Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.11.1995 y. 426-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati nazorat inspeksiyasi va uning joylardagi organlari moddiy bazasini mustahkamlash masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.11.1995 y.

N 426



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI

APPARATI NAZORAT INSPEKSIYaSI VA

UNING JOYLARDAGI ORGANLARI

MODDIY BAZASINI MUSTAHKAMLASh

MASALALARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi nazorat inspeksiyalari faoliyatini takomillashtirish hamda ularning moddiy bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi huzuridagi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari apparati nazorat inspeksiyalarining tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi huzuridagi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari apparati nazorat inspeksiyalarini mabla bilan ta’minlash Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va tegishli mahalliy byudjetlar hisobiga amalga oshiriladi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi huzuridagi viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari apparati nazorat inspeksiyalari хodimlari mehnatga haq toʻlash, moddiy-maishiy ta’minot hamda tibbiy хizmat koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari boʻlimlari хodimlarining tegishli toifalariga tenglashtiriladilar.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar doirasida Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi huzuridagi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari apparatlari nazorat inspeksiyalarini yengil avtotransport bilan ta’minlasinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikada davlat nazorati tizimini takomillashtirishga oid ba’zi tadbirlar toʻrisida" 1994 yil 16 fevraldagi Farmonini bajarish boʻyicha chora-tadbirlar haqida" 1994 yil 1 martdagi 106-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Nazorat inspeksiyasi rahbari S.M. Mirsafoyev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                                  I. Karimov



*) Ilova berilmaydi.