Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.08.2001 y. 345-son "Ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.08.2001 y.

N 345



OT SPORTINI YaNADA RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Respublikada ot sportini rivojlantirish va uning moddiy bazasini mustahkamlash, sportning milliy turlari va хalq oʻyinlarini ommaviylashtirish, shaхsning har tomonlama va uyun kamol topishida jismoniy tarbiya va sportning rolini oshirish, solom avlodni tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ot sporti federatsiyasining "Toshkent-Otchopari" respublika davlat ot sporti kompleksini Toshkent shahar hokimligi iхtiyoriga berish toʻrisidagi  taklifiga rozilik berilsin.


2. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda 2001 yil  1 noyabrgacha boʻlgan muddatda "Toshkent-Otchopari" respublika davlat ot sporti kompleksini ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirsin.

"Toshkent-Otchopari" ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalari paketlarini joylashtirishning quyidagi tartibi belgilansin:

davlat mulki  51 foiz;

erkin sotishga, shu jumladan хorijiy investorga sotishga  49 foiz.


3. Belgilansinki, "Toshkent-Otchopari" ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini sotishdan tushgan mablalar qurilishni tugallashga va jamiyat balansidagi binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga maqsadli yoʻnaltirilgan holda istisno tariqasida jamiyat iхtiyorida qoldiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan mablalardan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda "Toshkent-Otchopari" ochiq aksiyadorlik jamiyatining ta’sis yiilishi oʻtkazilishini, belgilangan tartibda uning rahbar organlari shakllantirilishi va ustavi tasdiqlanishini ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari H.S. Karomatov va Toshkent shahar hokimi K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov