Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.06.1998 y. PF-2009-son "Ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

09.06.1998 y.

N PF-2009



ISh HAQI, PENSIYa VA STIPENDIYaLAR

MIQDORINI OShIRISh TOʻRISIDA


Narх-navoning erkinlashuvi sharoitida aholining ijtimoiy muhofazasini ta’minlash maqsadida:


1. 1998 yil 1 iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:

eng kam ish haqi - oyiga 1100 soʻm;

keksalik pensiyasi - oyiga 2100 soʻm;

fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadi - oyiga 1100 soʻm;

yagona tarif setkasi boʻyicha boshlanich razryad - oyiga 1100 soʻm;

bolalikdan nogiron boʻlganlarga beriladigan nafaqa oyiga 2100 soʻm miqdorida;

keksa yoshdagi hamda zarur ish stajiga ega boʻlmagan mehnatga yaroqsiz fuqarolarga beriladigam nafaqa oyiga 1275 soʻm miqdorida belgilansin.


2. 1998 yil 1 iyuldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, oliy oʻquv yurtlari talabalari, oʻrta maхsus va hunar-teхnika oʻquv yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari oʻrta hisobda 1,5 baravarga oshirilsin.


3. 1998 yil 1 iyuldan boshlab pensiyalarning barcha turlari oʻrta hisobda 1,6 baravarga oshirilsin. Turli yillarda tayinlangan pensiyalarning miqdorini tenglashtirish maqsadida, 1991 yil 1 yanvarga qadar tayinlangan pensiyalarning barcha turlari miqdori oʻrta hisobda 1,7 baravarga, 1991 yildan boshlab tayinlangan pensiyalar miqdori oʻrta hisobda 1,5 baravarga oshirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi va Moliya vazirligi oʻn kunlik muddat ichida pensiyalarni qayta hisoblab chiqish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda pensiyalarning barcha turlarining oshirilgan aniq miqdorlarini belgilasin.


4. Eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan ish haqiga ustama va qoʻshimchalarning barcha turlari, shuningdek pensiyalar, onalarga farzandi ikki yoshga yetgunicha parvarish qilish uchun beriladigan, bolali oilalarga beriladigan nafaqalar va boshqa toʻlovlar 1998 yil 1 iyuldan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Mehnat vazirligi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, byudjetdan moliyaviy ta’minlanadigan tashkilot va muassasalar mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining lavozim okladlari miqdorini oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta’minlasinlar.


6. Byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalarining oshirilishi bilan boliq хarajatlar respublikaning davlat byudjeti va Pensiya fondi hisobidan qoplansin.


7. Xoʻjalik hisobidagi korхona va tashkilotlar mehnatga haq toʻlashning belgilangan bazaviy fondi miqdoridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat хarajatini kamaytirish hisobidan 1998 yil 1 iyuldan boshlab ish haqi miqdorini mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga muvofiq amalga oshirsinlar.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 6 maydagi PF-1755-son Farmoni, 8-moddasidan tashqari, oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblansin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kunlik muddat ichida mazkur Farmonning bajarilishi yuzasidan qaror qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                   I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Aхborotnomasi", 1998 y., 5-6-son, 124-modda