Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.12.1993 y. PF-724-son "1994 yil 1 yanvardan boshlab mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va stipendiyalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

31.12.1993 y.

N PF-724



1994 YIL 1 YaNVARDAN BOShLAB MEHNATGA

HAQ TOʻLASh, PENSIYaLAR VA STIPENDIYaLAR

MIQDORINI OShIRISh TOʻRISIDA


1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida 1994 yil 1 yanvardan boshlab:

ish haqining eng kam miqdori oyiga 30.000 soʻm-kupon qilib belgilansin, ish haqi shunga muvofiq ravishda oshirilsin;

fuqarolarning soliq undirilmaydigan daromadining eng kam miqdori oyiga 30.000 soʻm-kupon qilib belgilansin;

mehnat pensiyasining eng kam miqdori oyiga 32.450 soʻm-kupon qilib belgilansin, hozirgi vaqtda amaldagi barcha pensiya turlari miqdori shunga muvofiq ravishda oshirilsin.


2. Oliy oʻquv yurtlari talabalari, teхnikumlar va hunar-teхnika bilim yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari oʻrtacha 1,2 baravar koʻpaytirilsin.

1994 yil 1 yanvardan boshlab talabalar oshхonalari va bufetlarida tushlik ovqat qiymatidan 50 foizlik chegirma oʻrniga har bir talaba (oʻquvchi)ga oyiga 10.000 soʻm-kupon miqdorida pul kompensatsiyasi belgilansin.


3. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, byudjetdan pul bilan ta’minlanadigan tashkilotlar va muassasalar, Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi mazkur farmonda belgilangan ish haqining eng kam miqdoriga asoslanib, mehnatga haq toʻlashning yagona tarif jadvali razryadlariga muvofiq ravishda хodimlarning mansab maoshlarini, shuningdek, pensiyalar miqdorlarini oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta’minlasinlar.


4. Byudjet hisobidan pul bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlar хodimlari ish haqini, pensiyalar va stipendiyalar miqdorini oshirish bilan boliq хarajatlar respublika davlat byudjeti va ijtimoiy suurta jamarmasi mablai hisobidan qoplansin.


5. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, хoʻjalik hisobidagi korхonalarga va tashkilotlarga daromad manbalarini qidirib topishga qarab ish haqini mazkur Farmonga muvofiq oshirish, daromadlar vaqtincha yetarli boʻlmagan taqdirda esa, bank muassasalari tomonidan shu maqsad uchun beriladigan kredit hisobidan oshirish tavsiya etilsin.


6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                             I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1994 y., 1-son, 36-modda