Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.11.2011 y. 313-son "Respublikada ot sportining markaziy bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.11.2011 y.

N 313



RESPUBLIKADA OT SPORTINING MARKAZIY

BAZASINI YaNADA RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Respublikada ot sportini yanada ommalashtirish hamda Toshkent shahridagi markaziy ippodromni modernizatsiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston ot sporti federatsiyasi va Toshkent shahar hokimligining "Markaziy ippodrom" ochiq aksiyadorlik jamiyati ippodrom kompleksini, uni 2012 yilning uchinchi choragida foydalanishga topshirgan holda rekonstruksiya qilish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi loyihalashtirish yuzasidan teхnik topshiriqni belgilangan tartibda tasdiqlasin.


3. "Markaziy ippodrom" ochiq aksiyadorlik jamiyati ippodrom kompleksini loyihalashtirish va qurish boʻyicha:

"Markaziy ippodrom" ochiq aksiyadorlik jamiyati - buyurtmachi;

"Nomdor Dizayn Servis" mas’uliyati cheklangan jamiyati - bosh loyihalashtirish tashkiloti;

"Global Stroy Invest" mas’uliyati cheklangan jamiyati - bosh pudrat tashkiloti etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


4. Ob’yektning loyiha-smeta hujjatlarini (ish loyihasini) bir bosqichli tartibda ishlab chiqishga, shuningdek ob’yektda qurilish-montaj ishlarini 2011 yil 20 dekabrgacha loyihalashtirish bilan bir paytda olib borishga, istisno tariqasida, ruхsat berilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2012 yilgi Investitsiya dasturini shakllantirishda "Markaziy ippodrom" ochiq aksiyadorlik jamiyati ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilishga aksiyalarning qoʻshimcha emissiyasidan tushadigan mablalar hisobiga kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlasin hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning sifati ustidan nazorat oʻrnatsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev