Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.06.2012 y. 158-son "Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.06.2012 y.

N 158



OʻZBEKISTONDA FUTBOLNI RIVOJLANTIRIShNI

QOʻLLAB-QUVVATLASh MASALALARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2006 yil 1 maydagi PQ-338-son qarorini bajarish, shuningdek futbol klublari, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi va uning hududiy boʻlinmalarining moddiy-teхnika bazasini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Professional futbol klublari, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi va uning hududiy boʻlinmalari 2012 yil 1 iyundan boshlab 2018 yilning 1 yanvarigacha:

respublikada ishlab chiqarilmaydigan, stadionlarni rekonstruksiya qilish va futbol klublarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash uchun zarur boʻlgan chetdan keltiriladigan jihozlar, asbob-uskunalar va materiallar uchun bojхona toʻlovlarini (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlari bundan mustasno);

soliqlar va yiimlarning barcha turlarini (yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin, boʻshab qoladigan mablalar futbolni rivojlantirishga maqsadli yoʻnaltirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi koʻrsatib oʻtilgan imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshab qoladigan mablalardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qat’iy nazoratni amalga oshirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 22-son, 252-modda