Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.07.2008 y. PF-4016-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda respublikaning byudjet muassasalari va tashkilotlarida ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida" 1995 yil 16 avgustdagi PF-1213-sonli Farmoniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
FARMONI
31.07.2008 y.
N PF-4016
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
"PENSIYaLAR, NAFAQALAR, STIPENDIYaLAR HAMDA
RESPUBLIKANING BYuDJET MUASSASALARI VA
TAShKILOTLARIDA ISh HAQI MIQDORLARINI
OShIRISh TOʻGʻRISIDA" 1995 YIL 16 AVGUSTDAGI
PF-1213-SONLI FARMONIGA OʻZGARTIShLAR
KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish va ular mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2008 yil 30 iyuldagi PQ-929-sonli qaroriga muvofiq hamda oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimi tatbiq etilishi munosabati bilan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda respublikaning byudjet muassasalari va tashkilotlarida ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida" 1995 yil 16 avgustdagi PF-1213-sonli Farmonining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga oid 8-bandi 2008 yilning 1 sentyabridan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 31-32-son, 295-modda
"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2008 yil, 7-son, 375-modda