Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.11.2009 y. PF-4152-son "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

16.11.2009 y.

N PF-4152



ISh HAQI, PENSIYaLAR, STIPENDIYaLAR

VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI

OShIRISh TOʻRISIDA


Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida:


1. 2009 yilning 1 dekabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar hamda ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar miqdori oʻrta хisobda 1,12 baravar oshirilsin.


2. 2009 yilning 1 dekabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida eng kam:

ish haqi - oyiga 37 680 soʻm;

yoshga doir pensiyalar - oyiga 74 660 soʻm;

yagona tarif setkasi boʻyicha boshlanich (nulinchi) razryad - oyiga 37 680 soʻm;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 74 660 soʻm;

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 45 220 soʻm miqdorida belgilansin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, ish haqiga qoʻshiladigan ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek, pensiyalar, ikki yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga, bolali oilalarga beriladigan nafaqalar hamda eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa toʻlovlar 2009 yilning 1 dekabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.


4. Belgilansinki, 2009 yilning 1 dekabridan boshlab barcha turdagi pensiyalarning oʻrtacha 1,12 baravar oshirilishi ularning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qayta hisoblab chiqilishini inobatga olgan holda amalga oshiriladi, bunda 1991 yilning 1 yanvarigacha va undan keyingi yillarda tayinlangan pensiyalarning miqdori tenglashtirilishi nazarda tutiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi oʻn kun muddatda pensiyalarni qayta hisoblash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda barcha turdagi pensiyalarni oshirishning aniq miqdorlarini belgilasin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, byudjetdan moliyalanadigan tashkilot hamda muassasalar bilan birgalikda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining lavozim maoshlari miqdorini mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda oʻz vaqtida qayta хisoblab chiqishni ta’minlasin.

Byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalarning oshirilishi bilan boliq хarajatlar respublika Davlat byudjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi hisobidan amalga oshirilsin.


6. Xoʻjalik hisobidagi korхona va tashkilotlar 2009 yilning 1 dekabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish хisobiga ish haqi miqdorini oshirsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 8 iyuldagi PF-4119-sonli Farmoni (7-bandi istisno qilingan holda) 2009 yilning 1 dekabridan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2009 yil 17 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 47-son, 506-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2009 yil, 11-son, 444-modda