Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.07.2014 y. PF-4639-son "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

31.07.2014 y.

N PF-4639



ISh HAQI, PENSIYaLAR, STIPENDIYaLAR

VA NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh

TOʻRISIDA


Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida:


1. 2014 yilning 1 sentyabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oʻrta hisobda 1,12 baravar oshirilsin.


2. 2014 yilning 1 sentyabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida eng kam:

ish haqi - oyiga 107 635 soʻm;

yoshga doir pensiyalar - oyiga 210 525 soʻm;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 210 525 soʻm;

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 129 180 soʻm miqdorida belgilansin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, ish haqi hamda pensiyalarga qoʻshilgan ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa toʻlovlar 2014 yilning 1 sentyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, byudjetdan moliyalanadigan tashkilot hamda muassasalar bilan birgalikda pensiyalar, stipendiyalar hamda byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining lavozim maoshlari miqdorini mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta’minlasin.


5. Byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning oshirilishi bilan boliq sarf-хarajatlar respublika Davlat byudjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi mablalari hisobidan amalga oshirilsin.

Xoʻjalik hisobidagi korхona va tashkilotlar 2014 yilning 1 sentyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 2 dekabrdagi PF-4582-sonli Farmoni (6-bandi istisno qilingan holda) 2014 yilning 1 sentyabridan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       I. Karimov



"Xalq soʻzi ", 2014 yil 1 avgust.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 4 avgust, 31-son, 379-modda