Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.12.1997 y. 531-son "Oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari tarkibining ish haqini oshirish toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
02.12.1997 y.
N 531
OLIY OʻQUV YuRTLARI PROFESSOR-
OʻQITUVChILARI TARKIBINING
ISh HAQINI OShIRISh
TOʻGʻRISIDA
Oliy ta’lim tizimini pedagogik kadrlar bilan mustahkamlash, oliy maktab pedagoglarining yoshlarni tarbiyalashdaga rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. 1997 yil 1 dekabrdan boshlab oliy oʻquv yurtlari rahbarlari va professor-oʻqituvchilari tarkibining lavozim maoshlari mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlarni oshirish hisobiga oʻrtacha 25 foizga oshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda yuqorsda koʻrsatilgan хodimlarning lavozim maoshlarini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan хarajatlar uchun zarur byudjet mablagʻlarini ajratsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizхoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov