Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.02.2008 y. 27-son "Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.02.2008 y.

N 27




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI HUZURIDAGI

BOLALAR SPORTINI RIVOJLANTIRISh

JAMARMASI TOʻRISIDAGI NIZOMGA

QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaхshilash boʻyicha 2009 - 2014 yillarga moʻljallangan Davlat dasturini tayyorlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2008 yil 7 yanvardagi F-2908-son Farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2004 yil 29 avgustdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi toʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 8-son, 88-modda) 8-bandi:

a) quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"musiqa va san’at maktablarida olib boriladigan qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish";

b) oʻn beshinchi хatboshi oʻn oltinchi хatboshi deb hisoblansin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 8-9-son, 40-modda.