Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbeksiton Respublikasi Prezidentining 07.08.2002 y. PF-3112-son "2002 yilning 1 sentyabridan boshlab oʻqituvchilar va oʻquv yurtlari muallimlarining, ilmiy хodimlarning ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKSITON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

07.08.2002 y.

N PF-3112



2002 YILNING 1 SENTYaBRIDAN

BOShLAB OʻQITUVChILAR VA OʻQUV YuRTLARI

MUALLIMLARINING, ILMIY XODIMLARNING

ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh TOʻRISIDA


Ilmiy va muallim kadrlar mehnatini qoʻshimcha ravishda rabatlantirish, ilmiy хodimlarning, umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻqituvchilarining, akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari muallimlarining ijtimoiy-maishiy hamda moddiy turmush sharoitlarini yaхshilash maqsadida:


1. 2002 yilning 1 sentyabridan boshlab byudjet mablalari hisobidan moliyalanadigan umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻqituvchilarining, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari muallimlarining hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy хodimlarining ish haqi oʻrta hisobda 1,2 barobar koʻpaytirilsin.


2. 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab oʻquv yuklamasi quyidagicha belgilansin:

umumta’lim maktablarining boshlanich sinf oʻqituvchilari uchun - haftasiga 18 soat;

umumta’lim maktablarining yuqori sinf oʻqituvchilari uchun - haftasiga 20 soat;

oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻqituvchilari uchun - yiliga 820 soat.

3. Ushbu Farmonga muvofiq ish haqini oshirish bilan boliq sarf-хarajatlar dars soatlarining oʻzgarishini e’tiborga olgan holda respublika Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Halq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Fanlar akzdemiyasi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, oʻz qaramoida byudjet mablalari hisobidan moliyalanadigan ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar hamda idoralar:

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻkituvchilarining, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari muallimlarining, ilmiy хodimlarning yangi ish haqi miqdorlarini tasdiqlasinlar;

2002/2003 oʻquv yilidan boshlab sinflar (guruhlar) toʻldirilishining amaldagi normativlariga rioya etilgan holda sinflar va guruhlar shakllantirilishi хamda oʻqituvchilar va muallimlarning ish haqi tariflari oʻz vaqtida belgilanishini ta’minlasinlar.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


7. Ushbu Farmon matbuotda e’lon qilinsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        I. Karimov