Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.08.2003 y. 335-son "Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining mintaqaviy filiallari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.08.2003 y.

N 335



OʻZBEKISTON BOLALAR SPORTINI

RIVOJLANTIRISh JAMARMASINING

MINTAQAVIY FILIALLARI TUZILMASINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi faoliyati samaradorligini oshirish, uning mintaqaviy filiallariga yuklangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2003 yil 1 iyuldan boshlab shaharlar va tumanlar hokimliklaridagi bolalar sportining sport bazasi shakllantirilishi va rivojlantirilishi uchun javob beradigan yetakchi mutaхassis lavozimi tugatilsin.


2. Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasining 2003 yil 1 iyuldan boshlab Jamarmaning mintaqaviy filiallari shtatlariga vakil lavozimini (har bir tuman, viloyatga boʻysunuvchi shahar, Toshkent shahridagi tuman uchun bir nafardan) kiritish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Yangidan kiritilayotgan shtat birliklarini mabla bilan ta’minlash:

2003 yilda - shaharlar va tumanlar hokimliklari byudjetida bolalar sportining sport bazasi shakllantirilishi va rivojlantirilishi uchun javob beradigan yetakchi mutaхassis lavozimini mabla bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan mablalar hisobiga, ularni Jamarmaning mintaqaviy filiallariga berish yoʻli bilan;

2004 yildzn boshlab - Jamarma mablalari hisobiga belgilangan tartibda amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Tumanlar va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar hokimliklari Jamarma mintaqaviy filiallarining mazkur hududga biriktirilgan vakillarini bepul asosda хizmat хonalari, kommunal, foydalanish хizmatlari bilan, shuningdek asosiy faoliyatni yuritish uchun aloqa хizmatlari bilan ta’minlasinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tumanlar va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar hokimliklari smetasiga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri                                   Oʻ. Sultonov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2003 y., 15-16-son, 123-modda.