Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.10.2008 y. PF-4042-son "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

22.10.2008 y.

N PF-4042



ISh HAQI, PENSIYaLAR, STIPENDIYaLAR

VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI

OShIRISh TOʻRISIDA


Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida:


1. 2008 yilning 16 noyabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar hamda ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar miqdori oʻrta hisobda 1,12 baravar oshirilsin.


2. 2008 yilning 16 noyabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida eng kam:

ish haqi - oyiga 28 040 soʻm;

yoshga doir pensiyalar - oyiga 55 550 soʻm;

yagona tarif setkasi boʻyicha boshlanich (nulinchi) razryad - oyiga 28 040 soʻm;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 55 550 soʻm;

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 33 645 soʻm miqdorida belgilansin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, ish haqiga qoʻshiladigan ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek pensiyalar, ikki yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga, bolali oilalarga beriladigan nafaqalar hamda eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa toʻlovlar 2008 yilning 16 noyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, byudjetdan moliyalanadigan tashkilot hamda muassasalar bilan birgalikda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining lavozim maoshlari miqdorini mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta’minlasin.

5. Byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalarning oshirilishi bilan boliq хarajatlar respublika Davlat byudjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi hisobidan amalga oshirilsin.


6. Xoʻjalik hisobidagi korхona va tashkilotlar 2008 yilning 16 noyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 iyuldagi PF-4014-sonli Farmoni (7-bandi istisno qilingan holda) 2008 yilning 16 noyabridan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       I.Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 43-son, 431-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2008 yil, 10-son, 551-modda