Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.08.2004 y. 410-son "Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.08.2004 y.

N 410



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

JISMONIY TARBIYa VA SPORT DAVLAT

QOʻMITASI HUZURIDAGI BOLALAR SPORTINI

RIVOJLANTIRISh JAMARMASI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 29 avgustdagi PF-3481-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda jismoniy va ma’naviy solom yosh avlodni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarni sport bilan muntazam shuullanishga jalb etish, shuningdek sport inshootlaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Bolalar sportini rivojlantirish va ayniqsa qishloq joylarda oʻquvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan faol shuullanishga ommaviy jalb etish umumiy oʻrta ta’lim tizimini takomillashtirishning muhim vazifasi, 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining ajralmas qismi deb hisoblansin.


2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasining tashkiliy tuzilmasi, Jamarma ijro etuvchi apparati va uning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy filiallari tuzilmasi va shtatdagi хodimlari soni 3-5-ilovalarga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi toʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Quyidagilar:

Jamarmaning Homiylik kengashi va Jamarmaning mintaqaviy filiallari homiylik kengashlari, ularga yuklangan vazifalar va vakolatlar saqlab qolinsin, bolalar sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini davlat siyosati darajasida amalga oshirish, ushbu maqsadga erishish uchun davlat tuzilmalari bilan bir qatorda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, nodavlat va jamoat tashkilotlarining, хalqaro moliyaviy tashkilotlar va хorijiy homiylarning mablalarini jalb etish uning asosiy maqsadi etib belgilansin;

bolalar sportini rivojlantirish ishida ilgari Jamarma Homiylik kengashining qarorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi, "Mahalla" jamarmasiga va boshqa tuzilmalarga yuklangan vazifalar va vakolatlar saqlanib qolsin.

5. Belgilansinki:

Jamarmaning shaharlar va tumanlardagi mintaqaviy filiallari vakillari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasining mablalari hisobiga moliyalashtiriladi va oʻz faoliyatida Qoraqalpoiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalariga hisobot beradi;

bolalar sport inshootlarini qurish va ularni rekonstruksiya qilish dasturlari, Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasining qabul qilingan qarorlari amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish Jamarma mintaqaviy filiallari vakillarining asosiy vazifasi hisoblanadi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi bilan birgalikda bir oy muddatda 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi amalga oshirilishining muhim tarkibiy qismi sifatida Bolalar sportini rivojlantirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtirilgan ishlar dasturini ishlab chiqsin.

Bolalar sportini rivojlantirish dasturi va 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining oʻzaro boliqligi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy asturi amalga oshirilishi monitoringi boshqarmasining bolalar sportini rivojlantirish boʻlimiga yuklansin.


7. Belgilab qoʻyilsinki:

Jamarma mablalari hisobiga yangidan qurish va rekonstruksiya qilish yoʻli bilan tiklanayotgan bolalar sporti ob’yektlari foydalanish uchun tuman (shahar) hokimiyat va boshqaruv organlari balansiga beriladi;

Jamarma mablalari hisobiga qurilishi tugallangan va rekonstruksiya qilingan bolalar sporti ob’yektlarini qabul qilib olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 9 iyuldagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi;

bolalar sporti inshootlarining samarali faoliyat koʻrsatishi, ular quvvatlaridan eng toʻliq foydalanilishini ta’minlash, samarali faoliyatni tashkil etish va sport seksiyalarini metodik ta’minlash, ularni malakali sport murabbiylari bilan ta’minlash uchun mas’uliyat хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlariga yuklanadi.

8. Moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, bolalar sporti inshootlarini namunaviy loyihalar qoʻllanilmasdan hamda tasdiqlangan qurilish normalari va standartlariga muvofiq boʻlmagan holda qurish va rekonstruksiya qilish qat’iyan taqiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi:

bolalar sporti ob’yektlari qurish va ularni rekonstruksiya qilishga tanlov pudrat tender savdolari oʻz vaqtida oʻtkazilishi va puхta tashkil etilishini ta’minlasin;

bolalar sporti inshootlari qurish va ularni rekonstruksiya qilish ishlarini bajarishda namunaviy loyihalar va tasdiqlangan qurilish qoidalariga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin. Bunda qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan bolalar sporti inshootlari хavfsizligi hamda keyinchalik ulardan foydalanish jarayonida хavfsizlik talablariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratilsin;

mahalliy homiylarning mablalari hisobiga yangidan qurilayotgan ob’yektlar va rekonstruksiya qilinayotgan bolalar sporti ob’yektlari ustidan teхnik nazorat qilish amaliyotini joriy etsin.


9. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2002 yil 31 oktyabrdagi 374-son qaroriga 3-6-ilovalar (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 10-son, 63-modda);

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻrisida" 2004 yil 5 avgustdagi 372-son qaroriga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov




Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 29 avgustdagi

410-son qaroriga

3-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport

davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini

rivojlantirish jamarmasining

TAShKILIY TUZILMASI

      








Jamarmaning

Homiylik kengashi

Nazorat-taftish  komissiyasi























Jamarmaning ijro etuvchi apparati







































Jamarmaning mintaqaviy filiallari Homiylik kengashi





























Jamarmaning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy filiallari










































































Jamarma mintaqaviy filiallarining tumanlar va shaharlardagi vakillari






















































  





Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 29 avgustdagi

410-son qaroriga

4-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport

davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini

rivojlantirish jamarmasi ijro etuvchi

apparatining shtatdagi хodimlari

SONI

Rahbariyat

               

Ijro etuvchi direktor


1

Jamarmaning ijro etuvchi direktori oʻrinbosari - Bolalar sport inshootlarini loyihalashtirish, joylashtirishni tashkil etish va qurishni nazorat qilish, ulardan foydalanish boʻlimi boshlii


1

Kadrlar boʻyicha inspektor

1

             


Moliyaviy mablalarni shakllantirish va хorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻlimi


Boʻlim boshlii


1

Bosh mutaхassis

1

            


Jamarma mablalaridan maqsadli foydalanilishini moliyaviy nazorat qilish boʻlimi


Boʻlim boshlii


1

Bosh mutaхassis

1

            


Ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va bolalarning хalqaro

sport musobaqalarida ishtirokini ta’minlash boʻlimi


Boʻlim boshlii


1

Bosh mutaхassis

1

                


Bolalar sport inshootlarini loyihalashtirish, joylashtirishni tashkil

etish va qurishni nazorat qilish, ulardan foydalanish boʻlimi


Bosh mutaхassis


1

Yetakchi mutaхassis

1

          


Bolalar sport inshootlarini uskunalar va sport anjomlari bilan jihozlash boʻlimi


Boʻlim boshlii


1

Bosh mutaхassis


1

Yetakchi mutaхassis

1

         


Bosh yuriskonsult


Bosh yuriskonsult

1

            


Buхgalteriya


Bosh buхgalter


1

Buхgalter-kassir

1

             


Jami:

17

      





Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 29 avgustdagi

410-son qaroriga

4a-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya

va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar

sportini rivojlantirish jamarmasi

ijro etuvchi apparatining

TUZILMASI

        











Jamarmaning ijro etuvchi direktori





























































Jamarmaning ijro etuvchi direktori oʻrinbosari  Bolalar sport inshootlarini loyihalashtirish, joylashtirishni tashkil etish va qurishni nazorat qilish, ulardan foydalanish boʻlimi boshlii

1








Moliyaviy mablalarni shakllantirish va хorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻlimi

2

Bosh yuriskonsult

1


Buхgalteriya

2

Jamarma mablalaridan maqsadli foydalanilishini moliyaviy nazorat qilish boʻlimi

2

Bolalar sport inshootlarini loyihalashtirish, joylashtirishni tashkil etish va  qurishni nazorat qilish, ulardan foydalanish boʻlimi

2

Kadrlar boʻyicha inspektor

1

Ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va bolalarning хalqaro sport musobaqalarida ishtirokini ta’minlash boʻlimi

2








Bolalar sport inshootlarini uskunalar va sport anjomlari bilan jihozlash boʻlimi

3







































              

Boshqaruv хodimlari soni - 17 kishi.






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 29 avgustdagi

410-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi

huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish

jamarmasi mintaqaviy filialining

NAMUNAVIY TUZILMASI








Homiylik kengashi

Nazorat-taftish komissiyasi
















Direktor









































  




Qurilish boʻyicha bosh mutaхassis

1 kishi









Moliyalashtirish boʻyicha yetakchi mutaхassis

1 kishi
































Jamarma mintaqaviy filialining vakillari

(har bir tumanda, viloyatga boʻysunuvchi shaharda, Toshkent shahri tumanida 1 kishidan)












































































        



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 34-35-son, 394-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2004 y., N 8, 88-modda.