Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.07.2007 y. PF-3889-son "2007 yilning 1 avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

10.07.2007 y.

N PF-3889



2007 YILNING 1 AVGUSTIDAN BOShLAB ISh

HAQI, PENSIYaLAR, STIPENDIYaLAR VA

IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI

OShIRISh TOʻRISIDA*


Respublika aholisining turmush darajasini yanada oshirish va fuqarolariga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida:


1. 2007 yilning 1 avgustidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar oʻrta hisobda 1,25 baravar oshirilsin.


2. 2007 yilning 1 avgustidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida eng kam:

ish haqi - oyiga 15525 soʻm;

yoshga doir pensiyalar - oyiga 30750 soʻm;

yagona tarif setkasi boʻyicha boshlanich (nulinchi) razryad - oyiga 15525 soʻm;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 30750 soʻm;

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 18625 soʻm miqdorida belgilansin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, ish haqiga qoʻshiladigan ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek pensiyalar, ikki yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga, bolali oilalarga beriladigan nafaqalar hamda eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa toʻlovlar 2007 yilning 1 avgustidan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, byudjetdan moliyalanadigan tashkilot hamda muassasalar bilan birgalikda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining mansab maoshlari miqdorini mazkur Farmondan kelib chiqqan holda oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta’minlasin.


5. Byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalarning oshirilishi bilan boliq хarajatlar respublika Davlat byudjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi hisobidan amalga oshirilsin.


6. Xoʻjalik hisobidagi korхona va tashkilotlar 2007 yilning 1 avgustidan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish, shuningdek joriy yil boshidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar zimmasiga tushadigan soliq yuki darajasini pasaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 12 oktyabrdagi PF-3808-son Farmoni (7-bandi istisno qilingan holda) 2007 yil 1 avgustdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 27-28-son, 280-modda.