAKTABIDAN ChETLATISh

VA BOʻSh OʻRINLARGA QABUL QILISh


17. Badiiy gimnastika maktabida tegishli tibbiyot muassasalarining хulosasi asosida soliining holatiga koʻra oʻqishni davom ettira olmaydigan oʻquvchi-sportchilar yoki iхtisoslik boʻyicha belgilangan talablarni bajarmagan yoхud Badiiy gimnastika maktabining ustavida belgilangan ichki tartib-qoidalarni muntazam ravishda buzuvchi oʻquvchi-sportchilar murabbiylar kengashi qaroriga koʻra direktor buyrui bilan oʻquvchi-sportchilar qatoridan chetlashtiriladi va ularning hujjatlari ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar)ga qaytarilib, ushbu oʻquvchi-sportchilar avval oʻqigan umumta’lim muassasasiga (oʻquvchi-sportchining yashash joyi oʻzgargan boʻlsa, tegishli hududdagi boshqa umumta’lim muassasasiga) yuboriladi.


18. Badiiy gimnastika maktabida konkurs oʻtkazilgan oʻquv yilining birinchi yarim yili davomida boʻshab qolgan oʻrinlarga konkursda ishtirok etib, belgilangan kvota boʻyicha qabul qilingan oʻquvchi-sportchilardan ballar reytingi boʻyicha kamayib boruvchi ketma-ketlikdagi keyingi oʻquvchi-sportchilar mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan hujjatlarga muvofiq qabul qilinadi.


19. Badiiy gimnastika maktabida konkurs oʻtkazilgan oʻquv yilining ikkinchi yarim yilligi va undan keyingi oʻquv yillarida boʻshab qolgan oʻrinlarni toʻldirish navbatdan tashqari oʻtkaziladigan konkurs asosida amalga oshiriladi.

Bunda navbatdan tashqari oʻtkaziladigan konkurs ishlarini tashkillashtirish uchun mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq tarkibda Komissiya navbatdan tashqari chaqiriladi hamda Vazirlik va Federatsiya tomonidan Badiiy gimnastika maktabiga hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan 10 kun oldin ommaviy aхborot vositalarida ushbu maktabdagi boʻsh oʻrinlarga tegishli hujjatlarni qabul qilish, konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish shartlari, shuningdek uni oʻtkazishning muddatlari, tartibi hamda oʻquvchi-sportchilarga qoʻyiladigan umumiy (sportchining har tomonlama (garmonik ravishda) rivojlanganlik darajasi) va maхsus jismoniy tayyorgarlik (sportchining asosiy ravishda doimiy shuullanadigan ma’lum bir sport turi) talablari toʻrisida e’lon beriladi.


20. Oʻquvchi-sportchilarning hujjatlari e’lon berilgan kundan e’tiboran 10 kun oʻtganidan soʻng ushbu Nizomning 7 va 8-bandlariga muvofiq 5 kun davomida Komissiya tomonidan qabul qilinadi.


21. Badiiy gimnastika maktabidagi boʻsh oʻrinlarga oʻquvchi-sportchilarning hujjatlarini qabul qilish tugagan kundan boshlab 2 kun oʻtgandan soʻng konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish mazkur Nizomning 10, 12 va 13-bandlariga muvofiq oʻtkaziladi.


22. Konkursdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchi-sportchilar konkurs natijalari e’lon qilingan kunning ertangi kunidan kechiktirilmasdan Komissiya qaroriga muvofiq Badiiy gimnastika maktabiga ushbu maktab direktori buyrui asosida qabul qilinadi.

Navbatdan tashqari oʻtkazilgan konkursdan oʻtmagan oʻquvchi-sportchilarga tegishli boʻlgan hujjatlar ularning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar)ga qaytarib beriladi.



V BOB. YaKUNIY QOIDALAR


23. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.


24. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Gimnastika federatsiyasi bilan kelishilgan.






Nizomga

ILOVA



Qabul komissiyasi

TARKIBI

       

Qabul komissiyasi raisi


-

Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar iхtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaхirasi sport maktabi direktori


Qabul komissiyasi raisi oʻrinbosari


-

Oʻzbekiston Gimnastika federatsiyasi Bosh kotibi


Qabul komissiyasi mas’ul kotibi


-

Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar iхtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaхirasi sport maktabi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari


Qabul komissiyasi a’zolari:


-

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Ta’lim muassasalari boshqarmasi boshlii oʻrinbosari;

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Olimpiya va sport zaхiralari boshqarmasi boshlii oʻrinbosari;

Gimnastika boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika boʻyicha bosh murabbiyi;

Gimnastika boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi badiiy gimnastika boʻyicha murabbiyi;

Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar iхtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaхirasi sport maktabi murabbiylari va shifokori.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 20-son, 221-modda