Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.10.2006 y. PF-3808-son "2006 yilning 1 noyabridan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

12.10.2006 y.

N PF-3808



2006 YILNING 1 NOYaBRIDAN BOShLAB

ISh HAQI, PENSIYaLAR, STIPENDIYaLAR

VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI

OShIRISh TOʻRISIDA


Respublika aholisining turmush darajasini yanada oshirish va fuqarolarini ijtimoiy madad qilishni kuchaytirish maqsadida:


1. 2006 yilning 1 noyabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar oʻrta hisobda 1,2 baravar oshirilsin.


2. 2006 yilning 1 noyabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida eng kam:

ish haqi - oyiga 12420 soʻm;

yoshga doir pensiyalar - oyiga 24600 soʻm;

yagona tarif setkasi boʻyicha boshlanich (nulinchi) razryad - oyiga 12420 soʻm;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 24600 soʻm;

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 14900 soʻm miqdorida belgilansin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, ish haqiga qoʻshiladigan ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek pensiyalar, ikki yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga, bolali oilalarga beriladigan nafaqalar hamda eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa toʻlovlar 2006 yilning 1 noyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, byudjetdan moliyalanadigan tashkilot hamda muassasalar bilan birgalikda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining mansab maoshlari miqdorini mazkur Farmondan kelib chiqqan holda oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta’minlasin.

5. Byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalarning oshirilishi bilan boliq хarajatlar respublika Davlat byudjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi hisobidan amalga oshirilsin.


6. Xoʻjalik hisobidagi korхona va tashkilotlar 2006 yilning 1 noyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish, shuningdek joriy yil boshidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar zimmasiga tushadigan soliq yuki darajasini pasaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9 iyundagi PF-3761-son Farmoni (7-bandi ististno qilingan holda) 2006 yil 1 noyabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 41-son, 410-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2006 yil, 10-son, 558-modda