Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.06.2000 y. PF-2644-son "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

23.06.2000 y.

N PF-2644



ISh HAQI, PENSIYaLAR, STIPENDIYaLAR

VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI

OShIRISh TOʻRISIDA


Narхlar erkinlashtirilayotgan sharoitda respublika fuqorolarining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish aholi daromadlarini oshirilishini taminlash maqsadida:


1. 2000 yil 1 avgustdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, barcha turdagi pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, oliy oʻquv yurtlari talabalarining, oʻrta mahsus va hunar tehnika oʻquv yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari oʻrta hisobda 1,5 baravar oshirilsin.


2. 2000 yilning 1 avgustidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:

eng kam ish haqi-oyiga 2450 soʻm:

yoshga doir pensiya-4675 soʻm:

yagona ta’rif setkasi boʻyicha boshlanich razryad-oyiga 2450 soʻm:

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa-oyiga 4675 soʻm:

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi hamma mehnatga layoqatsiz fuqorolarga beriladigan nafaqa-oyiga 2835 soʻm miqdorida belgilansin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, ish haqiga qoʻshiladigan ustama va qoʻshimchalarning barcha turlari, shuningdek pensiyalar, ikki oʻshgacha boʻlgan bolalarni tarbilayotgan onalarga, bolalik oilalarga beriladigan nafaqalar hamda eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan boshqa toʻlovlar 2000 yil 1 avgustdan boshlab mazkur farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Mehnat vazirligi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, byudjetdan mabla bilan ta’minlanadigan tashkilot va muassasalar mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlariningmansab maoshlarini oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta’minlasinlar.


5. Byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalarning oshirilishi bilan boliq хarajatlar respublika davlat byudjeti va pensiya jamarmasi hisobidan amalga oshirilsin.


6. Xoʻjalik хisobidagi korхona va tashkilotlar mehnatga haq toʻlash bazaviy fondining belgilangan miqdorlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda tannarhnikamaytirish хisobidan 2000 yil 1 avgustdan boshlab ish haqi miqdorini muvofiq oshirsinlar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 19 iyuldagi PF-2339-son Farmoni 8-bandi istisno qilingan holda oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov